2. Fanning paydo bo’lish manbaalari Rivojlanish bosqichlari


Jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga


Download 33.65 Kb.
bet4/12
Sana04.04.2023
Hajmi33.65 Kb.
#1328810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

3. Jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo‘naltirilgan prinsipi.
Mamlakatimizda inson soglig‘ini muhofaza qilish uchun katta e’tibor berilmoqda. Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan prinsipida o‘qituvchilarning o‘z tarbiyalanuvchilari sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash javobgarligi kelib chiqadi. Jismoniy tarbiya jarayoni shunday qo‘yilishi kerakki, u shugullanuvchi soglig‘iga ta’siri yaxshi bo‘lishini ta’minlashi zarur. Bu faqat vositalarni to‘g‘ri tanlash va uni qo‘llashning unumli usullaridan foydalanilganda, shuningdek, tibbiyot hodimining nazorati o‘rnatilganda amalga oshirilishi mumkin.
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning salomatligini mustahkamlash uchun davlat oldidagi javobgarlik. Jismoniy tarbiya tashkilotlari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, murabbiylar (shifokorlardan farqli o‘laroq), odatda, sog‘lom kishilar bilan ish ko‘radilar. Ular gimnastika, sport o‘yinlari va turizm bilan shug‘ullanuvchilarning sihat-salomatligini saqlash uchungina emas, balki ularning sog‘ligini mustahkamlash uchun ham davlat oldida javobgardirlar.
Shifokor va pedagog nazoratining majburiyligi hamda birligi. Jismoniy mashqlar shunday vositaki, ular to‘g‘ri qo‘llanilgan sharoitlardagina sog‘lomlashtiruvchi samara beradi. Jismoniy mashqlarni noto‘g‘ri, no‘noqlik bilan qo‘llash salomatlikka putur yetkazishi mumkin. Shu munosabat bilan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, biologik xususiyatlari va salomatligini hisobga olish zarur.
Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviy negizi, maqsadi va umumiy tamoyillari
Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviy negizini insonni har tomonlama rivojlantirish, shaxsni uyg‘un tarbiyalash, jamiyatni rivojlantirishga qodir faol insonlarni etishtirishga xizmat qiluvchi milliy mafkura va ma’naviyat tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikricha: “Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch – ma’rifatdir”. “Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga yerisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”.

Download 33.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling