2-dars. 11-sinf.
1-bo`lim. Fuqaro muxofazasi.
1-bob. Favqulоdda vaziyatlarda ularning оldini оlish va harakat qilish yagona Davlat tizimini tashkil etilishi.
2-mashg`ulot. Nazariy. Maktabda favqulоdda vaziyatlarda ularni bartaraf etish harakatlari rejasining tuzilishi.
Maqsadi. O`quvchilarga maktabning favqulоdda vaziyatlarda ularni bartaraf etish harakatlari rejasini o`rgatish. Ularni FM tadbirlarining samarasiga ishonch va favqulodda vaziyatlarda o`zini qo`lga ola bilish ruxida tarbiyalash.
Uslubi. Suxbat, xikoya.
O`quv savollari. 1.FV turlari. 2. Maktab fuqaro muhofazasining tashkiliy tuzilishi. 3.Maktabning favqulоdda vaziyatlarda ularni bartaraf etish harakatlari rejasi.
Vaqti.45 daqiqa.
Joyi. FM xonasi.
O`MT. CHQBT fani darsligi, O`zR VMning 445-qarori, mavzuga oid boshqa jixozlar.
Darsni o`iish tartibi va uslubiy tavsiyalar
Kirish qismi
Asosiy qism. Yangi mavzu bayoni.
1-o`quv savoli. Favqulodda vaziyatlar turlari.
Favqulodda vaziyatlar - bu aniq bir hududda falokat, halokat, tabiiy yoki ekologik ofatlar, shuningdek ommaviy yuqumli kasalliklar tufayli odamlarning normal hayot faoliyatining buzilishidir.
Tabiiy ofat deganda qo`qqisdan ro`y beradigan, halokatli oqibatlarga, ya`ni odamlarni, qishloq xo`jaligi hayvonlarini va o`simliklarini nobud bo`lishiga, bino va inshootlarning vayron bo`lishiga, moddiy boyliklarning nobud bo`lishiga olib keluvchi turli ko`rinishlarda tabiiy kuchlarning namoyon bo`lishi tushuniladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g`risida”gi № 455-sonli qarori 1998 yil 27-oktyabrda qabul qilingan. Ushbu qarorga ko`ra favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko`ra texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga tasniflanadi. Ushbu vaziyatlarda zarar ko`rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko`lamiga qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegara turlariga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |