2. Davlatning narx siyosati va Boshqarish usullari


Tovarning hayotiy tsikli davomida mahsulot narxi


Download 24.29 Kb.
bet2/5
Sana14.03.2023
Hajmi24.29 Kb.
#1268436
1   2   3   4   5
Tovarning hayotiy tsikli davomida mahsulot narxi. Bozor tez o’zgarib boradi va shunga ko’ra har bir mahsulot ham o’z hayotiy tsiklini o’taydi, shu vaqt davomida firmalar doimo tovar strategiyasiga, shu jumladan narxlarga ham o’zgarishlar kiritadi. Narx marketingini ishlab chiqishda yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. Yangi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar, bozordagi talab darajasi, raqiblar xarajatlari hali etarli darajada ma’lum emas. Jami noqulay sharoitlar majmuini ko’rib chiqib, yangi mahsulotga nisbatan narx belgilash qarori g’oyat xatarli bo’lishi mumkin.
Narx belgilashning qiyinligi muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga ham bog’liq. Bu daraja esa uchga bo’linadi: eng yangi mahsulot, texnikaviy ilg’or mahsulot, yangi taqlidiy (original bo’lmagan) mahsulot va moslashtirilgan (o’rinbosar) mahsulotlar. Yangilik belgilari kiritilgan eng yangi mahsulotlar bajaradigan vazifalari bilan boshqa har qanday mahsulotdan ajralib turadigan mahsulotga narx belgilash eng qiyin ish. Bozor
talabi hali noma’lum, tovarini baholash uchun qiyosiy marketing tajribasi yo’q va mahsulot hanuz noma’lum qo’llanish sohalariga ega bo’lishi ham mumkin. Shu sababli noyob mahsulotlarga nisbiy narx belgilashda asosiy masala «qaymog’ini olish» yoki «kirib olish» siyosatini qabul qilishdan iboratdir. Bunda mutaxasislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati darajasini belgilashdilar.


Davlatning narx siyosati va Boshqarish usullari

Narx tushunchasi va uning mohiyatiNarx bozor kategoriyasi tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatning bozordagi ko‘rinishidir.

Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘liqqan bo‘ladi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi: Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi; Hisob-kitob, o‘lchov funksiyasi; Iqtisodiy regulyator funksiyasi; Raqobat vositasi funksiyasi; Ijtimoiy himoya funksiyasi.


Download 24.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling