2-dars. 11-sinf. 1-bo`lim. Fuqaro muxofazasi


Maktab hududida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni


Download 386.66 Kb.
bet7/11
Sana04.02.2023
Hajmi386.66 Kb.
#1157662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-sinf. 2-dars. Kengaytirilgan bayonnoma

Maktab hududida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni
holati bo’yicha qiskacha baholash.

Andijon viloyati Farg’ona vodiysini SHarqiy qismida joylashgan bo’lib, viloyatimizni SHimoliy SHarqidan va Janubidan Qirg’iziston Respublikasi bilan, G’arbdan Farg’ona viloyati va SHimoliy-g’arbidan Namangan viloyati bilan chegaradosh. Andijon viloyatining yer maydoni 4,3 ming kv. km. ni tashkil qiladi. Aholisi 2 756 400 kishi.


Viloyatning ko’p qismi Farg’ona vodiysining tog’oldi adirliklaridan, hamda pasttekisliklaridan iborat bo’lib, viloyat G’arbdan SHarqgacha 300 km. ni, SHimoldan janubgacha 60-120 km. masofani tashkil etadi.
Xo’jaobod tumani Andijon viloyatining eng sharqida joylashgan. SHarq tomondan Qirg’iziston Respublikasi va viloyatimizning Jalaquduq, buloqboshi va Andijon tumanlari bilan chegaradosh.
Maktab joylashgan Manak qishlog’i Manak QFY tarkibiga kiradi. Manak qishlog’i 9 balli seysmik zonada joylashganligi sababli yer qimirlashi oqibatida maktab hududida quyidagi holatlar vujudga kelishi mumkin;

  • Suv quvurlari yorilishi (uzilishi), elektr kabelь va simlarning qisqa tutashuvi, oqibatida yong’in sodir bo’lishi va bu holatdan maktab jiddiy zarar ko’rishi mumkin.

  • Er qimirlashi kunduzi sodir bo’lgan taqdirda rahbarlar tarkibi, ishchi-xizmatchilar va talaba yoshlar ichida yo’kotishlar, jarohat olganlar bo’lishi mumkin;

  • Bahor-yoz paytlarida sel kelishi va qattiq yomg’ir yog’ishi natijasida sodir bo’lgan suv toshkinlari oqibatida maktab ma’muriy binosi, o’quv binolari va yordamchi binolar zarar ko’rishi mumkin;

  • Xo’jaobod pedagogika ijtimoiy iktisodiyot maktabi yonidan shimol tomonda Andijon – O’sh avtomobil yo’li o’tgan ko’chasidan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni tashib o’tayotgan, avtotransport halokati (avariya) sodir bo’lsa maktab jamoasi va o’quvchi yoshlar zaharlanish zonasida qolishi mumkin;

  • Yong’inlar barcha o’quv va yordamchi xonalarni qamrab olishi mumkin. Maktab jamoasi va talaba yoshlar ichida jarohat olinishiga va binolarni yonib ketishiga olib keladi;

Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishda kechiktirib bo’lmaydigan qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun maktabda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
- Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda rahbarlar tarkibini va o’qituvchilar jamoasini va o’quvchi yoshlarni xabardor etish, yig’ish va aloqa, transport tizimini yaxshilash;

  • Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 7 oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi aholisini Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to’g’risida»gi Qaroriga asosan, rahbarlar tarkibi, o’qituvchi xodimlar, ishchi-xizmatchilarni va o’quvchilarni favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilishga tayyorlash;

  • Degazatsiya va dezinfektsiya moddalari zahirasini yaratish;

  • Yong’inga qarshi kurashish profilaktika chora-tadbirlarini o’tkazish;

  • Maktab shaxsiy tarkibini shaxsiy himoya vositalari, fuqaro muhofazasi asbob-uskunalari bilan ta’minlash, ularni davriy ravishda tekshirib turish va doimiy soz holatda saqlash;

  • Maktab jamoasi a’zolarini va talaba yoshlarni xabardor etish hamda moddiy boyliklarni evakuatsiya (ko’chirish) yo’nalishlari maskanlarini aniqlab qo’yish;

- yong’inga qarshi asbob anjomlarni va suv manbalarini shay holatda tutish;
- Maktab fukaro muhofazasi kuch va vositalari, boshqaruv punktini doimo tayyor holda saqlash.


II. – Bo’lim

Download 386.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling