2-dars. 11-sinf. 1-bo`lim. Fuqaro muxofazasi
Download 386.66 Kb.
|
11-sinf. 2-dars. Kengaytirilgan bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qutqarish guruhi
- Pana va pana joylarga xizmat ko`rsatish guruhi
- 1.Maktab va unga qo`shni hududlardagi potensial xavf-xatarlar
- 2.Katta i/ch avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar, terrorchilik harakatlar sodir bo`lishi xavfi tug`ulganda bajariladigan tadbirlar (yuqori tayyorgarlik rejimida).
- Yakuniy qism.
2-o`quv savoli. O’quv yurti fuqaro muhofazasining tashkiliy tuzilishi.
O`quv yurti fuqarolar muhofazasining tuzilishi quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin:
O`quv yurtida quyidagi tuzilmalar tashkil etilish mumkin: qutqarish guruhi, jamoat tartibini saqlash guruhi, radiatsion va kimyoviy kuzatish posti, pana va pana joylarga xizmat ko`rsatish guruhi. SHuningdek, sanab o`tilgan tuzilmalardan tashqari yana sanitariya postlari, o`t o`chirish zvenosi, hayvonlarni va o`simliklarni himoya qilish guruhi tashkil qilinishi mumkin. Qutqarish guruhi qutqarish va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni o`tkazish, tabiiy ofatlar, falokat va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun xizmat qiladi. Radiatsion va kimyoviy kuzatish posti post qo`yilgan joydagi radiatsion va kimyoviy holatni aniqlash uchun mo`ljallangan. Jamoat tartibini saqlash guruhi shahardan tashqarida va evakuatsiya tumanida, tuzilmalarni harakat yo`nalishida va ob`ektda, shuningdek, zararlanish o`chog`ida tartibni saqlash bo`yicha vazifalarni bajaradi. Pana va pana joylarga xizmat ko`rsatish guruhi himoya inshootining barcha tuzilmalarini ishlatish va ta`mirlash, aholini qabul qilish va joylashtirish, himoya inshootida xulq-atvor me`yorlarini bajarilishini kuzatish uchun mo`ljallangan. 3-o`quv savoli. Maktabning favqulоdda vaziyatlarda ularni bartaraf etish harakatlari rejasi. Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`iy nazar har bir maktabda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularni oldini olish va bartaraf etish harakatlari rejasi ishlab chiqiladi. Rejani ishlab chiqish har qanday sharoitda insonlar qurbon bo`lishini va moddiy boyliklarga zarar yetishini maksimal kamaytirishga qaratiladi. Rejalashtirish ob`ektda FVlar sodir bo`lish darajasini, halokatlar va tabiiy ofatlar sodir bo`lishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan vaziyatlarni bashorat qilish, mavjud moddiy zahira va imkoniyatlarni har tomonlama o`rganib, baho berishga asoslanishi kerak. FVlarni oldini olish va bartaraf etish harakatlari rejasi ikki bo`limdan iborat bo`ladi: 1.Maktab va unga qo`shni hududlardagi potensial xavf-xatarlar. Bu bo`limda ob`ektga xavf soluvchi katta avariyalar, i/ch halokatlari yuz berishi mumkin bo`lgan korxonalar, zaharlovchi moddalar tashib o`tiladigan temir yo`llar, stansiyalar, epidemic nuqtai nazardan noqulay hududlar bo`lishi mumkin. 2.Katta i/ch avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar, terrorchilik harakatlar sodir bo`lishi xavfi tug`ulganda bajariladigan tadbirlar (yuqori tayyorgarlik rejimida). Bu bo`lim: a)FV sodir bo`lishi xabfi haqida boshqaruv organlarini, raxbarlar, ishchilar va aholiga xabar berish tartibini; b)FV ta`siri haqida ogohlantirish va uni oqibatlarini kamayirish bo`yicha o`tkaziladigan tadbirlarning miqdori, adadi, jalb etiladigan kuch va visitalar; d)Mavjud kuch va vositalarni, himoya inshootlarini, yer ustida joylashgan bino va inshootlarni biriktirib, maktab xodimlari va o`quvchilarni hamda axolini yashirish uchun tayyorlash; e)Shaxsiy himoya vositalarini maktab xodimlari va o`quvchilarga tarqatishga tayyoalash va tarqatish; f) maktab xodimlari va o`quvchilarni, evakuatsiya qilish uchun biriktirilgan avtotransportlarni va shaxardan tashqari zonalarni tayyorlashda ishtirok etish; g)Tibbiy va epidemiyalarga qarshi tadbirlarda ishtirok etish; h)Yong`inga qarshi tadbirlarni va i/ch- ni avariyalarsiz to`xtatishga tayyorlashlarni o`z ichiga oladi. Hr bir o`quvchi FVlar yuz berganda nima qilishi lozimligini bilishi, kundalik hayotda maktab hududida va maktabdan tashqarida to`g`ri harakatlanish qoidalarini o`zlashtirishi, atrofdagilarga va o`ziga 1-tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini egallashi, yong`inni o`cherish vositalaridan foydalanishni o`zlashtirishi, shaxsiy himoya vositalaridan oz vaqtida va samarali foydalana olishi, evakuatsiya jarayonida ko`rsatmalarni tez va aniq bajarishi shart. Yakuniy qism. Mustaxhamlash uchun savollar o`qituvchining o`ziga xavola. 23-IDUM CHQBT raxbari: A.Bo`tayev 2-dars bayonnomasiga 1-ilova. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI № 455. Download 386.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling