2. Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari Yerning global iqlimi, mikroiqlim, mahalliy iqlim haqida ma’lumot


Download 31.35 Kb.
bet9/11
Sana31.01.2023
Hajmi31.35 Kb.
#1145939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqlim ozgarishi va ekologik moslashuv 1-mavzu

Suv bugʻlanishi-asosiy issiqxona gazi boʻlib, tabiiy issiqxona samarasining 60% dan ortigʻiga javobgardir. Uning antropogen kengayishi hozircha atmosfera konsentratsiyasida qayd qilinmagan. Boshqa omillar sababli yer haroratining ortishi amtmosfearada suv bugʻlanishi konsentratsiyasini oʻsishiga va issiqxona samarasining kuchayishiga olib keladigan okean osti bugʻlanishini kuchaytiradi. Boshqa tomondan, atmosferada bulut Yerga energiya tushishini kamaytiradigan va issiqxxona samarasini pasaytirishga muvofiqlashgan toʻgʻridan toʻgʻri quyosh nurining tushishini aks ettiradi. Karbonat angidrid gazi-issiqxona gazlari orasida anchagina tanilgan. CO2 ning tabiiy manbalari inson organizmi faoliyati, vulqon chiqindilaridir. Antropogen manbalar organik yonilgʻining yonishi (oʻrmon yongʻinlarini qoʻshganda), shuningdek, bir qator ishlab chiqarish jarayonlari (masalan, oyna, sement ishlab chiqarish) kiradi. Karbonat angidrid gazi koʻplab tadqiqotchilarning fikricha, “issiqxona samarasi”ni ta’sirida global isishda eng asosiy javobgaridir. CO2 konsentratsiyasi industriya sanoatlashuvida ikki asr ichida 30%dan oshdi va dunyo miqyosining oʻrtacha darajasi oʻzgarishi bilan oʻzaro bogʻliq.
Metan-issiqxona gazining ikkilamchi turi. Toshkoʻmir va tabiiy gazining ishlab chiqilishida sirqib oqishi, quvur oʻtkazgichlar, biomassaning yonishilarda, toʻkish joylarida (biogazning tarkibiy qismiga oʻxshash), shuningdek, qishloq xoʻjaligida (chorvachilik, sholikorlikda) va boshqalarda ajarlib chiqadi. Chorva mollarini boqishda, oʻgʻitlashda, koʻmir yoqishda va boshqa manbalar yiliga 250 million tonna metan chiqishiga olib keladi. Atmosferada metan miqdori unchalik katta emas, lekin uning issiqxona samarasi yoki global isish potensiali CO2 ga nisbatan 21-marta kuchli.
Azotning oksidi-issiqxona gazining uchlamchi turi: uning ta’siri CO2 ga nisbatan 310 marotaba kuchli, lekin u atmosferada uncha katta boʻlmagan miqdorda mavjud. Atmosferada hayvonlar va oʻsimliklar, shuningdek, mineral oʻgʻitlar solishda va ishlab chiqarish, kimyoviy ishlab chiqarish ishlaridagi hayot faoliyati natijalarida koʻrinadi.

Download 31.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling