2. Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari Yerning global iqlimi, mikroiqlim, mahalliy iqlim haqida ma’lumot


Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari


Download 31.35 Kb.
bet2/11
Sana31.01.2023
Hajmi31.35 Kb.
#1145939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqlim ozgarishi va ekologik moslashuv 1-mavzu

Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari. Iqlim tizimi, iqlim tizimi komponentlari va ular orasidagi bogʻliqlik, teskari aloqalar mexanizmi, iqlim oʻzgarishi va shakllanishiga ta’sir etadigan ichki va tashqi jarayonlar, issiqlik va namlik almashinuvi, atmosfera sirkulyatsiyasi, geografik kenglik ta’siri, Yerda dengiz va quruqlikning taqsimlanishi, qor va oʻsimlik qoplami, orografiya va iqlim, iqlimning balandlik boʻyicha oʻzgarishi, iqlimning kontinentalligi. Iqlim tizimi oʻzida beshta muhim komponentlarni: atmosfera, gidrosfera, kriosferalar (muz va qor), quruqlik va biosferasi yuza qismi va ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻz ichiga olgan murakkab tizim. Iqlim tizimi komponentlari va turli jarayonlar iqlim oʻzgarishi shakllanishini tashqi va ichki qismlarga boʻladi.
Tashqi jarayonlarga quyidagilar kiradi:
- quyosh radiatsiyasining quyilishi;
- atmosfera tarkibi oʻzgarishi, litosferada boʻladigan jarayonlar va koinotdagi aerozollar va gazlar oqimi;
- okeanlar, materiklarning koʻrinishi oʻzgarishi;


Ichki jarayonlarga quyidagilar kiradi:
- atmosferaning okeanlar, quruqlikning yuza qismi va muzning (issiqlik almashuvi, bugʻlanish, yogʻingarchiliklar) bilan oʻzaro harakati;
- muz-okean oʻzaro harakati;
- atmosferaning gaz va aerozollar tarkibini oʻzgarishi;
- bulutlilik;
- qorli va oʻsimlik qoplami.

Bu majmuali tizim quyidagi parametrlar bilan izogʻlanadi: harorat, atmosfera yogʻingarchiliklari, havo va tuproq namligi, qorli va muz qoplami holati, dengiz sathi. Iqlim tizimi shuningdek, ancha murakkab tarzda xarakterlanadi: atmosfera va okean sirkulyatsiyasningi yirik masshtabdagi dinamikasi, ekstremal metereologik holatlarning kuchi va chastotasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining yashash muhitini chegaralari.


Atmosfera - atmosfera sharoitida issiqlikni Yer tizimida olish, uzatish, oʻtkazish va yoʻqotish kabi murakkab jarayonlari bilan xarakterlanadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh radiatsiyasi atmosferadan oʻtib va tarqatilgan radiatsiya atmosferada qisman aks etadi. Ammo koʻp miqdorda u nurni oʻziga yutadi va suv havzalari, tuproq yuzalarini isitadi. Yer yuza qismi infraqizil radiatsiyani oʻzidan chiqarib, uni atmosfera yutib, isiydi. Atmosfera oʻz navbatida infraqizil radiatsiyani oʻzidan chiqaradi, uni esa yer yuzasi oʻziga qamrab oladi. Yer va atmosfera radiatsiyasi birgalikda doimo dunyo miqyosiga chiqarib turiladi va quyosh radiatsiyasi bilan birgalikda quyosh radiatsiyasini sayyoramizga kelishini tenglashtiradi. Quyosh nuri energiyasining bir qismi Yer yuzasi va atmosferani isitishga yoʻnaltiriladi.
Nurlanish yoʻli bilan issiqlik almashinuvidan tashqari, Yer yuzasi va atmosfera oʻrtasida issiqlik almashuvi issiqlik oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Atmosfera ichida issiqlik oʻtkazishda vertikal yoʻnalishda havoni aralashtirish muhim ahamiyatga ega. Yer yuzasiga tushadigan issiqlikning katta qismi suvni isitishga sarflanadi. Atmosferada suv bugʻi yigʻilishi natijasida issiqlik chiqadi, u esa oʻz navbatida havoni isitishga yoʻnaltiriladi. Issiqlik almashuvi havo oqimi orqali issiqlikni gorizontal oʻtkazish muhim jarayondir. Havo harorati havoni gorizontal tarzda okeandan quruqlikka, quruqlikdan okeanga oʻtishi, radiatsiyani turli darajada qamrab olishi va turli qizishiga qarab, quruqlik va dengizlarni taqsimlanishiga, kengliklar boʻyicha quyosh radiatsiyasini kelishiga qarab sutkali va yillik yurishi boʻladi.
Atmosfera va yer yuza qismi oʻrtasida doimiy namlik almashuvi yuz beradi. Suv yuzasi, tuproq, oʻsimliklardan atmosferaga suv bugʻlanadi, bu esa suvning ustki qismi va tuproqdan katta miqdorda issiqlik sarflanadi. Real sharoitlarda atmosferada suv bugʻi kondensatsiyalanadi, buning oqibatida tuman va bulut paydo boʻladi. Bulutlardan paydo boʻladigan yogʻingarchiliklar butun yer shari uchun bugʻlanishni tenglashtiradi. Yogʻingarchiliklar soni va ularning tarqalishi dehqonchilik va oʻsimliklar dunyosining asosini tashkil etadi. Yogʻingarchiliklar soni boʻlinishi, ularni oʻzgaruvchanligi suv havzalarining gidrologik tartibiga bogʻliq. Issiqlikning atmosferada notoʻgʻri taqsimlanishi atmosfera bosmiini notoʻgʻri taqsimlanishiga va havo harakatini izdan chiqaradi. Yerning sutkalik harakati yer yuza qismiga nisbatan havoning harakatiga katta ta’sir koʻrsatadi. Atmosfera qatlami chegaralarida havoga ta’sir qiladigan kuch bu ishqalanishdir.
Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi–bu havo oqimining asosiy majmui boʻlib, havo massasining gorizontal va vertikal almashinuvini amalga oshiradi. Uning paydo boʻlishi atmosferada doimiy ravishda turli tezlikdagi toʻlqinlar va dovullarni hosil boʻlishiga bogʻliq. Mazkur atmosfera gʻalayonlari-siklon va antisiklonlar–atmosfera sirkulyatsiyasining xarakterli belgilaridir. Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi iqlim tizimi holati tavsiflaridan biridir. Havoni koʻchishi ob-havoni oʻzgarishiga ta’sir qiladi. Global iqlim tizimi holati iqlim hosil qiluvchi jarayonlar-atmosfera sirkulyatsiyasi, issiq almashinuvi va namlik almashinuvi, turli joʻgʻrofik hududlarda koʻrinishini ifodalaydi. Iqlimning lokal turlari kengliklar, quruqlik va daryolar taqsimlanishi, orografiya, tuproqlar, oʻsimlik va qor qatlamlari, okean oqimilariga bogʻliqligidir.
Olimlarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi koʻproq insoniyatning oʻz faoliyati davomida atmosferaga tobora koʻp parnik gazlarini chiqarishi tufayli yuz beradi. va bu bilan yer kurrasining isib ketishiga sabab boʻladi. Biz kazilma yoqilgʻisini yoqamiz. Zavodlar atmosferaga katta xajmdagi karbonat angdrid gazini chiqarib yubormoqda. Atmosfera xuddi issiqxona oyna devorlari tarzida ishlaydi: koʻrinib turgan nurni kiritadi va ichida nurlangan infrakizil nurni saqlab qoladi. Birtomondan, parnik gazlari koʻplab kaytgan quyosh nurlarini ushlab kolishga yordam beradi va bu bilan yerdagi xayotuchun eng makbul boʻlgan xaroratni saqlab turadi. Bu gazlarsiz sayyoramizdagi oʻrtacha xarorat hozirgidagidek 15 daraja issiq emas, balki 18 daraja sovuq boʻlgan boʻlar edi.
Buning natijasida yerda xayotningta’minlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Boshqa tomondan esa bunday parnik gazlari qancha koʻp boʻlsa, sayyoramizdagi issiqlik shuncha ushlanib turadi va buning natijasida yer atmosferasining oʻrtacha xarorati koʻtariladi. Oʻrtacha xarorat koʻtarilgan sharoitda barcha iqlim jarayonlari oʻzgara boshlaydi. Harorat oshishidan muzliklar eriydi. Shimoliy va Janubiy kutb muzliklari, Grenlandiya muzliklari, toglardagi muzliklar. Qutblardagi va Grenlandiyadagi muzliklarning erishi bilan okeanlarga koʻp miqdorda chuchuk suv kelib tushadi.
Chuchuk suv, shoʻr okean suvidan farqli ravishda, boshqacha fizik xususiyatlarga ega u tez isiydi. Okean, hatto gradusning undan bir qismiga boʻlsa-da, isiganda esa, okean oqimlari oʻzgaradi. Sohildagi koʻplab davlatlarning iqlimi okean oqimlariga bogʻliq. Aynan okean oqimlari global gidrologik siklni muvozanatda ushlovchi kuchi xisoblanadi. Barcha materiklardagi iqlimni tartibga soluvchi siklonlar va antitsiklonlarning kaerda va kachon hosil boʻlishi xam okean oqimlariga bogʻliq.
Aynan okean oqimlari yogʻinlarni olib keladigan bulutlarning qanday va qancha hajmda hosil boʻlishiga javob beradi. Agar oqimlar oʻzgaradigan boʻlsa, barcha narsa, xamma global iqlim hosil qiluvchi jarayonlar xam oʻzgarib ketadi. Birok, iqlim oʻzgarishining sababi fakat insoniyat emas, balki yerdagi dinamik jarayonlar, iqlimni shakllantiruvchi tashki ta’sirlar, jumladan, quyidagilarni ham kiritish mumkin:
• materiklar va okeanlarning ulchami, relefi va uzaro joylashuvining oʻzgarishi;
• quyosh yorituvchanliginingoʻzgarishi;
• yer orbitasi va oʻqi koʻrsatkichlarining oʻzgarishi;
• atmosfera shaffofligi va tarkibining oʻzgarishi, jumladan, uning tarkibidagi parnik gazlari (SO2 va SN4) hissasining oʻzgarishi;
• yer usti nur kaytarish xususiyatining oʻzgarishi;
• okean tubidagi mavjud issiqlik miqdorining oʻzgarishi;
• neft va gaz qazib olinishi oqibatida yer yadrosi va qobigi orasidagi tabiiy qatlamning oʻzgarishi.

Download 31.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling