2. Fizikaning bоshqa fanlar bilan alоqasi


Elеktrоstatika, zaryadlanish, musbat va manfiy zaryad, Kulоn qоnuni


Download 39.2 Kb.
bet8/12
Sana13.04.2023
Hajmi39.2 Kb.
#1350950
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fizika oraliq nazorat savollari shppi

20. Elеktrоstatika, zaryadlanish, musbat va manfiy zaryad, Kulоn qоnuni.
fizikaning harakatsiz elektr zaryadlar maydoni va ularning oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. Harakatsiz elektr zaryadlar hosil qilgan elektr maydon elektrostatik maydon deyiladi.
E.ning asosiy tenglamalari Maksvell tenglamalarining xususiy holidir. Elektr zaryadlar harakatsiz boʻlsa, yaʼni elektr toki boʻlmasa, magnit maydon boʻlmaydi, elektr maydon esa oʻzgarmasdan saqlanadi. Tashqi elektrostatik maydon taʼsirida elektrlanmagan jismlarning sirtida elektr zaryadlar paydo boʻlish hodisasi elektr induksiya yoki elektrostatik induksiyadeyiladi.Kulonqonuni fizikaning eksperimental qonuni[1] boʻlib, u ikki harakatsiz, elektr zaryadlangan zarrachalar orasidagi kuch miqdorini aniqlaydi. Tinch holatda zaryadlangan jismlar orasidagi elektr taʼsir kuchi shartli ravishda elektrostatik kuch yoki Kulon kuchi deb ataladi[2]. Qonun ilgari maʼlum boʻlsa-da, u birinchi marta 1785-yilda fransuz fizigi Sharl-Augustin de Kulon tomonidan nashr etilgan. Kulon qonuni elektromagnitizm nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega edi, ehtimol uning boshlangʻich nuqtasi[3] deyish ham mukin, chunki u elektr zaryadining miqdorini mazmunli muhokama qilish imkonini berdi.Qonunga koʻra, ikkita nuqtaviy zaryad oʻrtasidagi tortishish yoki itarilish kuchining kattaligi zaryadlar miqdorining koʻpaytmasiga toʻgʻri proporsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir


21. Elеktr maydоn va uning kuchlanganligi, kuchlanganlik chiziqlari.
Elektr maydon — elektr zaryadlar yoki oʻzgaruvchan magnit maydon hosil qilgan fizik maydon. Vaqt boʻyicha oʻzgarmaydigan Elektr maydon elektrostatik maydon ). Elektr maydon tushunchasini birinchi boʻlib M. Faradey 19-asr 30-yillarida kiritgan. Elektr maydon materiyaning maydon koʻrinishidir. Materiyaning har qanday oʻzgarishlari, ularning oʻzaro taʼsirlari vaqt oraligʻida va fazoda roʻy beradi, har qanday fizik taʼsir faqat chekli tezlik bilan tarqaladi. Elektrlangan jismlarning bir-biriga taʼsiri, ularning harakati Elektr maydonlari tufaylidir. Elektr zaryadlar bir-biriga bevosita emas, balki bilvosita taʼsir etadi. Har bir zaryad d oʻz atrofidagi fazoda Elektr maydon harakat qiladi va shu maydon orqali boshqa maydonga taʼsir etadi. Demak, Elektr maydonning asosiy xususiyatlaridan biri mavjud boʻlgan Elektr maydonga zaryad kiritilganda unga Gʻ kuch taʼsir etishidir. Elektr maydon elektr maydon kuchlanganligi Yo va maydon potensiali f bilan tavsiflanadi. Elektr maydon kuchlanganligi maydonning kuch xarakteristikasi boʻlib, u miqdor jihatdan maydonning muayyan nuqtasidagi birlik musbat zaryadga maydon tomonidan taʼsir etadigan elektr kuchlanishi bilan oʻlchanadi. 



Download 39.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling