Suvni tozalash va zararsizlantirish.
Suvni tinitish – suvni tozalashning birinchi bosqichi hisoblanadi. Buning uchun
vodoprovod suvi maxsus tinitish havzasida tinitiladi.
Suvdagi loyqalatuvchi moddalarni cho`ktirish uchun koagulyant sifatida suvga
alyumin sulfati (glinozem) qo`shiladi. Bu suvdagi kalsiy, magniy tuzlari bilan
reaksiyaga kirib ularni va ular bilan birga boshqa moddalar, hamda bakteriyalarni
cho`ktiradi.
Suvni filtrlash. Tinitilgan suv filtrlanadi. Buning uchun suv maxsus rezervlarga
solingan 0,6-1 metr qalinlikdagi qumdan o`tkaziladi. Filtratsiya natijasida suv gijja
tuxumlari, bakteriyalardan va boshqa yot moddalardan tozalanadi. Suv tiniq, rangsiz,
hidsiz, yoqumli ta`mli sifatlarga ega bo`ladi.
Suvni zararsizlantirish (dezinfeksiya qilish).
Suvni xlorlash. Suvdagi mikroblarni yo`qotish maqsadida qo`llaniladi. Buning
uchun havzadagi suv maxsus po`lat balonlarda saqlanadigan gazsimon xlor bilan
xlorator asbobi yordamida xlorlanadi.
Normada xlorlangan suvning 1 litrida 0,3-0,4 mg xlor bo`lishi kerak. Agar 1 litr
suvda xlor miqdori 0,5 mg dan ko`p bo`lsa suvda xlorning yoqimsiz hidi bo`ladi.
Suvni zararsizlantirishda xlorlashdan boshqa usullar ham qo`llaniladi. Masalan,
suvni ozonlash, ultrabinafsha nurlari ta`sir qildirish kabilar.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida tuproq gigiyenasining ahamiyati.
Tuproq havo va suv kabi muhit hisoblanadi. U bilan odam bevosita butun hayoti
davomida birga bо‘ladi. Yer yuzida yashaydi, tuproqdan suvni kavlab oladi. Har turli
qazish ishlari va qishloq xо‘jalik ishlarini bajarib, odam doimo ba’zi bir tuproq
faktorlari ta’sirida bо‘ladi. Ular sharoitga qarab inson sog’lig’iga har-xil ta’sir
kо‘rsatadi.
Tuproqning ustki qavati murakkab mineral birikmalar kompleksidan (90-99%) va
organik moddalardan (1-10%) iborat. Mineral qismi asosan qum, tuproq, ohak, loy va
ular tarkibiga kiruvchi kremniy, alyuminiy, kalsiy, magniy tuzlari va boshqalardan,
organik qismi о‘simliklar qoldig’i va hayvonlar organizmi mahsulotlari chirishi
natijasida hosil bо‘ladigan chirindidan (gumus) iborat.
Tuproqning bu qavati juda kо‘p miqdorda mikroblar saqlaydi. Tpurpoqning
geologik tuzilishiga qarab quyidagicha tafovut qilinadi; qum tuproq (80% dan ortiqrog’i
qum), qumloq tuproq (60% dan kо‘prog’i tuproq), sog’ tuproq, shо‘rhok (xloridlarga
boy), qora tuproq (20% kо‘prog’i chirindi), tо‘rfli tuproq va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |