Mavzu : Molekulyar fizika
Reja :
1.Mikroskopik tizim holatlarini statistik va termodinamik tekshirish usullari. Izojarayonlar,ideal gazning holat tenglamasi;
2.Ichki energiya;
3.Molekulyar-Kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi;
4.Gaz molekulalarining issiqlik harakati,tezligi va energiyasi bo’yicha Maksfell taqsimoti;
5.Barometrik ifoda;
6.Xulosa;
7.Foydalanilgan adabiyotlar.
Loyiha haqida:
Loyihadan ko’zlangan maqsad yuqorida ko’rsatilgan bir nechta fizikaga oid mavzular bilan yanada chuqurroq tanishish va o’zgacha yondashuvlarni shakillantirish.
Molekulyar-kinetik va termodinamik usul
Molekulyar fizika va termodinamika jismlardagi mikroskopik jarayonlarni ya’ni jismlar tarkibidagi ko’p miqdordagi atomlar va molekulalar bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni o’rganadi .Bu jarayonlarni o’rganishda turli sifatli , lekin bir-birini o’zaro to’ldiradigan ikki usul qo’llaniladi.
1 Statistik usul (molekulyar-kinetik)usul;
2 Termodinamik usul;
Statistik (molekulyar-kinetik) usuk
Tizimni tashkil etuvchi juda ko’p sonli zarralrning ularni dinamik nuqtai nazaridan xarakterlovchi fizik kattaliklar yordamida tizim hususiyatlarini o’rganish usuli statistik yoki molekulyar kinetik usulidir.
Termodinamik usul
Tizimning fizik hususiyatlarini energiyani bir turdan boshqa turga o’tishi va energiya hisobiga ish bajarishi bn bog’liq bo’lgan termodinamik nuqtai nazaridan xarakterlovchi fizik kattaliklar yordamida o’rganish usuli termodinamik usuldir
Aniq massaga ega bo’lgan gazning muvozanatli holati P bosim,V xajm ,T xarorat dan iborat parametrlar orqali to’la ravishda ifodalanadi.
Yuqorida qayd qilingan parametrlardan bittasi o’zgarmas bo’ganda qolgan ikkitasi orasidagi bog’lanishni ifodalaydigan jarayonlar izojarayonlar (izo- teng ,birxil )deyiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |