2. Davlatning narx siyosati va Boshqarish usullari
Download 24.29 Kb.
|
Мавзу: Narxlarni boshqarish. Режа: 1. Narxlarni boshqarish. 2. Davlatning narx siyosati va Boshqarish usullariNarxlarni boshqarish. Pirovard narxlar iste’molchilarga ma’qul kelishi uchun korxona ulgurji va chakana savdo doirasida narxlarni boshqarish bo’yicha muayyan tadbirlarni amalga oshiradi. Psixologik (ruhiy) narx belgilash talabga qarab narxni boshqarish usuli hisoblanadi, bunda narx, masalan 10 so’m emas, 9 so’m 80 tiyin kabi yaxlitlanmagan summada belgilanadi. Xaridor uchun 6, 7, 8, 9 kabi raqamlari bilan tamomlanuvchi narxlar yaxlit sonlarga qaraganda ma’qulroq deb qaraladi. Psixologik narx belgilash ortida turgan g’oya narxni xaridorlarga go’yoki «arzonroq» qilib ko’rsatadi va ularnnng moyilligini yaratadi. Psixologik ta’sir ko’rsatishning boshqa bir usulidan narx bilan sifat o’rtasidagi bog’lanishni bo’rttirib ko’rsatishda foydalaniladi, ya’ni qisman yuqoriroq narxlar yaxshiroq sifatni ifodalagandek tuyuladi, arzon narxlarda sifat tasavvuri yodga kelmaydi (arzonning sho’rvasi tatimas, ya’ni sifatsiz degan maqol ham bor). Chakana savdoda narxlar uslubi aksariyat qo’llaniladi. Har bir mahsulot turi doirasida bir qator mahsulot xillari bo’lgan sharoitlarda bu usul yaxshi natija beradi. Masalan, xotin-qizlar magazini shoyi sharflarni taklif etadi. Iste’molchi narxlardagi qisman farqlarga u qadar e’tibor qilmaydi: Aytaylik sharf narxi 12-40, 12-50, 12-60, 13-00 so’m bo’lsin. Shunda xaridorlarga mahsulotni sifat va nufuz omillari bo’yicha tabaqalashtirishga imkon beradigan bir qancha narx taklif etiladi. Bu narxlar donasiga 10-00, 16-00, 18-00, 25-00 so’m bo’lishi mumkin. Narxlarning bunday qatorida mahsulot sifat doirasida mahsulotga qo’yiladigan narxlar soni kamroq bo’ladi, bu esa tovarni tanlashda xaridorlarga qulaylik yaratadi, ortiqcha chalkashlik keltirib chiqarmaydi. Narxlar sotuvda kam xarj narxi 10 so’mdan, sifati o’rtacharoq - 16 va 18 so’mdan va qimmat narxi 25 so’m sharf borligini ko’rsatadi. Xaridorlar o’zlariga sifat yoki narxning qaysi darajasi kerakligini hal etganidan keyin umumiy taklif doirasida mahsulotni tanlab xarid qiladilar. Rag’batlantirish (imtiyozli) narx belgilash ikki fikrga asoslanadi: birinchidan, jamiki xaridorlar savdolashishni yaxshi ko’radilar, ikkinchidan, me’yordagi normadan past narxlar iste’molchini muayyan darajada jalb etadi. Natijada ko’pgina savdo firmalari o’zgaruvchan narxlarni faqat arzonlashtirilgan tovarlarni sotishni rag’batlantirishdagina emas, balki yaxshi ma’lum bo’lgan, xaridorgir ba’zan qimmat tovarlar yoki mashhur savdo markalariga mansub tovarlarni sotishda ham qo’llaydi. Maqsad - xaridorlarni magazinga jalb etish va shu bahonada boshqa tovarlarni ham odatdagi narxlarda sotish imkoniyatini yaratishdir. Sifat va miqdorning o’zgarishi - ayrim hollarda, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari o’sib borganda narx-navoni oshirish tovar oborotini o’sishiga imkon bermaydi. Ana shunda firma mahsulot miqdori yoki sifatini o’zgartirishga qaror qiladi. Ba’zan xarajatlarning ko’payishi faqat miqdoriy tomonlarni o’zgartirish – og’irligi, hajmi, miqdori, o’lchamini qisqartirish bilan qoplanadi (aytaylik, qandolatchilik mahsulotlarida portsiyalar miqdori kichraytiriladi). Boshqa hollarda mahsulotning amaldagi sifati o’zgartiriladi, ayni paytda etiketkada ana shu kiritilgan o’zgarishlar (to’yimliligi kaloriyasi) albatta ko’rsatiladi. Boshlang’ich ma’lumotlarni o’zgartirish-ba’zi hollarda xarajatlar va narxlarning o’sish darajasi ishlab chiqaruvchilarni ayrim mahsulot turlariga narxni eng yuqori talab darajasida belgilashga majbur etadi. Bunday vaziyatda firmalar mahsulotning asosiy tavsifini yangilashi yoki o’zgartirishi- mutlaqo yangi tovar taklif etishi yoki mavjud turlarini yaxshilashi mumkin. Foyda keltirish majmuini o’zgartirish - tovarni xarid qilgan iste’molchi tovar bilan bog’langan ishlar–tovar joylangan idish, etkazib berish xizmati, kafolatlar va boshqalar uchun ham haq to’laydi. Qiyin holatlarda va ortiqcha chiqimlarni qoplash maqsadlarida savdo ishlab chiqarish firmalari qo’shimcha ishlaridan voz kechib, xaridorga tovarning faqat eng zarur xossalari uchun haq to’lashni taklif etadi yoki aksincha, ayrim firmalar tovarni uyga etkazib berish, sovg’alarni tayyorlash va boshqa yordamchi xizmatlar uchun qo’shimcha narx belgilaydilar. Qondirish majmuini yanada farqliroq qilish iste’molchilarga to’lanmagan pulga foiz qo’shmay kredit berishga yordam beradi. Kredit kartochkasidan foydalanish xaridorlar uchun naqd pulsiz tovarni kechikmay xarid qilish imkonini beradi. Bu ham narxni pasaytirishning shakllaridan hisoblanadi. Firmalar hisob-kitob shaklini o’zgartirib, tovar oborotini ko’paytirishi, bu bilan mahsulot sotishddan keladigan umumiy daromadni ko’paytirishi mumkin. Download 24.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling