2. Fizikaning bоshqa fanlar bilan alоqasi
Rеal gazlar. Van-dеr-Vaals tеоrеmasi
Download 39.2 Kb.
|
Fizika oraliq nazorat savollari shppi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Van-der-vaals tenglamasi
- 18. Tеrmоdinamik parametrlar
- T еrmоdinamikaning birinchi asosiy qоnuni va uning izojarayonlarga tadbiqi.
17. Rеal gazlar. Van-dеr-Vaals tеоrеmasi.
Van-der-Vaals tenglamasiga boʻysunuvchi Gazlar real Gazlar deyiladi. Normal sharoitda Gazlarda issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va boshqa ichki hodisalar kuzatiladi. Bu hodisalar molekulalarning doimo tartibsiz harakati va bir-biri bilan toʻqnashuvi natijasidir Normal sharoitda Gazlar oʻzidan elektr toki oʻtkazmaydi, lekin bosim va temperaturaning oʻzgarishi bilan Gazlarning bu xususiyati oʻzgaradi. Har qaysi real gaz oʻziga xos kritik temperatura (Tk) gacha sovitilganda suyuqlikka aylanadi. Mas, suv uchun Tk=374,2°K, shunda suv bugʻ holatida, kislorod uchun TK=91,14°K, shunda u gaz holatida boʻladi va h.k. Van-der-vaals tenglamasi -real (ideal boʻlmagan) gaz holatini ifodalaydigan tenglama. Molekulalar hajmining chekliligini hamda molekulalararo oʻzaro tortishish kuchi mavjudligini hisobga olgan holda chiqarilgan had ichki bosim deb yuritiladi. Kuchli siyraklashtirilgan gazlar uchun V.-d.V.t. ideal gaz tenglamasi r V=R 7"ga oʻtadi. Bu tenglamani Ya. D. Van-derVaals taklif qilgan (1873). 18. Tеrmоdinamik parametrlar. Termodinamik muvozanat - termodinamik tizim holati; bunda tizimni tavsiflovchi barcha parametrlar aniq qiymatlarga ega boʻlib, bu qiymatlar tashqi muhit oʻzgarmasa, istagancha vaqt davomida oʻzgarmay qolaveradi. Termodinamik muvozanat holatiga oʻtgan tizimda issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya kabi har qanday qaytmas jarayonlar toʻxtaydi. Tizimning tashqi muhit bilan oʻzaro munosabatiga qarab, uning Termodinamik muvozanat holatiga oʻtganligini turli fizik kattaliklarning kuzatilayotgan sharoitdagi erishgan chegaraviy qiymatlari orqali aniklash mumkin. Mac, tashqi muhitdan adiabatik tarzda ajratilgan tizimda entropiya oʻzining erishishi mumkin boʻlgan eng katta qiymatga ega boʻladi; termostatdagi tizim uchun erkin energiya eng kichik qiymatni oladi; oʻzgarmas tashqi bosim taʼsirida boʻlgan termostatdagi tizim uchun Gibbs termodinamik potensiali eng kichik qiymatga erishadi. 19. Tеrmоdinamikaning birinchi asosiy qоnuni va uning izojarayonlarga tadbiqi. Tabiatning barcha hodisalarini bir butun qilib bogʻlovchi energiyaning saqlanish va aylanish qonunining ochilishi tabiatshunoslikda, jumladan, fizikaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. XIX asr oʻrtalariga kelib tajriba orqali issiqlik miqdori bilan bajarilgan ish miqdorining oʻzaro qiyosiy tengligi isbotlandi va shu asosda issiqlik energiyaning maxsus turi ekanligi aniqlandi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni issiqlik hodisalari nazariyasining asosiy qonuni boʻlib, u termodinamikaning birinchi bosh qonuni deb ataladi. Bu qonunni Yu.R. Mayer taʼriflagan, nemis fizigi G. Gelmgols aniqroq shaklga keltirgan (1874). Termodinamikaning rivojlanishida S. Karno, R. Klauzius, U. Tomson, E. Klapeyron va D.I. Mendeleyevlarning xizmatlari katta boʻldi. S. Karno issiqlikning mexanik harakatga aylanishini aniqladi, R. Klauzius, Download 39.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling