2. Fizikaning bоshqa fanlar bilan alоqasi


Magnit moddalarning turlari


Download 39.2 Kb.
bet12/12
Sana13.04.2023
Hajmi39.2 Kb.
#1350950
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fizika oraliq nazorat savollari shppi

30. Magnit moddalarning turlari.
Magnit materiallar - kuchsiz magnit maydonlarda magnitlanadigan va bu maydonlarning qiymatini jiddiy oʻzgartiradigan materiallar. Tabiiy magnitlangan mineral — magnetit (magnit temirtosh) qadimdan maʼlum boʻlgan. Xitoyda 2 ming yillar ilgariyoq undan magnit kompasining mili (strelkasi) yasalgan. Magnetit — kuchsiz magnetik. 19-asrdaX. K. Ersted, M. Faradey, E. X. Leni, elektr magnetizm qonunlarini ochishdi, B. S. Yakobi oʻzgarmas tok mashinalarini, P. N. Yablochkov oʻzgaruvchan tok generatori va transformatorini yaratishdi, M. O. Dolivo-Dobrovol-skiy uch fazali tokni kashf etdi. Shundan soʻng ancha kuchli magnetik — temir amadda Magnit materiallar sifatida ishlatila boshladi. 1990-yildan telektrotexnikada temir silitsiyli poʻlat, aloqa texnikasida temirnikelli qotishmalar keng tarqaldi. Ferromagnetizm nazariyasining taraqqiyoti yangidan-yangi Magnit materiallar ishlab chiqarishni ancha tezlashtirdi. 20-asr oʻrtalarida oksid Magnit materiallar — ferritlar paydo boʻldi.


31. Elеktrоmagnit induktsiya hоdisasi. O`z va o`zaroinduksiya.Transformator.
Elektromagnit induksiya — magnit maydonida harakatlanuvchi oʻtkazgichda yoki berk kontur oʻrab turgan sirt orqali oʻtuvchi magnit induksiya oqimi o'zgarganda konturda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil bo'lish hodisasi. M. Faradey kashf qilgan (1833). Elektromagnit induksiyaning xususiy holi oʻzaro induksiya va oʻzinduksiya. Elektromagnit induksiya hodisasidan elektrotexnikada, xususan, generatorlar, transformatorlar va boshqalarda foydalaniladi. Transformator (lotinchatransformo — oʻzgartiraman) — bu pas kuchlanishni yuqori kuchlanishga yuqori kuchlanish pas kuchlanishga aylantirib beruvchi elektro statik apparat(chastotasini o'zgartirmagan holda). Texnikada —. energiya yoki obʼyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va boshqalar)ni oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator, fototransformator, OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) T.i va boshqa xillargaboʻlinadi. Elektr T. oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) uchun moʻljallanadi.


32. Elеktrоmagnit garmоnik tеbranishlar.
Elektromagnit tebranishlar — elektromagnit maydonni hosil qiluvchi elektr va magnit maydonlarning oʻzaro bogʻlangan takrorlanuvchan oʻzgarishlari. Tebranish konturida hosil qilinadi. Tebranish konturidagi dastlab zaryadlangan kondensator qoplamalari induktivlik gʻaltagi orqali ulansa, konturda kondensator zaryadining va gʻaltakda tokning erkin tebranishlari yuzaga keladi.

Download 39.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling