2. Fizikaning bоshqa fanlar bilan alоqasi
Aylanma harakat dinamikasi
Download 39.2 Kb.
|
Fizika oraliq nazorat savollari shppi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Suyuqlik harakati.1-tartibdagi harakat
- 11. Tebranishlar va to‘lqinlar
9. Aylanma harakat dinamikasi. Aylanama harakat deb shunday harakatga aytiladiki, bunda jism barcha nuqtalarining traektoriyalari, markazi aylanish o`qi deyiluvchi bitta chiziqda bo`lgan konsentrik aylanalardan iborat bo`ladi. Qattiq jismni aylanma harakatga keltirish uchun unga biror kuch ta’sir etishi kerak. Qattiq jismning aylanma harakatini dinamika nuqtai nazardan tekshirilganda kuch tushunchasi bilan bir qatorda kuch momenti tushunchasi, massa tushunchasi bilan bir qatorda inersiya momenti tushunchasi ham kiritiladi Kuch momenti. Aylanish o`qiga ega bo`lgan biror jismga kuch ta’sir etganda uning qanday harakat qilishi faqat bu kuchning son qiymatiga bog`liq bo`lmay, uning yo`nalishi va qo`yilishiga ham bog`liq. Bularning hammasini birgalikda hisobga olish uchun kuch momenti kattaligi qabul qilingan. Inersiya momenti. Biror m massali nuqtaviy jismning aylanish o`qiga nisbatan inersiya momenti deb uning massasini aylanish radiusining kvadratiga ko`paytmasi bilan ifodalanuvchi kattalikka aytiladi. I=mR2 qattiq jismning inersiya momenti uning qismlari inersiya momentlarining yig`indisiga teng.
10. Suyuqlik harakati.1-tartibdagi harakat : Laminar harakat .2-Turbulent harakat. Laminar oqim (lot. lamina — plastinka, qatlam) — suyuqlik yoki gazning tartibli (qatlamli) aralashmasdan oqishi. Laminar oqimda suyuqlik yoki gaz oqimga nisbatan parallel ravishda qatlam-qatlam boʻlib siljiydi. Suyuqlik yoki gazlarning kichik tezlik bilan oqishi, oʻta qovushoq suyuqliklarning oqishi, shuningdek, kichik hajmdagi jismdan suyuqlikning ohista oqib oʻtishi va boshqalar laminar oqimga misol boʻladi. Suyuqliklarning ingichka (kapillar) naydan oqish paytida, podshipnikdagi moy qatlamida, jism sirtidan suyuqlik yoki gaz oqib oʻtayotganda shu sirt yaqinida hosil boʻluvchi chegara qatlamlarda va boshqalarda laminar oqimni kuzatish mumkin. Suyuqlik yoki gazlarning harakat tezligi osha borib, vaqtning maʼlum paytida laminar oqim tartibsiz turbulent oqimga aylanadi. 11. Tebranishlar va to‘lqinlar. Matеmatik va fizik mayatnik. Mayatnik deb, og’irlik markazidan o’tmagan o’qqa nisbatan muvozanat vaziyati atrofida tebranma harakat qila oladigan (qattiq)jismlarga aytiladi. Prujinali mayatnik deb bir uchi mahkamlangan prujina va unga osilgan m massali yukdan iborat sistemaga aytiladi. Prujinali mayatnikning tebranish davri: b) Matematik mayatnik deb, cho’zilmaydigan vaznsiz ipga osilgan massasi m bo’lgan moddiy nuqtadan iborat sistemaga aytiladi. . Download 39.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling