2. Fizikaning bоshqa fanlar bilan alоqasi
Ish va quvvat. Quvvat nima?
Download 39.2 Kb.
|
Fizika oraliq nazorat savollari shppi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Enеrgiya. enеrgiyaning saqlanish qоnuni
7. Ish va quvvat. Quvvat nima?Biz energiya kabi quvvat soʻziga ham tez-tez duch kelamiz. Kundalik hayotda u koʻplab maʼnoga ega. Ammo fizikada u aniq bir maʼnoda qoʻllanadi. Quvvat bu jismlarning ish bajarish tezligi (yoki energiya uzatish tezligi). Quvvatni toʻgʻri oʻlchash oldingi muhandislar uchun sanoat inqilobini sodir qilishda asosiy sabablardan biri boʻlgan. U butun dunyoni boshqarib turadigan energiya resurslaridan toʻgʻri foydalanishda hali ham ahamiyatga ega. Qo‘yilgan kuch ta’sirida jismning ko‘chishi natijasida mexanik ish bajariladi.Turli hollarda kuchning bajargan ishi turlicha bo‘ladi. Tabiiyki, kuch qanchakata bo‘lsa vash u kuch qo‘yilgan nuqta qancha uzoq masofaga ko‘chsa, ish hamshuncha ko‘p bo‘ladi.Bajarilgan ishning miqdori kuchning shu kuch yo‘nalishida bosib o‘tilganyo‘lga ko‘paytmasi bilan o‘lchanadi.Kuchning bosib o‘tilgan yo‘l davomidagi ta’siri mexanik ish deb ataluvchi fizikkattalik bilan harakterlanadi. Mexanik ish bajarilishi uchun birinchidan, jismga ta’sirqilish, ikkinchidan jism siljishi shart 8. Enеrgiya. enеrgiyaning saqlanish qоnuni. Energiya fizik tizimning boshqa fizik tizimlarga nisbatan ish bajara olish qobiliyati miqdoridir. Energiya (yun.— harakat, faoliyat) — har qanday koʻrinishdagi materiya, xususan, jism yoki jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining hamda bu zarralarning oʻzaro va boshqalar zarralar bilan taʼsirlarining miqdoriy oʻlchovi. Xalqaro birliklar tizimida energiya xuddi ish kabi joulda; atom fizikasi, yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasida esa elektronvolt on oʻlchanadi. Energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va mavjud energiya yoʻqolmaydi, faqat u bir turdan ikkinchi turga oʻtadi (qarang Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni). Fizika materiya oʻzaro bogʻlangan modda va maydon shaklida oʻrganiladi. Materiyaning harakatlariga mos holda energiya shartli ravishda mexanik, ichki, elektromagnit, kimyoviy va boshqalar turlarga ajratib tekshiriladi. Masalan, kimyoviy energiya elektronlarning kinetik energiyasi hamda elektronlarning bir-biri va atom yadrolari bilan oʻzaro taʼsirlari natijasida vujudga kelgan energiyalar yigʻindisiga teng. Muayyan tizimning holatini ifodalovchi parametrlarga bogʻliq boʻlib, tizimning har bir holatiga aniq bir energiya qiymati toʻgʻri keladi. Download 39.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling