2. Fanning paydo bo’lish manbaalari Rivojlanish bosqichlari


Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyoti bilan


Download 33.65 Kb.
bet3/12
Sana04.04.2023
Hajmi33.65 Kb.
#1328810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

1. Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyoti bilan bogliqlik prinsipi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyoti bilan bogliqlik prinsipiga insonning hamma yosh davrida jismoniy tarbiyalash masalalarini hal etishda amal etish kerak.
Bu shuni bildiradiki, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida tayanchlik va harbiy holatlarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jismoniy sifatlarni va harakat ko‘nikmalarini shakllantirib borish zarurdir.
Mehnat va harbiy faoliyatlarni bajarishda harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bir vaqtda rivojlantirib boruvchi jismoniy sifatlar muhim ahamiyatga ega. Mehnatdagi muvaffaqiyatlar insonning mehnat jarayonlari egallash qobiliyatga bogliq holda oshib boradi.
Psixik jarayonlar va ahloqiy - irodaviy sifatlar saviyasiga bajarilayotgan turli harakat maxsuldorligi bog‘liqdir. Psixik jarayonlar va irodaviy sifatlarning rivojlanishiga esa jismoniy tarbiya ko‘p jihatdan imkon beradi. Mustaxkam sog‘liq har tomonlama jismoniy rivojlanish, atrof muhitning noqulay sharoitlariga chiniqish inson uchun mehnat va harbiy faoliyat muvaffaqiyatlar uchun zarurdir.
2. Shaxsni xar tomonlama rivojlantirish prinsipi.


Xalq hayotiy saviyasi yaxshilash bo‘yicha hamma ishlarni o‘z zimmasiga olgan mustaqil davlat uchun har tomonlama jismoniy rivojlangan hamda ruhiy qobiliyatli shaxslar kerak. Bu vazifani hal etishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati kattadir. Jismoniy mashqlarni o‘tkazishda jismoniy tarbiyaning maxsus vazifalari bilan bir qatorda inson yaxlit bir butunligiga shakllanib (sog‘liqni mustahkamlash, harakat malakalarini shakllantirish, harakat sifatlarini rivojlantirish va h.k.) boradi, yana bir vaqtda psixik jarayonlar, fikrlash, umumlashtirish ahloqiy sifatlar rivojlanib boradi, shuningdek mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bu prinsipga ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borish bosqichida katta e’tibor berish kerak, chunki bu yoshda shaxsning har tomonlama rivojlanish asoslari quyida boradi.

Download 33.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling