2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja


Tuproqni tozalash va zararsizlantirish usullari


Download 354.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana20.11.2023
Hajmi354.51 Kb.
#1789794
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-mavzu gigiena 4ks

Tuproqni tozalash va zararsizlantirish usullari. 
Tuproq doimo har-xil chiqindilar bilan ifloslanadi vaagar ular tozalanish 
qobiliyatiga ega bо‘lmaganida edi unda еrda hayot bо‘lmas edi. Tuproq organik 
moddalarni epidemiologik jihatdan juda havfli noorganik moddalar – mineral tuzlar va 
gazlarga aylantirish mumkin. Bu juda ham murakkab protsess, bu о‘z-о‘zidan 
tozalanish deb aytiladi. U shunday yuz beradi: tuproqqa tushgan organik moddlar 
о‘zidagi kasal tug’diradigan mikroblar va gijja tuxumlari bilan birga qisman filtlanib, 
ushlanib qoladi va yutilib ketadi. Bioximiyaviy va mikrobiologik va protsesslar ta’sirida 
axlatlar tuproqdan о‘tib yoqimsiz hidini, zaharliligini va boshqa xususiyatlarini 
yо‘qotadi, ximiyaviy tarkibi radikal о‘zgarishiga uchraydi. Chiqindilarning uglevod 
qismi tuproqda karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi; yog’lar glitserin va 
kislotalarga parchalanadi, shundan keyin karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi; 
oqsillar aminokislotalarga parchalanadi va undan azot ammiak formasida ajralib 
chiqadi, keyin oksidlanib nitrat va nitrit kislotalarga parchalanadi. 
Tuproqni o`z-o`zini tozalashi. Tuproqni o`z-o`zini tozalashi deb epidemiologiya 
tomonidan yuqumli kasalliklarni chaqiruvchilarni – organik moddalarni noorganik 
moddalarga- mineral tuzlarga va gazlarga aylantirib yuborish xususiyatiga aytiladi. 
Tuproqni o`z-o`zini tozalash tuproqqa tushgan organik moddalar, kasallik chaqiruvchi 
mikroblar, gijja tuxumlarini sekin-asta filtirlanib o`tishdan, unga singib ketishidan 
iborat bo`ladi. Biokimyoviy, biologik, geokimyoviy jarayonlar natijasida tuproqdan 
o`tish bilan rangsizlanadi, qo`lansa hidlar yo`qoladi, zaharli xususiyati, kasal chaqirish 
xususiyati va boshqa salbiy xususiyatlari yo`qoladi. 
Tuproqni epidemiologik ahamiyati. Bakteriyalar, aktinomitsetlar, mikoplazm, 
zamburug`lar, parazit zamburug`lar, suvo`tlari, lishayniklar, sodda hayvonlar uchun 


tuproq nihoyatda yaxshi muhit hisoblanadi. Bir gramm tuproqda 500 dan 500000 
tagacha sodda mikroorganizmlar bo`lishi mumkin. Tuproq orqali ko`pchilik yuqumli 
kasalliklar yuqishi mumkin, shuning uchun epidemiologik ahamiyatga ega. Kasal 
chaqiruvchi mikroorganizmlar odamlarni chiqindi mahsulotlari bilan (hayvon va 
odamni) tuproq ifloslanadi. Tuproqda kasal chaqiruvchi anaeroblar bo`lishi bilan 
yanada xavfli hisoblanadi. Qoqshol, gazli gangrena, botulizm kasalliklarini 
chaqiruvchilari odamni hamda issiq qonli hayvonlarni chiqindi mahsulotlari bilan 
tuproqqa tushadi unda spora hosil etadi va yillab hayot faoliyatini saqlab turadi. Agarda 
tuproqdagi spora odam yiqilganda, qoqilganda terisini butunligi buzilib ezilsa, shilinsa 
unga tuproq tegsa odamga yuqadi. Odamda botulizm kasalligi ozuqa moddalariga 
konservalarga tuproq tushsa, botulizm kasalligi sporalari odamga yuqadi. 
Sibir yarasini chaqiruvchilari uchun tuproq juda yaxshi muhit hisoblanadi. 
Tuproqda sibir yarasini chaqiruvchi mikrob nafaqat o`lmay qoladi, hattoki tuproqda 
ko`payadi ham. Organik moddalar bilan ifloslangan tuproq mikroblarni yashashi va 
rivojlanishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi, gijja tuxumlari hasharotlarning 
lichinkalari uchun ham yaxshi muhit hisoblanadi. 

Download 354.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling