2-bosqich 208-guruh talabasi no’monova odinaning


III BOB Terak (Populus) turkumi


Download 0.63 Mb.
bet11/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1515296
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
208 O\'ZBEKISTON FLORASIDA SALICACEAE OILASI

III BOB Terak (Populus) turkumi
Turkumning vakillari yirik daraxtlar bo‘lib, balandliklari 40-50 m ga, diametri 1 - 1,5m ga yetadi. Shox- shabbasi tuxumsimon, piramida, tor piramidal, keng oval shaklida bo‘ladi. Barglari bandli, navbat bilan joylashadi, barg plastinkasi butun yoki panjali, chiziqli, lansetsimon, buyraksimon, yumaloq, romb shaklda bo‘ladi. Teraklar ikki uyli, guli bir jinsli daraxt. Aksariyat teraklar barg yozishdar. oldin yoki barg yozgandan keyin gullaydi. Teraklar shamol yordamida, ayrimlari hasharotlar yordamida changlanadi. Teraklar serhosil daraxt bo‘lib, har yili hosil beradi. Urug‘lari shamol va suv vositasida tarqaladi.
Turang‘i (Populus diversifolia Schrenk) balandligi 15-18 m ga, tanasining diametri 80-90 sm ga etadigan daraxt, tanasi tik yoki qiyshiqroq o‘sadi, sershox shoxlari yo‘g‘on. Shox-shabbasi yoyiq, keng, qalin bo‘lib, diametri 10 m gacha boradi, Barg plastinkasi terakning yoshiga qarab o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham bu terak turli bargli terak deb ham deb ataladi.
Bu terak asosan urug‘idan ko‘payadi, ildizdan yaxshi bachkilaydi, lekin qalamchasidan ko‘paytirish juda qiyin. Yog‘ochi och sariq rangda, o‘zagi g‘isht rangda, qattiq. 0‘q ildizi yon tomonga ham yaxshi shoxlagan bo‘ladi.
Turang‘i Qozog‘istonda daryo bo'ylarida, jumladan, Ural, Emba, Irtish daryolari bo‘yidagi to‘qay o'rmonlarda, vodiylarda tarqalgan, Xitoyning g‘arbida ham uchraydi. Daryo qirg‘oqlaridagi qumli va qumoq namlik bilan yaxshi ta’minlangan tuproqli yerlarda turang‘i yaxshi o'sadi. Sho‘rtob yerlami ko‘kalamzorlashtirishda turang‘i daraxti katta ahamiyatga ega.
3.1Turang‘il terak (Populus pruinosa Schrenk) balandligi 18 m ga, diametri 80-90 sm ga yetadigan daraxt. Shox-shabbasi keng, diametri 10 m keladi. Tanasi qing‘ir-qiyshiq o'sadi. Turang‘il terakning yog‘ochi oq, qattiq boiadi. Ildizi o‘q ildiz, sershoh. Markaziy Osiyoda va Qozog‘istondagi barcha daryolar bo‘yida, sho‘rtob tuproqli yerlarda turangi bilan birga o‘sadi va qalin o‘rmonzorlar hosil qiladi. Turang‘il terak Eron va Xitoyning ham g‘arbida uchraydi.

-rasm. Terak turlari:
1 - 2 lavrbargli terak, 3-4 qora terak, 5-7 efrat turang‘isi, 8 - g‘uborbargli turang‘il.
Turang‘il terakka yaqin duragay tur Populus glaucicomans Kom. Amudaryo, Sirdaryo hamda, Hi daryosining qirg‘oqlaridagi to‘qay!arda uchraydi. U efratturanga teragi (Populus ariana Dode.) bilan turang‘il terak (Populus pruinosa Schrenk) ning chatishishidan kelib chiqqan deb hisoblanadi.
Bu terak urug‘idan va qalamchasidan ko‘payadi, tez o‘sadi. Har turli kasalliklarga va hasharotlarga hamda qurg‘oqchilikka chidamli. Terak seleksiyasida duragaylash ishlarida ko‘p foydalaniladi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling