2. Fanning paydo bo’lish manbaalari Rivojlanish bosqichlari


Download 33.65 Kb.
bet1/12
Sana04.04.2023
Hajmi33.65 Kb.
#1328810
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu


1-Mavzu. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi fanining
maqsadi va vazifalari.
Reja
1.Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda metologiyasi fanining maqsad vazifalari
2.Fanning paydo bo’lish manbaalari
3.Rivojlanish bosqichlari

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yo‘naltirilgan o‘quv predmeti sifatida jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi, unga erishishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi.


Jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida inson jismoniy kamolotining vositalari, ulardan amalda foydalanishni, jismoniy sifatlarni tarbiyalashning mashg‘ulot shakllari va uning uslubiyotlari haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni o‘z ichiga olgan va jamiyatimiz a’zolarini, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini boyitish uchun xizmat qiladi.

Jismoniy madaniyat nazariyasining manbalari


Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fanining rivojlanishi va takomillashishi uchun quyidagilar a s o s i y m a n b a sanaladi:
- mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yanada yuksaltirishning yo‘llari va hozirgi paytdagi ahvoli haqidagi hukumat qarorlari, qonunlari;
- jamiyat rivojlanishi davomida insonni har tomonlama kamol toptirish haqidagi progressiv ta’limotlar (ular orqali insonning har tomonlama rivojlanishi huquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmunini ochishga urinish hamda shu g‘oyalarini amalga oshirish yo‘llarini nazariy, amaliy jihatdan asoslash lozim bo‘ladi);


Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti qator fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolgan fan to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslu biyoti bir necha fanlarning nazariy bilimlari orqali maxsus yo‘nalitirilgan pedagogik muammolarni hal qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasining barcha fanlari bilan uzviy bog‘langan. Avvaliga yagona sanalgan, bo‘laklarga bo‘linmagan jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fanidan alohida sport pedagogika fanlari – voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, futbol, suzish va qator boshqa fanlar ajralib chiqdi.

Download 33.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling