2 I. Bob Dramatizm va badiiy yechim


Download 340 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi340 Kb.
#1625582
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdulla Qikasi”

2.1 Fojiya holatlar tasviri.
Hayot va о‘lim jahon adabiyotining doimiy mavzularidan. Muhabbat haqida asar yozib, talantli har bir shoir yoki yozuvchi о‘z sо‘zini ayta bilganidek hayot va о‘lim haqida ham har bir san’atkor о‘z sо‘zini aytib kelgan va kelajakda ham ayta beradi. Abdulla Qahhor ham bu temaga murojat qilib bu murakkab va mangu masalaga о‘z yо‘li, о‘z uslubi bilan yondashadi va о‘zicha hal qiladi.
Shu mavzu nuqtai nazaridan jahon adabiyotiga bir nazar tashlasak, hayot va о‘lim muhabbatning doimiy yо‘ldoshi ekanini anglab olamiz. Aksariyat asarlarda san’atkorlar muhabbatni tasvirlash orqali hayotni ulug‘laydi. Tо‘g‘ri, muhabbat mavzuidagi asarlarning kо‘pi fojia bilan tugaydi. Qora kuchlar inson muhabbatiga g‘ov bо‘lib, sevishganlarni fojiaga mahkum etadi. Biroq bu fojiada doim katta hayotbaxsh ma’no mavjud bо‘ladi. Muhabbat egalarining fojiasi о‘limga otilgan nafrat о‘qi. Bunday asarlarda insoning lirik kayfiyatlari о‘limga sababchi. Abdulla Qahhor hikoyalarida bunday lirik kayfiyatlar tasvirini kо‘rmaymiz. U kо‘proq hayotning biroq ijtimoiy muhim tomonini va shu asosda inson kayfiyatini tasvirlaydi-da uning insoning о‘limiga munosabatini bu qora kuch ustidan g‘alabasini bevosita kо‘rsatadi. Ba’zan asarlarda ikkita bir-biriga zid kuch — muhabbat va о‘lim ayovsiz olishadilar. Bu kurashda aksariyat paytlarda yuqorida ta’kidlaganimizdek, muhabbat ruhiy g‘alaba qozonsa ham jismonan о‘limga mahkum qilinadi. Abdulla Qahhor asarlarida inson irodasi о‘lim bilan olishadi. Bu kurashda inson irodasi ham jismonan, ham ruhan о‘limdan ustun keladi.
“Asror bobo”da masala shu tarzda qо‘yildi va shu ravishda hal bо‘ldi. “Ming bir jon”da ham masala shu xilda qо‘yildi va yechildi. Abdulla Qahhor ijodidagi bu yо‘nalishning eng gо‘zal namunalaridan biri uning “Mahalla” nomli hikoyasidir.
О‘lim Hikmat buvaning yarim asrlik hayot yoldoshi Rohat buvini olib ketdi. Uning ustiga bu ish kutilmagan bir holatda rо‘y berdi. Rohat buvi atigi ikki-uch kun betob bо‘lib yotdida, hayotdan kо‘z yumdi. Shu bilan yarim asr davomida birga qurilgan imoratning yarmi quladi. Hikmat buva uchun bu og‘ir musibat edi.
“Ellik uch yil. Ellik uch yildan beri bir dasturxondan tuz tatigan, bir kо‘rpani bosgan, birga kulgan, birga yig‘lagan, ellik uch yildai beri mushukchaday bir-biriga suykalib, bir-birini yalab, og‘ritmay tishlab, yiqilib, yiqitib siypalashib о‘ynagan, ellik uch yildai beri mehr atalmish ulkan tuyg‘u rishtasini pilla qurtiday bir maromda asta-sekin quvib, bir-birinipg qalbini о‘rab-chulg‘ab kelgan...”
“Asror bobo”da Asrorqulning, “Ming bir jon”da Masturaning ruhiy holatlari bir maromda kо‘rsatilgan edi. Asar boshlaridanoq bu ikki qahramonniig ruhan tetik, yengilmas bir iroda kuchiga ega ekani haqida ishonch hosil qildik. Ulariiig ruhiy holati asarniig oxirigacha shu maromda – ruhan tetikligi va kuchliligi maromida davom qilishini va shu alfozda yechimga borishini kо‘rgandik. “Ming bir jon”da asar qahramonlik kayfiyati ruhi bilan hatto, romantik kо‘tarinkiliklarda yakunlanadi. “Mahhalla”da maromning bir xilligi saqlanmaydi. Hikmat buva ruhiy tushkunlikka duchor bо‘ladi.
Uning nazarida yarim asr birlikda quvilgan rishta uzildi, hayot ikki ustunda turgan bо‘lsa, shundan biri quladi. U о‘zini bir chekkada “qо‘nishib о‘tirgan kasal musichaday” his qiladigan bо‘ldi. “...Olamda hech kim, hech narsa qolmagandek” edi. Ruhiy tushkunlik uning jismoniy qiofasini ham keskin о‘zgartib yubordi.
“...Hikmat buva hafta о‘tar-о‘tmas bir hovuch suyak bо‘lib qoldi. Chol chо‘zilib yotganda uning о‘lik-tirikmi ekanini bilish qiyin” edi. Uyqu qochib tonglarni bedor о‘tkazadigan bо‘ldi. “Uyqudagi hamma narsa uiga kampi-ripi, yolg‘iz qolganini eslatar, har bir tovush о‘lim bо‘­lib uning miya qopqog‘ini chertar edi”.
Bu ham yetmagandek Hikmat buva kampirining qabrini ziyorat qilgali borib, g‘ayrishuuriy bir holatda kam­piri yonidan о‘ziga gо‘r qazitdi.
Hikmat buvaning bu xilda ruhiy tushkunlikka uchrashi shu darajada tabiiyki, hikoyani о‘qiyotib biz voqeaning shy xilda sodir bо‘lipshga biron marta shubha qilmaymiz. Hatto xalq orasida og‘izdan-og‘izga kо‘chib yuradigai “falon jopivorniig jufti о‘lgan ekan, kо‘p о‘tmasdan narigisi ham о‘libdi”, “falon kampir о‘libdi, chol bechora adoyi tamom bо‘libdi, undoq bо‘libdi, bundog‘ bо‘libdi” degan gaplarni eslab ketamiz.
Hikmat buvanipg bu holati kо‘p davom qilmaydi. Ammo A. Qahhor hikoyasida cholning eshigini qoqib kelib turgan о‘lim chekinadi, sо‘nib borayotgan sham chiroq yangisiga ulangandek hayot asta-sekin kо‘tarila boshlaydi.
“Miig bir jon”dagi Masturaning hayot chirog‘i qayta yondi, Buning sababi ayon. U, hayot uchun bor iroda kuchipi safarbar qildi. О‘zini ulug‘ ishlarga bag‘ishlab kelajakka katta umid va orzular bilan qarardi. Um id va orzu iroda unga madad berdi. Asror bobo xarakteri bir oz boshqacharoq edi. U yoshligidan tortib irodasi mustahkam odam edi, Iroda tufayli boshiga musibat tushgan kunidan boshlab о‘zini odamlar orasiga oldi. Odamlar uning irodasini borgan sari mustahkamlardi. Shu sababdan Musibatni kampiri uchun ham о‘zi gardaniga olib, azobini о‘zi tortishga tayyor turadi.
Hikmat buvaning hayotga qaytishining sababn nimada? Hikmat buvaning hayot chirog‘iga kuch bergan narsalar, ham Asror bobonikiga, Masturanikiga bir oz о‘xshab ketadi. By yerda ham asosiy rolni odamlar va muhit uynaydi.
Hikmat buvadagi hayot tomon qaytishning bir oz о‘ziga xosligi ham bor. Gap shundaki, Hikmat buva Asror boboga о‘xshagan yoshligidan о‘t kechib–suv hatlab о‘z irodasini mustahkamlab olgan odamlardan emas. Masturaga uchrab о‘zini-о‘zi kelajakka shaylab, romantik orzu-istaklar bilan yashamaydi, aksincha birdaniga tushkunlikka tushib ketadi. Umuman, yozuvchi Hikmat buvaning о‘tmishi, uning kо‘rgan-kechirganlari, kelajakka munosabati haqi-da biron narsa demaydi. Bu haqda biron narsa deyish yozuvchi madsadiga kirmaydi ham. Unda hayotga qaytish shunday qaraganda rzimagan bir narsadan boshlanadi.
Qabr qazdirib, charchab kelayotganda muyulishdagi chо‘tkachi Hikmat buvani chaqirib, qо‘liga bir piyola choy uzatadi va unga dalda bergan bо‘ladi.
“Xafa bо‘lmay yuribsizmi, otaxon... Kampir onam alomat ayol edilar... Siz о‘sha kuni о‘zingiz bilan о‘zingiz ovora bо‘lib, ta’ziyaga kelgan odamlarni payqamadingiz.Ana odamu... Mahallaga sig‘may ketdi. Mahallamizning kо‘chasi bir metr chо‘kdi... Kampir onam dunyoga kelib odam ekkan ekanlar. Dunyoga kelgan odam avval odam ekishi kerak ekan. Men ibrat oldim”.
CHо‘tkachining gaplari cholga qandaydir mador keltirdi. “Kampir odam ekkan, odam ekish kerak ekan”, oddiy bir chо‘tkachidan chiqqan bu gaplar kim bilsin, cholning ongida qanday fikrlar, qanday о‘y va xayollar uyg‘otdi. Yozuvchi bu о‘y - xayollar xususida ham biron narsa demaydi. Anglaymizki, bu gaplar cholga ta’sir о‘tkazishi turgan gap.
Uning ustiga qо‘ni-qо‘shni, kelin va bolalari cholni uyiga boshlab borayotganlarida mahallalik vrach voveani eshitib, cholga kо‘ngil berish uchun gapiradi: “Onaxonimiz ta’rifga sig‘maydigan ayol edilar, shuncha odam bekorga kelgani yо‘q.”
Vrachning bu gapi cholga ta’sir qildi, yozuvchi bu ta’­sir haqda ham biron narsa demaydi. Lekin faraz qilamizki, bu gap ham chо‘tkachining gaplariga о‘xshagan cholda qandaydir fikr va о‘ylarni vujudga keltiradi. Bu gaplardan cholning birinchi hayoliga kelgan narsa odamning qadr va qimmati bо‘lsa kerak. Kampir odamlar uchun qadrli va e’tiborli bir kishi bо‘lgan, shu tufayli unipg о‘limini ham qadrlaganlar. Qadrli odam bо‘lish uchun esa odamlarga xizmat qilish kerak, qadr va qimmatga erishish kerak. Tabiiyki, shu onda chol о‘z qadr-qimmatini taroziga solib kо‘rgan bо‘lsa kerak.
Hikmat buva balki kampiriga о‘xshagan qadr-qimmatli kishidir. hayotda unipg о‘rni ehtimol kampirinikidan ham ziyodadir. Bu haqda ham yozuvchi biron narsa demaydi. Deyishining ham hojati yо‘q. Biroq, bundoq, qaraganda odamning qadr-qimmati о‘z kо‘ziga ham kо‘rinishi turgan gap. Shuning uchun chо‘tkachi va vrachning gapidan kelib chiqadigan va о‘z qadr-qimmatini о‘ylaganda paydo bо‘ladigan xulosalardan biri shu bо‘lishi kerak: odam о‘la-о‘lguncha qadr-qimmat oshirishi kerak, chо‘tkachi sо‘zlari bilan aytganda “odam ekishi” kerak. “Ekilgan odam” qancha kо‘p bо‘lmasin odam uchun bari bir oz. “Odam ekish” uchun odamlarga xizmat qilish kerak.
Biron didi pastroq, tajribasi kamroq yozuvchi bunday paytlarda cholga jomakorni kiygizib, biron zavodga, yo biron muhim kurilishga yoki yangi yer ochish uchun chо‘lga jо‘natgan bо‘lardi. Shunday qilinganda bu siyqa gaplardan bо‘lib, о‘ziniig ishontirish kuchini, shy bilan badiiy quvvatini ham yо‘qotgap bо‘lar edi. Cholning odamlarga xizmat qilish niyati arzimagan va kutilmagan bir gapdan boshlanadi. Bu Hikmat buvaiing ongida bо‘ladigan о‘zgarishga tabiiylik bag‘ishlaydi.
Mahallalik vrach gap orasida “...Otaxop, mahallamizga biron sakkiz chelaklik bitta samovar kerak ekan, о‘sha kuni juda-juda bilindi. Mahalladan pul yig‘sak xonadonga necha puldan tushadi?” deydi.
CHо‘tkachining gaplaridan u dunyo tashvishlaridai bu dunyo tangvishlariga qayta boshlagan chol, vrachning samo­var haqidagi gapidan keyin butunlay “bu dunyo” tashvishlarita о‘tdi. Pul yig‘ish masalasiga о‘z muposabatini bildirmoqchi bо‘lib: “О‘g‘lim bilan kelinimning bitta samovarga puli yetib qolar”, dedi. Bu gapni aytishga aytdn-yu, о‘g‘li bilan kelini nomidan mahhallaga kattalik qilib qо‘yganini sezdi va bu haqda о‘ylashga majbur bо‘ldi. Bundan keyin chol amaliy ishga о‘tdi. О‘g‘lidan pul oldi. Samovarni ham о‘zi olsa yaxshi, boshqa birov yomonidan yoki kichikrog‘idan olib qо‘yishi mumkin. Chol samovar qidirishta tushdi. Nihoyat samovar topildi.
Samovardan boshlapgap bu ish katta jamoat ishiga aylanib ketdi. Mahalla yangi bо‘lganidan unga faqat samo­var emas, tо‘y-ma’rakalarga zarur bо‘ladigan butun bir rо‘zg‘or kerak ekani ma’lum bо‘lib qoldi. Endigi ish о‘sha mahalla rо‘zg‘orini qurishdan iborat bо‘ldi. Bu ish ham Mahalla majlisi tomonidan Hikmat buvaga topshirildi. Bu о‘g‘lidan pul olib samovar olib kelishdai kо‘ra og‘irroq edi. Shu sababdan chol anchagina yelib-yugurdi. Ularni tug‘rilab olgandan keyin saqlash ham kerak –bu tashvish ham Hikmat buvaning bо‘yniga tushdi. Buning ketidan mahallani kо‘kalamzorga aylantirish, kо‘chat ekish ishlari chiqdi... Shunday qilib, о‘zini qulayotgan hisoblab, gо‘rini qazdirib qо‘ygan chol odamlarga xizmat qilish yо‘lini– “odam ekish” yо‘lini topib oldi va kechayu kunduz shu ish bilan band bо‘ladigan bо‘ldi. Oqibati shu bо‘ldiki, qabriston mudiriga shu tarzda xat yozdi:
“Qabristop mudiri va gо‘rkovlarga yozib ma’lum qilamanki, qari baqaterak ostidagi mening nomimga qazilgan gо‘rni qabriston idorasiga topshiraman, azbaroyi foydalanish uchup”.
Abdulla Qahhor bu uch hikoyasida ham “Asror bobo”-da, “Mipg bir jon”da, “Mahalla”da hayotmi –о‘lim degan masalani о‘rtaga tashlab, hayot deb javob beradi.
Abdulla Qahhorning dramatizm va badiiy yechim borasidagi poetikasini quyidagicha xulosalash mumkin.

  1. Yozuvchi hikoyalaridagi qahramon fojey holatlari muhit fonida berilgan

  2. Abdulla Qahhor bu mavzudagi ba’zi hikoyalarini yaratishda Gogol va Chexov motivlaridan foydalanadi

  3. Abdulla Qahhor mahorati zamonaviy hikoyalarida aniq mavzu va xarakter tanlashda yaqqol kо‘zga tashlanadi.

  4. Bu hikoyalardagi xarakter xislatlari psixologik talqinda va obrazlar munosabatida kо‘rsatib beriladi.

  5. Jahon adabiyotining doimiy mavzularidan hisoblangan hayot va о‘lim masalasi adib hikoyalarida о‘zining mantiqiy badiiy yechimiga ega.




Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling