22. Elеktrоstatik maydоn kuchlarining ishi. Pоtеntsial. Elеktr sig`imi. Kondensator.
Elektrostatik potensial - maydonning berilgan nuqtasida joylashtirilgan birlik zaryadining maydon elektr potensial energiyasini harakterlaydi. Kondensator (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik almashinish apparatining bir turi. K.ning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i K.da suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt K.da suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday K.lar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida (qarang Kondensatsion elektr stansiya, Kondensatsion turbina), bugʻlatish qurilmalari (distillyat olish, bugʻ aralashmalarini ajratish uchun) va boshqalarda ishlatiladi. 2) Elektr K. — elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat.
23. Elеktr tоki, Оm qоnuni, E.Yu.K, kuchlanish.
Elektr toki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun:
moddada erkin elektr zaryadlari;ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon;zanjir berk boʻlishi kerak.
Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat Ohm qonuni — oʻtkazgichda oʻtayotgan oʻzgarmas tok kuchi bilan uning uchlaridagi potensiallar farqi {\displaystyle U} ning oʻzaro bogʻliqligini ifodalovchi qonun. {\displaystyle U=IR}Ohm qonunining tarmoqlangan elektr zanjiri uchun umumlashgan koʻrinishi Kirchhoff qoidalari bilan tushuntiriladi. Ohm qonuni 1826-yilda olmon fizigi va matematigi Georg Om tomonidan o'rnatilgan bo'lib, 1827-yili nashr etilgan va uning nomiga atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |