2-bosqich 208-guruh talabasi no’monova odinaning
Tog‘ terak (Populus densa Kom.)
Download 0.63 Mb.
|
208 O\'ZBEKISTON FLORASIDA SALICACEAE OILASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- -rasm. Titroq bargli terak yoki osina
3.3 Tog‘ terak (Populus densa Kom.) balandligi 15 (18) m, diametri 80 sm keladigan daraxt. Tanasi sershox, shox-shabbasi tuxum- simon.
Yog‘ochi oq, yumshoq, o‘zagi sariq boiib, o‘q ildizi sershox. Ildizining po‘stlog‘i och jigarrangda, yog‘ochi och sariq. Yog‘ochida 51% sellyuloza bor. U togiardagi toshli yerlarda o‘sadi. Bu terak g‘arbiy Tyan-Shanda, Pomir-Oloy togining janubiy tog‘yonbag‘ir-larida, Qizilsuv daryosining yuqori qismida uchraydi. U urug'idan va qalamchasidan ko‘payadi. Sekin o‘sadi, kasallik va hasharotlarga chidamli. Qurg'oqchilikka va issiqqa chidamsiz. Bu terak tun o‘rmonchilikda kam ekiladi. Bu teraklar qatoriga pomir teragi (Populus pamirica Kora.), talas teragi (Populus talassica Korn.), xitoy teragi (Populus simonii Carr.) kiradi. Ular morfologik tuzilishi va geografik tarqalishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Laurbargli terak Sharqiy QozogMstonda, talas teragi Talas daryosi qirg'oqlarida, Oqsuv daryosining vodiylarida o‘sadi. Xitoy teragi Xitoyning togMi hududlarida keng tarqalgan. -rasm. Titroq bargli terak yoki osina: 1-changchi kuchalasi, 2-bargli novdasi, 3-changchi guli, 4-urug‘chi kuchalasi, 5-urug‘chi guli, 6-mevasi, 7-ochilgan mevasi, 8-tukli urug‘i, 9-meva kuchalasining bir qismi, 10-novda kurtagi. Mevasi tukli terak (Populus tricbocarpa (Hook.) Torr.et.Gray.) balandligi 30 (40) m, diametri 0,5-2,5 m keladigan bir tanali daraxtdir. Tanasi qiyshiq o‘sadi. Yog‘ochi oq, yumshoq, o‘zagi jigar rangda. 0‘q ildizi sershox. Bu terak qalamchasidan yaxshi ko‘payadi, tez o‘sadi, qisqa muddat ichida undan ko‘p yog‘och mahsuloti olish mumkin. Bir paytning o‘zida u juda chiroyli daraxt. U AQSh va Kanadada daryo, ko‘l, daryo bo‘ylarida hamda Tinch okeani qirg'oqlarida uchraydi. Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qismida, Alyaskaning janubidan toki Kalifomiyagacha tarqalgan, tog'li mintaqalarda dengiz sathidan 1800 m balandliklargacha ko‘tariladi. U alohida va boshqa turdagi daraxtlar bilan birga o‘sadi va kichik aralash o'rmonzorlar hosil qiladi. Xulosa Toldoshlar (Salicaceae) — ikki uyli oʻsimliklar oilasi. Daraxt, buta va baʼzan yarimbuta. Bargi oddiy, spiralsimon joylashgan; gullari bir jinsli, toʻpguli kuchala. Barg yozilguncha yoki yozilgandan keyin kuchala hosil qiladi. Gullari yon bargchalar qoʻltigʻida. Changchisi 8 tagacha. Shamol va hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi bir uyali, koʻp urugʻli koʻsakcha, ikkiuch pallaga boʻlinadi, urugʻining tubida kumush rang tuklari bor. Urugʻlari shu tuklar yordamida, havo va suv orqali tarqaladi. Urugʻidan va qalamchasidan koʻpayadi. Shim. yarim sharning moʻtadil zonasidagi dare, koʻl boʻylarida nam yerlarda usadi. Toldoshlarning 3 turkumi, 400 dan ortiq turi bor. Oʻrta Osiyoda 70 turi boʻlib, 40 tasi mahalliy, 30 tasi introduksiya qilingan. Melioratsiya maqsadlarida va dekorativ oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Yogʻochidan mebel, taxta, gugurt i. ch., uyjoy kurilishida foydalaniladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling