2. Davlat ta’lim standartida bo‘lajak o‘qituvchining ishlab chiqilgan umumiy malakaviy kompetensiyalari


Oliy ta’limni mazmunan modernizatsiyalashda asosiy quyidagi


Download 397.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana14.05.2023
Hajmi397.58 Kb.
#1461644
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-mavzu

Oliy ta’limni mazmunan modernizatsiyalashda asosiy quyidagi 
vazifalarning bajarilishi nazarda tutiladi: 
 oliy ta’limning bakalavriatura va magistratura bosqichlarida “Milliy 
g‘oya” turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish ketma-ketligi va uzluksizligini 
ta’minlovchi yagona Konsepsiyani yaratish, milliy g‘oya, umummilliy 
qadriyatlarga oid tushunchalarni barcha o‘quv fanlari tarkibiga singdirish;
 ta’lim va tarbiyani uyg‘un olib borish, talaba-yoshlarni nafaqat 
bilimli, balki ma’naviy, axloqiy hamda kasbiy tayyorlangan yetuk shaxs 
sifatida voyaga yetkazish bo‘yicha ta’sirchan pedagogik choralarni 
belgilash, buning uchun talaba-yoshlarning tarbiyalanganlik darajasini 
belgilovchi mezonlarni ishlab chiqib, joriy etish;
 ta’lim muassasalarida sog‘lom ijodiy muhitni yaratish, ta’lim va 
tarbiya 
jarayoniga 
ilg‘or innovatsion, pedagogik va axborot 
texnologiyalarini joriy etish orqali o‘qitish sifatini yangi bosqichga 
ko‘tarish, talaba-yoshlarning dunyoqarashi, tafakkuri, mustaqil mushohada 
qilish qobiliyatlarini rivojlantirish;
 iqtidorli talaba-yoshlarning qobiliyati va iste’dodini aniqlash
tarbiyalash, ular iste’dodini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishning yagona 
umumilliy 
tizimini 
shakllantirish, 
o‘quv-tarbiya 
jarayonini 
individuallashtirish va tabaqalashtirish ilmiy asoslarini yaratish;
 o‘quv rejalaridagi turdosh fanlarni integratsiyalash orqali o‘quv 
yuklamalari ko‘lami va hajmini maqbullashtirish;
 oliy ta’lim tizimining bakalavriatura va magistratura bosqichla- rida 
Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari hamda darsliklarini 
takomillashtirish, mazmunan uzviylashtirish;
 talabalarning Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va 


malakalarini baholashning bakalavriatura va magistratura bosqichlari uchun 
yagona tizimini yaratish va amaliyotga tatbiq etish;
 oliy ta’lim muassasalarida virtual o‘quv-laboratoriya, zamonaviy 
axborot kommunikatsiya, elektron-texnik va masofadan o‘qitish 
imkoniyatlarini kengaytirish, darslik, qo‘llanma va o‘quv filmlarining 
elektron turlarini yaratish va ulardan ta’lim - tarbiya jarayonida samarali 
foydalanish;
 oliy ta’lim muassasalarida ta’limni boshqaruv tizimi uchun rahbar 
kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
 pedagog xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini 
oshirish tizimi faoliyatining samaradorligini oshirish, ta’lim muassasa- 
larini malakali mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlash choralarini belgilash;
 pedagogika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, 
pedagogik diagnostika, talaba shaxsiga individual yondashishga doir 
tadqiqotlarga keng yo‘l ochish, ularni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash 
mexanizmini joriy etish;
 bitiruvchilarni mehnat sohalariga joylashuvining monitoringini 
tashkil qilish;
 indikatorlar tizimi orqali ta’lim sifatini boshqarish mexnizmini 
yaratish va joriy etish.

Download 397.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling