2 I bob. Iqtisodiyot bu muayyan tarmoqlarning rivojlanish asoslari


MOD xalq xo’jaligining yetakchi majmualari


Download 134.99 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi134.99 Kb.
#1615686
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
siroj kurs ishi

2.2. MOD xalq xo’jaligining yetakchi majmualari
YoqilІi-energetika kompleksi. Kompleksning rivojlanishi MODning ko’pgina davlatlarida butunlay mahalliy xom ashyo - tabiiy resurs omiliga tayanadi. Uning asosini neft, ko’mir, gaz sanoati tashkil qiladi. Neft va gaz sanoati region sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biridir. Sanoatning mazkur tarmoqlari ayniqsa O’zbekistonda tez o’sib bormoqda. Umuman Turkmaniston, Qozog`izston va O’zbekistonda yoqilІi-energetika sanoati tarmoqlari salmoqli o’rin tutadi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Turkmanistonning Nebitdag` rayoni,Qozog`izstonning g`arbiy iqtisodiy rayoni, O’zbekistonning Farg`ona vodiysi va Muborak rayonida neft va tabiiy gaz konlari juda ko’p. Bu rayonda neftni qayta ishlaydigan zavodlar, issiqlik elektrostansiyalari (IES) ishlab turibdi. Shuningdek, mazkur rayonlardan MODning sanoatlashgan shaharlariga hamda xorijiy davlatlarga neft va gaz
quvurlari o’tkazilgan. Jumladan, O’zbekistondan Qirg`iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarga, Turkmaniston vaQozog`izstondan Rossiya, Ukraina va boshqa xorijiy davlatlarga neft va gaz quvurlari o’tkazilgan. Yaqin kelajakda esa Turkmanistondan Eron, Turkiya davlatlari va O’rta Dengiz mamlakatlariga neft,Qozog`izstondan Turkiyaga gaz quvurlari o’tkaziladi. MOD yoqilІi-energetika kompleksida ko’mir sanoatining ham salmoqli ulushi bor. Ko’mir konlari MODning barchasida topilgan. Ayniqsa,Qozog`izston, O’zbekiston, Qirg`iziston hududlarida ko’mir ko’p. Birgina Qozog`izstonda ko’mirning geologik zahirasi 140 mlrd.t.ga teng.Qarag`anda, Eskibastuz, Obakan havzalari ayniqsa yrikdir. Mazkur havzalari (va birinchi navbatda Markaziy va Shimoliy Qozog`izston)da IESlari ishlab turibdi.
Regionda qudratli yoqilІi-energetika sanoati kompleksiga va gidravlik stansiyalarda ishlab chiqarilayotgan elektroenergiyaga tayanib elektroenergetika sanoati rivojlangan. MODlarida yiliga 150-180 mlrd.kvt\soat elektroenergiya ishlab chiqarilmoqda.
Yaqin kelajakda MODlari yagona energetika sistemasiga ega bo’lishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1993 yil yanvar oyida Toshkentda bo’lgan uchrashuvlarida ana shu haqda aniq bir fikrga kelindi.
Metallurgiya kompleksi. Bu kompleks qora va rangli metallurgiyani o’z ichiga oladi. Kompleksni rivojlantirish uchun regiondagi davlatlar bir xil imkoniyatlarga ega emas. Chunonchi, qora metallurgiyaning xom-ashyosi chegaralangan. Temir ruda konlari faqat Qozog`izston Respublikasida sanoat ahamiyatiga ega. Markaziy va Shimoliy Qozog`izston iqtisodiy rayonlarida o’nlab temir ruda konlari topilgan va ishga tushirilgan. Shulardan eng muhimlariQarag`anda va Kustanay viloyatlarida bo’lib, 30 kondagi temir ruda zahirasi 16 mlrd. tonnaga teng.
Markaziy Osiyo qora metallurgiyasi birinchi navbatda MarkaziyQozog`izstonda tarkib topgan va rivojlangan. “Qozoq magnitkasi” nomi bilan ataladigan to’liq sikldagiQarag`anda metallurgiya zavodi cho’yan, po’lat, prokat ishlab chiqaradi. Mazkur metallurgiya korxonasi Qarag`anda ko’mir yoqilІi xomashyosiga tayanib ishlaydi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda O’zbekistonda ham Bekobod qora metallurgiya kombinati bor. Ushbu millioner metallurgiya korxonalari MODning qora metallga bo’lgan ehtiyojini qisman bo’lsa ham qondirib kelmoqda.
MOD metlallurgiya kompleksida rangli metallurgiya sanoatining salmoІi katta. Kompleksning ushbu tarmog`i MOD hududida topilgan bir necha o’nlab rangli metall ruda xomashyolariga tayanadi. Rangli metall xomashyosi esa MODning Turkmanistondan tashqari barcha davlatlari hududida uchraydi. U ayniqsaQozog`izston,Qirg`izistonda ko’p. Mis, qo’rg`oshin, rux, surma va boshqa noyob va nodir metallar o’z sanoat korxonalariga ega. Jumladan, Balxash va Olmaliqda mis naralash fabrikalari,Qo’ytoshda qo’rІoshin va rux,Haydarkentda surma, Pavlodar va Tojikistonning Tursunzoda shahrida alyumin zavodlari ishlab turibdi va boshqalar. Regionda keng quloch yoygan rangli metallurgiya sanoati mintaqaning barcha davlatlariga xizmat qiladi.
Mashinasozlik kompleksi.
Mazkur kompleks region mashinasozlik sanoatini o’z ichiga oladi va davlatlararo yo’nalishi bo’yicha farq qiladi. O’lkaning mashinasozlik sanoat korxonalari energetika sanoati uchun mashina, mexanizm, asbob-uskunalar ishlab chiqariladi. U metallurgiya sanoati, ximiya sanoati, qishloq xo’jaligi, transport uchun turli nom va markadagi mashina va mexanizmlar ishlab chiqaradi. Sanoatning bu tarmoІi tabiiy resurs omiliga bevosita bog`lanmaganligi uchun xom ashyo rayoniga ko’ra iste'molchi rayonlarda yaxshi rivojlangan. Jumladan, Turkmanistonda neft va gaz sanoati mashinasozligi,Qozog`izston va O’zbekistonda don va paxtachilik uchun xizmat qiladigan mashinasozlik; O’zbekiston va Qirg`izistonda yengil va yuk avtomobilsozligi; O’zbekistonda samolyotsozlik, Tojikistonda qishloq xo’jaligi mashinasozligi rivojlangan.
Kimyo sanovati majmui.
Regionda kimyo sanoati majmui u bilan boІliq sanoat tarmoqlarining rivojlanishi bilan keng quloch yoyioqda. Bu yerda neftokimyo, gazokimyo, ko’mirkimyo tarmoqlari ayniqsa rivojlangandir. Kimyo sanoatining zikr qilingan tarmoqlariQozog`izston, O’zbekiston va Turkmanistonning xomashyo rayonlarida joylashgan va ancha yaxshi rivojlangan. Shuningdek, region kimyo sanoati mineral o’g`it uchun ishlatiladigan kaliy-fosforid konlari bazasida ham rivojlantirilgan.
Paxtachilik majmui.
Markaziy Osiyoda paxtachilik majmui yaxshi rivojlangan. Mazkur paxtachilik majmui bir-biri bilan uzvey bog`lanib ketgan texnologik jarayon bo’lib, bir tomondan paxta yalpi hosilini yetishtirish, uni o’z vaqtida yiІib-terib olish, yetishtirilgan yalpi hosilini paxta punktlariga keltirish, navlarga ajratish, bundlash, paxta yalpi hosilidan paxta tolasini ajratib olish, toladan ip-gazlama ishlab chiqarish, kiyim-kechak bichish va tikish, paxtaning ikkilamchi mahsulotlaridan yoІ, sovun kabi ko’p xil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish; ikkinchi tomondan esa paxta yetishtirish va uni yiІib-terib olish uchun mashinalar, traktorlar, kombaynlar va boshqa o’nlab nomdagi asbob-uskuna va mexanizmlar ishlab chiqarish, mineral o’g`itlar, har xil ximikatlar, dori-darmonlar tayyorlash va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Markaziy Osiyo davlatlari jahondagi eng yirik paxta regioni. Uning barcha davlatlarida paxta ekiladi. MDHga a'zo bo’lgan davlatlarda yetishtirilgan paxtaning 90% dan ko’proІini Markaziy Osiyo davlatlari beradi. Biroq paxta yetishtirish bo’yicha MODlari bab-baravar tuproq-iqlim imkoniyatlariga ega emas. Paxta ekish va yetishtirishda ayniqsa O’zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonning tabiiy resurs omili katta. Bu davlatlarda nisbatan ?aiobiy juІrofiy sharoiti: iqlimning iliqligi, quyoshli kunlarning ko’pligi, havo harorati ijobiy va foydali darajasining balandligi, o’simlik o’suv davri uchun kerakli kunlarning ko’pligi, tuproqning o’ta madaniylashganligi, serunumligi, suІorish shaxabchalari: suv omborining ko’plab barpo qilinganligi, magistral kanallarning ko’p qazilganligi issiqsevar dehqonchilik-paxtachilikni har jihatdan rivojlantirishni taqozo qilgan.
Donchilik majmui.
Bu majmuaga don yetishtirishga ixtisoslashgan qishloq xo’jalik korxonalari, don mahsulotlarini saqlaydigan va qayta ishlaydigan donxonalar, elevatorlar, non zavodlari, shuningdek, don yetishtirish uchun xizmat qiladigan mashina va mexanizmlar kiradi.
Markaziy Osiyo donchilik majmui yaqin o’tmishda bir tomonlama rivojlangan edi. Unin asosiy juІrofiy rayoniQozog`izstonning “Qo`riq o`lka” nomini olgan Shimoliy Qozog`izston iqtisodiy rayoni edi. Bu rayonda 1954-1960 yillarda salkam 30 mln.gektar quruq va bo’z yerlar o’zlashtirildi. “Qo`riq Heka”da qisqa vaqt ichida yuzlab donchilik davlat xo’jaliklari, tuman va viloyatlar tashkil qilindi.
Kelajakda Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida donchilik majmui jadal rivojlantiriladi. Chunki Markaziy Osiyoning har bir mustaqil davlati mahalliy aholining don, un va un mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini to’la qondirish uchun uzoq muddatlarga mo’ljallangan rejalarni tuzib chiqarmoqdalar va turmushga tadbiq qilmoqdalar. Bunday tadbirQozog`izstonning yirik donkor regioni bo’lib qolishini aslo inkor etmaydi balki Markaziy Osiyo hududida mazkur donchilik majmuasining keng rivojlanishiga va ma'lum miqdordagi xorijiy davlatlarga chiqarish imkoniyatini beradi.

2.3. Iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakatimiz hududlarining eksport imkoniyatlarini oshirish – eng muhim va dolzarb vazifa.


Eksport – iqtisodiyot barqarorligining asosiy omili. Valyuta zaxiralarini koʻpaytirishning yagona yoʻli ham eksport hajmini keskin oshirishdir.

Mamlakatimizda eksport faoliyatini yengillashtirish va qoʻllab-quvvatlash borasida koʻrilayotgan choralar natijasida oʻtgan yili eksport hajmi 14 milliard 258 million dollarni tashkil etib, 13,6 foizga oʻsgan.
Keyingi ikki yilda eksport geografiyasi 50 ta davlatga kengayib, 140 taga yetgan. Eksportga 120 ta yangi turdagi mahsulot chiqarilgan. Eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 56 foizni tashkil etib, hududiy sanoat eksporti qariyb 1,7 barobar oʻsgan. Biroq shunga qaramay, hali ham mamlakatimizning eksport salohiyatidan toʻliq foydalanilmayapti.
Yigʻilishda Prezidentimiz eksportbop mahsulotlar tarkibini diversifikatsiya qilish, eksportda xomashyo boʻlmagan mahsulotlar ulushini kamida 60 foizga yetkazish zarurligini taʼkidladi. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-2025 yillarga moʻljallangan milliy eksport strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi. Mazkur strategiya eksportyorlarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, mamlakatimizni “Doing Business” reytingida “tashqi savdo” koʻrsatkichi boʻyicha yuqori 50 ta davlat qatoriga kiritish masalalarini qamrab oladi. Xorij tajribasidan kelib chiqib, eksport qiluvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston eksportyorlar assambleyasi tashkil etiladi.
Videoselektor yigʻilishida eksportni koʻpaytirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, bu boradagi ishlarni jonlantirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻtgan yili hududiy eksport prognozi bajarilmagani, ayniqsa, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻyilgani qayd etildi. Hududiy meva-sabzavot eksporti prognozdan ancha kam boʻlgani, birorta hududda bu boradagi reja bajarilmagani tanqid qilindi.
Albatta, eksport jahon bozoridagi konʼyunkturaga ham bogʻliq. Xorijiy ekspertlar joriy yilda ham asosiy xomashyo mahsulotlarining jahon bozoridagi narxlari past boʻlishini prognoz qilmoqda. Shu bois, 2019 yilgi eksport prognozi oʻtgan yilga nisbatan 30 foizga koʻp etib belgilandi.

Davlatimiz rahbari eksport prognozini taʼminlashni aniq hisob-kitob asosida tashkil etish, bu borada yangi tizimni yoʻlga qoʻyishni taklif qildi. Unga muvofiq, avvalo, Respublika eksport shtabi faoliyati tubdan takomillashtiriladi. Shtab vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga biriktiriladi.
Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻzlari mutasaddilik qiladigan vazirlik va idoralar hamda xoʻjalik birlashmalari tomonidan eksport prognozi bajarilishi uchun shaxsan javobgar etib belgilanadi.
Respublika eksport shtabi, Bosh vazir oʻrinbosari hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tarmoqlar va hududlar boʻyicha oʻn kunlik eksport jadvallarini ishlab chiqib, tuzilgan eksport shartnomalarini soʻzsiz bajarish hamda qoʻshimcha kelishuvlar imzolash choralarini koʻradi.
Ikkinchidan, har bir viloyat, tuman va shaharda eksport boʻyicha doimiy ishlaydigan shtablar tashkil etiladi. Ular masʼulligida eksportbop mahsulotlar ekish, xoʻjaliklarni sifatli urugʻ va koʻchat bilan taʼminlash, hosilni nest-nobud qilmasdan yigʻib olish, saralash, qadoqlash, saqlash va qayta ishlash, mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarishgacha boʻlgan yaxlit tizim yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, ushbu shtablar ichki va tashqi logistika, sertifikatsiya masalalariga, kichik biznes subyektlarining eksportini koʻpaytirish, kerak boʻlsa, aylanma mablagʻlar uchun kreditlar ajratilishiga koʻmaklashadi.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, har bir viloyat, tuman va shahar shtablari tarkibiga iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, transport, energetika, bojxona, standartlashtirish, karantin boʻyicha respublika idoralari, shuningdek, Savdo-sanoat palatasining joylardagi boshqarma va boʻlimlari hamda tijorat banklaridan vakillar kiritiladi.
Yigʻilishda hududdagi shtablar eksportyorlar bilan doimiy ravishda ishlashi, muammolarini tezda hal qilib borishlari zarurligi taʼkidlandi. Amalga oshirilayotgan ishlar natijalari “onlayn” maʼlumotlar bazasiga kiritilib, nazorat qilib boriladi.
Uchinchidan, vazirlar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻz yoʻnalishidagi korxonalar boʻyicha eksport prognozi bajarilishi uchun javobgar boʻladi.

Misol uchun, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi klasterlarda paxta xomashyosini yetishtirishdan tortib, uni chuqur qayta ishlashga, respublika boʻyicha barcha toʻqimachilik mahsulotlari eksportiga masʼul boʻladi.
Shu bois, tarmoqlarda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda, yuqori qoʻshimcha qiymatli tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Toʻrtinchidan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimini samarali ishga solib, korxonalarga tashqi bozorga chiqishga koʻmaklashadi, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va sugʻurtalash choralarini koʻradi. Ushbu tizim faoliyati eksport shtablari bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilishi, eng muhimi, korxonalar bu tizim samarasini sezishi lozimligi qayd etildi.
Beshinchidan, eksportni taʼminlashda barcha vazirlik va idoralar bevosita qatnashadi. Jumladan, Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari elchilar bilan birgalikda xorijiy davlatlardagi bozor talablari va buyurtmachilarni aniqlab, eksport shtablariga muntazam taqdim etib boradi.
Hududlarga biriktirilgan elchilar hokimliklarga tashqi bozorda xaridor topish hamda mahalliy korxonalarni xorijiy davlatlardagi koʻrgazmalarga yuborishga koʻmaklashadi.
Oltinchidan, transport va logistika xizmatlarini yaxshilashga katta eʼtibor qaratiladi.

XULOSA
İqtisodiy rayon Zarafshon daryosining o’rta va quyi qismini, qadimda uning tasirida vujudga kelgan xo’jalikning hududiy tizimini o’z ichiga oladi. U hozirgi kunda Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan tashkil topgan. Taxminan, xuddi shunday ko’lamda mazkur rayon 60-70 yillarda ham ajratilgan edi. Rayonning umumiy maydoni 168,1 ming km bo’lib, u mamlakat hududining 37.4 foizni tashkil qiladi. Bu jihatdan Zarafshon iqtisodiy rayoni O’zbekistonda faqat Quyi Amudaryo rayonidan biroz kichikroq, holos. Aholisi 4872 ming yoki respublika umumiy aholisining deyarli 1/5 qismiga barobar. Malumki, so’nggi yillarda mutaxassislar tomonidan bu erda Buxoro-Navoiy (Qizilqum) va Samarqand iqtisodiy rayonlari ajratilib kelinar edi. Xuddi shu tarkibda bu mintaqa hozir ham o’rta umumtalim maktablarida o’qitilib kelinmoqda. Bazi bir ilmiy adabiyotlarda esa Samarqand viloyati hatto qo’shni Qashqadaryo bilan birgalikda ko’rilmoqda. Xo’sh, Zarafshon iqtisodiy rayonini aynan shu tarkibda ajratilishiga nimalar asos bo’lib xizmat qiladi? Bu xususda quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
♦ sug’orish manbai, yani Zarafshon daryosining umumiyligi; 
♦ qazilma boyliklarining, ayniqsa rangdor metallurgiyaga tegishli konlarning mavjudligi
♦ mamlakatimizning ikki qadimiy shaharlarining (Samarqand va Buxoro) joylashganligi; 
♦ geografik o’rnining umumiyligi, rayonning O’zbekiston hududining markazida 
joylashganligi va h.k. Sanoat-agrar iqtisodiy rayonlardan biri bo’lib, O’zbekiston yalpi sanoat maxsulotining 8% ini, paxtasining 12% ini, pillasining 15% ini, qorako’l terilarining 44,5% ini etkazib beradi.Buxoro-Qizilqum iqtisodiy rayoni respublika markazida joylashgan. U shimolda Qozog’iston Respublikasi, sharqda Samarqand iqtisodiy rayoni, janubi-sharqda Qashqadaryo iqtisodiy rayoni, janubi-garbda Turkmaniston Respublikasi va shimoli-garbda va garbda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni bilan chegaradosh. Iqtisodiy rayonning geografik o’rin iqtisodiy aloqalar uchun qulay bo’lib, chegaradosh iqtisodiy rayonlar va qo’shni respublikalar bilan temir yo’l, avtomobil, suv yo’llari va boshqa yullar orqali xom ashyo va maxsulotlar ayirboshlaydi. Iqtisodiy rayonda sanoatning tez o’ sishi, keng kulamda olib borilayotgan qurilishlar va qo’riq erlarning ochilishi mehnat resurslariga bo’lgan talabni oshirmokda. Bu esa aholining hududiy-ishlab chiqarish majmualari asosida joylashtirishni takozo etadi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki iqtisodiy rayon qishliq xo’jaligi juda xilma xil bo’lib xududda barcha turdagi qishloq xo’jaligi tarmoqlarini uchratish mumkin. Lekin rayonning hamma qismlarida ham qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanib bo’lmaydi. Tomchilatib sug’orish texnologiyasini amamlga tatqiq etish orqali rayonning yana ko’p hududlarida qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanish mumkin.


Download 134.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling