2. Fizikaning bоshqa fanlar bilan alоqasi


Download 39.2 Kb.
bet1/12
Sana13.04.2023
Hajmi39.2 Kb.
#1350950
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fizika oraliq nazorat savollari shppi




2. Fizikaning bоshqa fanlar bilan alоqasi.
Fizika tabiiy borliq haqidagi fan boʻlib, tabiatning eng keng tarqalgan qonunlari, modda, uning tuzilishi, harakati va o'zgarish qoidalarini oʻrganadi. Fizika bu tabiiy fandir, lekin undagi qonuiyatlar va hisob-kitoblar aniqlikka asoslangan. U quyidagi asosiy qismlardan iborat: Klassik mexanika Elektrodinamika va klassik maydon nazariyasi Kvant mexanikasi Statistik fizika va Termodinamika Optika va Spektroskopiya Molekulyar fizika Atom fizikasi Kvant maydonlar nazariyasi Gravitatsiya va Kosmologiya Kalibrlangan maydonlar va Supersimmetriya. Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi. Oʻrganilayotgan obʼyektlar va materiallarning harakat shakllariga qarab, fizika fani bir-biri bilan oʻzaro chambarchas bogʻlangan elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, atom va molekulalar fizikasi, gaz va suyuqliklar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi boʻlimlaridan tashkil topgan. Oʻrganilayotgan jarayonlarga va materiyaning harakat shakllariga qarab, fizika moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, termodinamika va statistik fizika, elektrodinamika, kvant mexanika, maydon kvant nazariyasini oʻz ichiga oladi.


3. O`lchоv birliklari.
Metr - yorug‘likning vakuumda tarqalishining 1/299792458 soniya vaqt oralig‘ida bosib o‘tgan masofa qismiga teng. Kilogram - Kilogramm bu – atom soatidagi seziy-133 atomlari bilan bir xil chastotada ossilyatsiyalanuvchi 1,4755214∙10⁴⁰ dona fotonlarning energiyasiga teng. Soniya - Seziy 133 atomi asosiy holatining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi bir biriga o‘tishiga muofiq keladigan nurlanishning 9192631770 davriga teng. Amper - vakuumda bir biridan 1 metr masofada joylashgan ikkita parallel o‘tkazgichdan o‘tganda, o‘tkazgichning har bir 1 metr uzunligida 2·10-7 Nyuton o‘zaro ta'sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchidir. Kelvin - suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng. Mol - massasi 0.0012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, o‘z tarkibida shuncha struktur element tutgan sistemaning modda miqdoridir.
Molni tadbiq etishda struktur elementlarni o‘ziga xoslashtirish kerak. Bu o‘ziga xoslashtirish atom, molekula, ion, elektron va shunga o‘xshash zarrachalar yoki, zarrachalar guruhi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Kandela - berilgan yo‘nalishda chastotasi 540·1012 gerts bo‘lgan monoxromatik nurlanish taratuvchi manbaning yorug‘lik kuchiga teng, bu nurlanishning energetik yorug‘lik kuchi shu yo‘nalishda 1/683 Vt/sr ni tashkil etadi



Download 39.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling