2. Davlat ta’lim standartida bo‘lajak o‘qituvchining ishlab chiqilgan umumiy malakaviy kompetensiyalari


Download 397.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana14.05.2023
Hajmi397.58 Kb.
#1461644
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-mavzu

ta’lim yo‘nalishi ‒ muayyan kasbiy faoliyat doirasidagi turli 
darajadagi ta’lim dasturlarining majmuyi;
 ta’lim natijalari o‘zlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar 
hamda o‘zlashtirilgan kompetensiyalar;
 o‘quv turkumi ‒ asosiy ta’lim dasturining ilmiy va (yoki) kasbiy 
faoliyatning tegishli sohasida bilim, malakalarni o‘zlashtirish va 
kompetensiyalarni shakllantirishni ta’minlaydigan fanlar (modullari) 
yig‘indisi;
 ARM - axborot resurslar markazi;
 ITI - ilmiy tadqiqot ishlari;
 OTM - oliy ta’lim muassasasi;
 O‘MM - o‘quv metodik majmua.
Shuningdek, standartda quyidagilar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar 
keltirilgan: 
 bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi: kasbiy faoliyati obyektlari, 
kasbiy faoliyati turlari, kasbiy faoliyatining vazifalari;
 bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar: umumiy 
malakaviy 
kompetensiyalar, 
umumkasbiy 
kompetensiyalar, ishlab 
chiqarish-texnologik faoliyati, tashkiliy-boshqarish faoliyati, KHT tizimida 
pedagogik faoliyat;
 ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavrlarning bilim, malaka va 
ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar 


bo‘yicha talablar, matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha talablar, 
umumkasbiy fanlar bloki bo‘yicha talablar, ixtisoslik fanlari bo‘yicha 
talablar, bitiruv malakaviy ishi (loyihasi)ga qo‘yiladigan talablar, 
malakaviy amaliyot bo‘yicha talablar;
 ta’lim dasturining mazmuni va komponentlari: talaba haftalik o‘quv 
yuklamasining maksimal hajmi, ta’lim dasturining umumiy hajmi 4 yillik 
o‘quv davri uchun haftalik o‘quv yuklamalar, mustaqil ta’lim, Kasb ta’limi 
(Xizmatlar sohasi (Servis)) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturining 
zaruriy mazmuni: gumanitar va ijtimoiy- iqtisodiy fanlar, matematik va 
tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy fanlar, ixtisoslik fanlari, malakaviy 
amaliyot, bitiruv malakaviy ishi;
 bakalavriatning asosiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha 
amalga oshiriladigan sharoitlarga belgilangan talablar: bakalavriatning 
asosiy ta’lim dasturlari o‘zlashtirilishiga belgilangan umumiy talablar, 
ta’lim dasturini amalga oshirish talablari, malakaviy amaliyotni tashkil 
etishga qo‘yiladigan talablar, pedagogik amaliyotni tashkil etish talablari
o‘quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta’minlash talablari, ta’lim 
jarayonini o‘quv-metodik va axborot resurslari bilan ta’minlashga talablar, 
o‘quv jarayonining moddiy-texnika bazasiga qo‘yilgan talablar;
 bakalavrlar tayyorlash sifatini baholash: oliy ta’lim muassasasi 
tayyorgarlik darajasi sifatini kafolatli ta’minlash, bakalavriat yo‘nalishlari 
bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, har bir fan bo‘yicha 
bilimlarni joriy va oraliq nazorat qilishning shakli va o‘quv jarayoniga tatbiq 
etilishi, yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavr bitiruv malakaviy ishi 
himoyasi, Oliy ta’lim muassasasi vazifalari;
 eslatma va davlat ta’lim standartining amal qilish muddatlari. 
Mazkur Kasb ta’limi (Xizmatlar sohasi (Servis)) ta’lim yo‘nalishi
Davlat ta’lim standarti asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejaning uchinchi 
blokiga tegishli umumkasbiy fanlari (Psixologiya va pedagogika kurslari, 
materialshunoslik, servisdagi texnologik jarayonlar, servis tizimi faoliyati 
asoslari, servis sohasi dizayni va reklamasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish 
asoslari, servis korxonalari mahsuloti va xizmatini sertifikatlashtirish va 
sifatini boshqarish, hayot faoliyati xavfsizligi) va to‘rtinchi blokiga tegishli 
ixtisoslik fanlari tarkibiga kirgan “Tikuvchilik buyumlarini buyurtma 
asosida konstruksiyalash”, “Kostyum tarixi va kompozitsiyasi” va “Tikuv 
buyumlarini buyurtma asosida konstruksiyalash va tayyorlash bo‘yicha 
maxsus amaliyot” fanlar va ularga ajratilgan soatlar bo‘lajak kasb ta’limi 
o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda o‘z samarasini 
berishda ma’lum darajada ahamiyatga molikdir. 
Yuqorida sanab o‘tilgan fanlar kasb ta’limi metodikasi fani mazmunida 
integratsiyalashib, pedagogik amaliyot jarayonida o‘z tatbiqini topadi. 
Bundan xulosa chiqarish mumkinki, kasb ta’limi metodikasi fani 
o‘qituvchining 
kasbiy 
kompetentligini 
shakllantirishda 
integratsiyalashtiruvchi ahamiyatga ega bo‘lib, uni mazmunan tarkib 
toptirishda o‘quv rejasiga kiruvchi barcha fanlar xususiyatlari e’tiborga 


olinadi. 

Download 397.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling