2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja


Download 354.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana20.11.2023
Hajmi354.51 Kb.
#1789794
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-mavzu gigiena 4ks

Tuproq gigiyenasining asosi: 
Tuproq odam hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, odam hayot faoliyatida tuproq 
bilan uzviy bog’langandir. Tuproqning yuqori qatlamlarida 90-99% mineral birikmalar 
bo’lib 1-10% organik moddalardan iboratdir. 
Tuproqning fizik xossalari - gigroskopikligi, havo o’tkazishi, suv o’tkazishi, suvni 
o’zida saqlab turishi, suvni yuqoriga ko’tarib berishi, temperaturasi, quyosh bilan 
isitilishi kiradi. 
Tuproq har vaqt har xil mikroorganizmlar bilan ifloslanib turadi va vaqtning 
o’tishi, kimyoviy. jarayonlar natijasida o’z-o’zidan tozalanish jarayoni ham davom 
etadi. Bu jarayonlar ikki xil usulda aerob va anaerob usulda ketadi. Tuproq har xil 
organik moddalar bilan ifloslanganligi uchun mikroblarning taraqqiyoti, gijja tuxumlari 
taraqqiyoti hamda hashorotlar lichinkasini taraqqiy etishi uchun yaxshi muhit 
hisoblanadi. 
Mikroblar soni 1-2 sm chuqurlikkacha juda ko’p bo’lib, 4-6 metrgacha ularning 
soni kamayib boradi, va 6 metrdan keyin esa mikroblar bo’lmaydi. Tuproqda har xil 
mikroblarning tarqalishi juda ko’p faktorlarga bog’liq. Ular ayrim vaqtlarda tuproqdan 
suvga o’tib, so’ngra odamga o’tishi mumkin. Tuproq orqali stolbnyak, gangrena, 
yomon shish kasalini chaqiradigan mikroblar bo’lib, ular bilan bevosita odam 
zararlanadi, chunki bu mikroblar faqat tuproqda bo’lib, anaerob sporalilarga kiradi. 
Ozgina teri shilinsa, qirilsa, qon chiqsa sportchilar bilishi kerakki stolbnyakka qarshi 
ukol qildirilishi lozim. Tuproqda ba’zi-bir gijjalarning tuxumlari axlat bilan chiqib, 
askarida, ankilostoma tuproqda taraqqiy etadi va odamni zararlaydi. Bakteriyalar bilan 
tuproqda ifloslanishi katta amaliy ahamiyatga ega bo’lib, ochiq sport inshootlari 
quriladigan boisa, ayrim vaqtlarda ustki qavatdagi tuproq almashtiriladi. 
Qishloq joylarda esa mollar boqilgan joyga sport inshootlari qurilmaydi. Yuqumli 
kasalliklarni oldini olishda axlatlarni vaqti-vaqti bilan shahar chekkasiga chiqarib 
zararsizlantiriladi va suyuq, chiqindi markazlashtirilgan kanalizatsiya qilish katta 
amaliy ahamiyatga ega. Bu suvlar tozalanadi, zararsizlantiriladi va suvlarga qo’shib 
yuboriladi. Qattiq ko’rinishdagi axlat moddalari yoqib yuborish usuli bilan 
zararsizlantiriladi. Tuproqni hosildorligini sog’aytirish maqsadida har xil kimyoviy 
moddalarning ishlatilishi natijasida tuproq har xil zaharli kimyoviy moddalar bilan 
boyib boradi. 
Bundan tashqari, har xil begona o’tlarni o’ldirish maqsadida ham zaharli moddalar 
ishlatiladi. Bu zararli moddalarni suvda erishi natijasida suvga o’tadi, suvdan esa odam 
va hayvonlarga o’tishi mumkin. Natijada o’tkir va surunkali zaharlanish holatlarini 
paydo qiladi. Radioaktiv moddalar tuproqda tushadigan boisa, tuproq orqali 
o’simliklarga ular orqali odam va hayvonlarga o’tib ularni zaharlaydi. 
Tuproqni landshafti - tuproq tarkibi, relefi, o’rab turgan tabiat ko’rish 
analizatorlari orqali odam organizmiga ta’sir etib odamni salbiy yoki ijobiy 
emotsiyasiga sabab bo’ladi. Shuning uchun mashq o’quv-mashg’ulot yig’ini bo’ladigan 
joylarni qurayotgan vaqtda ushbu faktorlarni albatta inobatga olish lozim. Dam olish 
lagerlari qurilishida ham inobatga olish kerak. Kundalik va sport shikastlanishlarida 
gazli gangrena, ko’kshol kasalliklari chaqiruvchilari odam tanasiga tushishi mumkin. 
Mavzu bo`yicha savollar: 
1. Suvning odam organizmiga ahamiyati nimadan iborat? 


2. Suvning odam organizmida taqsimlanishi. 
3. Yashash joyiga qarab sarflanadigan kunlik o`rtacha suv miqdori. 
4. Suvning sifati haqida tushuncha bering. 
5. Suvning fizikaviy xususiyatlari nimadan iborat? 
6. Suvning kimoviy tarkibi to`g`risida tushuncha.
7. Suvning tarkibidagi mineral moddalar haqida aytib bering. 
8. Suvning mikroflorasi haqida nimalar bilasiz? 
9. Suvning zararsizlantirish usullari. 
 

Download 354.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling