2-bosqich 208-guruh talabasi no’monova odinaning


Download 0.63 Mb.
bet7/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1515296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
208 O\'ZBEKISTON FLORASIDA SALICACEAE OILASI

Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklaming farqini tushuntirish hamda toldoshlar oilasi vakillari haqida ma’lumot berish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: Yaproqbargli daraxtlar yopiq urug‘lilarga tegishli bo‘lib, ular o‘zining biologik xususiyatlari va rivojlanishi darajasiga ko‘ra ochiq urug‘lilarga nisbatan ancha yuqori mavqega egadirlar. Yopiq urug'Iilar mezozoy erasida paydo bo‘Igan va tez orada Yer yuzida keng tarqalgan. Hozirgi paytda Yer sharida yopiq urug‘lilarning umumiy soni 300000 turga tengdir.
Yopiq urugiilaming maxsus organi-urug‘chili guli borligi bilan ochiq urug‘lilardan farq qiladi. Yopiq urug‘lilaming guli kosachabarg, tojibarg va gul o‘rindan iborat. Yopiq urug‘lilar urug‘- dan va vegetativ usulda ko‘payadilar. Ko‘p daraxtlar kesilgandan so‘ng to'nkasidan bachkilar hosil qiladi. Yopiq urug‘lilar ikki pallali va bir pallalilar sinfiga ajratiladi. Ikki pallalilar sinfiga ko‘pchilik daraxtlar kiradi. Bir pallalilar orasida daraxtlar juda kam.
Toldoshlar (Salicaceae) oilasi. Bu oilaga bir uyli, ko‘pincha ikki uyli daraxt, buta va chala butalar kiradi. Ular shamol yoki hasharotlar yordamida changlanadi. Bular urug‘idan va qalamcha- laridan ko‘payadi. Toldoshlar oilasiga kiradigan o‘simliklar, asosan, shimoliy yarim shaming mo’tadil iqlim zonasida tarqalgan. Ular daryo va ko‘l bo‘ylaridagi nam yerlarda o‘sadi va tuproq tanlamaydilar. Oila uchta - tol, terak, chozeniya turkumlarini birlashtiradi. Oilaning tarkibiga 600 dan ortiq turlar kiritilgan. Ulaming 200 tasi MDH florasida uchraydi. Markaziy Osiyo florasida oilaga mansub 70 tur boiib, ulaming 40 tasi mahalliy floraga oid, qolgan 30 tasi introduksiya qilingan turlardir.
Tol (Salix) turkumi. Turkumning vakillari daraxt, buta va chala butadir. Monopodial tipda shoxlanadi, shox-shabbasi keng piramidal shaklida, ayrim turlariniki yerga egilib o‘sadi. Turkumning vakillari turli vaqtda gullaydi. Ba’zilari bargi yozilguncha, boshqalari bargi yozilib bo‘lgandan so‘ng, uchinchi xillari esa barg yozilishi bilan bir vaqtda gullaydi. Guli bir jinsli, ayrim turlarida ikki jinsli bo‘lib, yon bargchalar qo‘ltig‘idajoylashadi.
Tollar hasharotlar yordamida changlanadi. Shimoliy mintaqa- larda uchraydigan ayrim turlari shamol vositasida changlanadi. Tollar mart-aprel oylarida gullaydi, mevalari 25-30 kundan keyin yetiladi. Tollar vegetativ usulda - qalamchadan yaxshi ko‘payadi. Ildizidan bachkilamaydi. Faqat uzun bargli Amerika toli (Salix longifolia Muchlend.) ildizdan bachkilab ko'payadi. Tollar parxish yo‘li bilan ham ko’payadi, ba’zi turlari to‘nkasidan novda chiqarib tiklanishi ham mumkin.
Tollaming yog‘ochi pishiq boiib, qurilishda ishlatiladi. Bir yillik novdalaridan savat to‘qiladi, mebel yasashda foydalaniladi, ayrim turlaridan lub tolalari olish mumkin. Bu tolalardan arqon, kanop eshiladi. Po‘stlog‘idan meditsinada ishlatiladigan salitsin moddasi olinadi. Tollar xushmanzara o‘simlik bo‘lib, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Ular to‘qay o‘rmonlarini meliorativ holatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Ayrim tol turlari dengiz, ko‘l va daryo bo‘ylaridagi ko‘chma qirg‘oq bo‘yi qumlaming harakatini to‘xtatish uchun ekiladi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling