2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja
Download 354.51 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu gigiena 4ks
Tuproq gigiyenasi. Yer yuzasidagi ekologiya tizimlaridan amaliy ahamiyatga ega
bo`lganlaridan biri tuproq hisoblanadi. Yorug`lik, suv, harorat, o`rab turgan muhit qatorida odam hayot faoliyati muhiti hisoblanadi. Tuproq-tabiiy hosila hisoblanib, еr qatlarni ning ustki qobig`idan tirik jonzotlar, suv, havo ta'sirida hosil bo`lgan. Tuproq biosferaning bir qismi hisoblanib, kimyoviy moddalarni aylanishini ta'minlaydi. O`rab turgan muhit odam ishtirokida davomiyli boshqariladi. Tuproqning yuza qavati murakkab majmua hisoblanib, uni 90-99% mineral birikmalardan va 1-10% organik moddalardan tarkib topadi. Tuproqning mineral qismi- bu asosan qum, loy, ohaktosh har xil tuzlarni yig`indisidan iborat metallar bo`lib (alyuminiy, kaltsiy, magniy) organik modda hosilalari yoki gumus organik moddalarning chirishidan hosil bo`lgan qoldiq hisoblanadi. Tuproqni bu qavati nihoyatda ko`p miqdorda mikroorganizmlar tutadi. Geologiya tarkibiga asosan qum tuproq (80% va undan ortiq) nim qumtuproq, loytuproq (60% ortiq loy) nimloy tuproq, xloridlarga boy tuproq, qars tuproq (20% va undan ortiq chirindi), torfli tuproq va hokazo. Tuproqni sifati va tarkibini gigiyena ahamiyati. Tuproq qattiq zarrachalardan, ular orasidagi havo va suv bilan to`lgan qismdan iborat. Uni qattiq qismiga diametri 3 mm dan ortiq zarrachalar kirib ularga qattiq qum, diametri 1 mm dan kam mayda qum, loy, zang va cho`kmalar kiradi. Tuproqni mexanik tarkibi, zarrachalarni o`lchamlari ularni tabiati havolanishi, suv tutishi, namligi, issiqlik hajmi issiqlik tartibi degan gigiyena xususiyatlarni aniqlab beradi. Tuproq katta (tosh, mayda tosh juda mayda tosh) va kichik zarralar (kichik, loysimon qumlardan iborat). Yirik zarrachali tuproq (qum, qora tuproq) yaxshi havo, suv o`tkazish xususiyatiga ega, mayda zarrachali tuproq (loy, torf) nisbatan suv o`tkazish, yuqori darajadagi groskopik va kapilyarlikka ega bo`ladi. Tuproq zarrachalarining kattaligi eng muhim xususiyati havolanuvchanligini ko`rsatadi. Tuproqni havolanuvchanligi deganda tuproqni o`tkazish xususiyati tushuniladi. Keyingi kerakli xususiyatlaridan biri namlanishidir. Namlanishi deganda tuproqni ma'lum bir hajmini namlikni va suvni yutishi, kapilyar kuchi bilan ko`tarib turishi inobatga olinadi. Masalan torfli tuproq o`zini hajmiga nisbatan uch-besh barobar suvni tutishi, qum tuproq esa-20% ga qadar, loy tuproq-70% suv tutishi mumkin. Download 354.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling