2-dars. 11-sinf. 1-bo`lim. Fuqaro muxofazasi
Yirik ishlab chiqarish avariyalari, falokatlar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar xavfi tug’ilganda maktab fuqaro muhofazasi shtabining harakati
Download 386.66 Kb.
|
11-sinf. 2-dars. Kengaytirilgan bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kundalik faoliyat rejimida»
- «Yuqori tayyorgarlik rejimida»
Yirik ishlab chiqarish avariyalari, falokatlar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar xavfi tug’ilganda maktab fuqaro muhofazasi shtabining harakati.
Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish yoki imkoni boricha zararlarini kamaytirish va oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish. «Kundalik faoliyat rejimida» rahbarlar tarkibi, o’qituvchilar jamoasi va talaba yoshlar hamda ishchi-xizmatchilarni tayyorlash fuqaro muhofazasi bo’yicha belgilangan dasturlar asosida va hayot xavfsizligi asoslari dasturiga muvofiq tayyorgarligini tashkil etish; favqulodda vaziyatlarda xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish; radiatsiyadan himoya qilish inshootini tayyor holatda tutish, ularda toza havo, ichimlik suvi, oziq-ovqat zahirasini yaratishni rejalashtirish; Maktab shaxsiy tarkibini va moddiy boyliklarni evakuatsiya yoki vaqtincha ko’chirish tadbirlarini tayyorlash; fuqaro muhofazasi tuzilmalarini doimiy shay holatda tutish; rahbarlar tarkibi, o’qituvchilar jamoasini va talaba yoshlarni hamda ishchi-xizmatchilarni shaxsiy himoya vositalari, asbob anjomlar bilan ta’minlash va ularni holatini doimiy tekshirib turish; rahbarlar tarkibi, o’qituvchilar jamoasini va talaba yoshlarni hamda ishchi-xizmatchilarni hamda ularning oila a’zolarini evakuatsiya yoki vaqtincha ko’chirish uchun to’planish maskanlarini yunalishi va hududlarini aniqlash; yong’inga qarshi kurash vositalari, asbob anjomlarini shay holatda ushlab turish; Maktab boshqaruv organini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarni doimiy tayyorligini ta’minlash. «Yuqori tayyorgarlik rejimida» Favqulodda vaziyat xavfi to’g’risida xabar olinishi bilan maktab direktori – «Yuqori tayyorgarlik rejimini» kiritadi. Vaziyatni baholab quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: rahbarlar tarkibini yig’ib ularning oldiga aniq vazifalarni qo’yish; Maktabda rahbarlar tarkibidan kecha-kunduz navbatchilikni tashkil etish; atrof-tabiiy muhitning holati va maktabga yondosh bo’lgan hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish; 2 soat davomida fuqaro muhofazasi tuzilmalarini jangovor holatga keltirish; favqulodda vaziyatlarda jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun kerakli dori darmonlar zahirasini yaratish va tibbiy maskanni (tibbiy post) shay holatga keltirish; qish faslida ishlayotgan shaxsiy tarkibga va tuzilmalarga isitish maskanlarni tashkil etish; yoz kunlarida ichimlik suvlarini zahirasini yaratish; shaxsiy himoya vositalarini va asbob-anjomlarni tarqatishga tayyorlash; maktab jamoasini va talaba yoshlarni kasalliklarga va epidemiyalarga qarshi emlash va boshqa tibbiy choralarni amalga oshirish; yong’inga qarshi chora tadbirlarni bajarish; Vaziyat va bajarilgan ishlar to’g’risida tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limiga axborot berish (________________yoki «1050» ) Download 386.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling