2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan ta’minlash
Download 435 Kb.
|
Ogabek kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar A V Jami
V mahsuloti 1-donasining sotishiga A mahsulotining 5 donasi to’g’ri keladi. Keyinchalik V mahsulotning x dona kritik nuqtasi va 5x- A mahsulotining miqdoriga shartli ravishda yo’l qyiladi. Joyiga qo’yishda quyidagilarga ega bo’lamiz: (2000 x 5x) + 3000x - (1600x5x) - 1900x - 30000000 = 0 10000 = 3000x - 8000x - 1900x - 30000000 = 0 3100x = 30000000 so’m, x = 9677 dona - V mahsuloti 9677 dona x 5 = 48385 dona- A mahsuloti, 9677 dona + 48385 dona = 58062 dona V va A mahsulotlari. Sotish hajmining kritik nuqtasi - 58062 dona, shundan 9677 dona V mahsuloti va 48385 dona A mahsuloti hisoblanadi. Aytaylik, sotilgan mahsulot tizimining quyidagi o’zgarishlari sodir bo’ldi (9.2-jadvalga qarang). 9.2-jadval Tizimli siljishlarning ta’siri tahlil
Mahsulot tizimini taqqoslashda yuqori marjinal daromad bilan mahsulot hissasining ko’tarilganligini ko’ramiz, shuning uchun sof foyda ko’tarildi. Bunda, kritik nuqtani topamiz: (2000 x 2x) + 3000x - (1600 x 25x) - 1900x -30000000 = 0, 4000x + 3000x - 32000x - 1900x – 30000000 = 0, 1900x = 30000000, x = 15790 dona - V mahsuloti, 15790 dona x 2 = 31580 dona- A mahsuloti, 15790 dona 31580 dona 47370 dona V va A mahsulotlari. Sotish hajmining kritik nuqtasi 47370 dona, shundan 15790 dona V mahsuloti va 31580 dona A mahsuloti hisoblanadi. Natijani oldingi hisob bilan taqqoslab kritik nuqtaning hajm kamayishi tomoniga qarab 1015 donaga o’zgarganini belgilaymiz. Bu holda tabiiy holatdagi hajmi o’zgarmasdan qolganligi e’tiborni jalb qiladi. Demak, sotuvning umumiy hajmini nazorat qilishda ham tizimli siljishlarni tahlil qilish kerak, chunki u haqiqiy foydaning rejalashtirilganidan chetga chiqishini ko’rsatadi. Mahsulotni sotishni maksimallashtirish resurslar bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan ham ko’riladi. Qo’shimcha ishlab chiqarish quvvatlari foydasiz bo’lishi mumkin. Marjinal daromad usuli- tenglama usulining har xilligi quyidagi formulaga asoslanadi:
Bunda kritik nuqta,
Bizning misolda bu quyidagicha bo’ladi: 30000000 : 516700 = 58061 dona = 58062 dona, 62 mln. so’m : 120000 dona = 516700 so’m. Marjinal yondashishda menedjer doimiy sarflar haqida ma’lumot oladi; ular umumiy marja bilan qoplanadimi yoki yo’qmi? Mahsulotning har bir turidan marjinal daromadning hajmi haqida, har bir mahsluotning marjinalligi haqida ma’lumotlarni yig’adi va chuqur o’rganadi. Bizning misolda: A mahsuloti = 4002000 x 100 = 20 %, V mahsuloti = 11003000 x 100 = 36,7 %. Mahsulotning marjinalligi - bu daromadga (bahoga) foizli nisbatda bo’lgan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan marjinal daromaddir. Marjinal daromad narxni qayta ko’rib chiqish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini o’zgartirish, mahsulotni sotishni rag’batlantiruvchi mukofotlarning miqdorini o’rnatish, reklama kampaniyasini o’tkazish va boshqa marketing muomalalar bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv qarorlari asosida yotadi. Grafik usul zararsizlik bo’yicha iqtisodiy va buxgalterlik modullarining grafiklarini tuzish asosida yalpi daromadning sotishga, xarajatlar va foydaning ishlab chiqarish hajmiga nazariy bog’liqligini aniqlaydi. Ishlab chiqarish hajmining xarajatlari va foyda hulqining iqtisodiy moduli subyekt qancha va qanday sharoitlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o’sayotgan miqdorini sotishi mumkinligini ko’rsatadi. Uning asosida narxlarning pasayishini sotish hajmining o’sishiga, demak, ishlab chiqarish hajmiga bo’lgan ijobiy va salbiy ta’sirini aniqlash mumkin (9.2-chizmaga qarang).
chizma. Хarajatlar va mahsulot hajmining grafigi AD chizig’i- yalpi xarajatlar- AV bo’lagi ishlab chiqarishning katta bo’lmagan hajmida ularning o’sishini ko’rsatadi, VS bo’lagida yalpi xarajatlar chizig’i tenglasha boshlaydi. Bu demak, subyekt ishlab chiqarish quvvatlarini, ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz grafigini va mahsulotni seriyali chiqarishni to’laroq ishlatishi mumkin. S nuqtasidan yuqoriroqdagi bo’lakda yalpi xarajatlar chizig’i o’sa boshlaydi. Bu ishlab chiqarish imkoniyatining loyiha darajasidan yuqoriroq ishlatilishini ko’rsatadi: xom-ashyo yetishmasligi, ishlab chiqarish jarayoni grafigining doimiy buzilishi, vaqtdan tashqari ishlarning mavjudligi va mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarning tezda oshishini keltirib chiqaruvchi boshqa hodisalardan iborat. AK chizig’i ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan doimiy xarajatlarning hajmini ko’rsatadi. Subyektning yalpi daromadi mahsulotga bo’lgan narxlarni ko’rsatuvchi OS chizig’ida ko’rsatilgan. Iqtisodiy modul asosan ishlab chiqarish hajmining o’sishi va pasayishi holatlarida o’zgaruvchan xarajatlarning hulqini yoritadi. Iqtisodchilar ikki turdagi ta’sirni ajratadilar: masshtabning o’suvchi va salbiy ta’siri. Masshtabning o’suvchi ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarishning past darajalarida yuqori va ishlab chiqarishning ko’proq unumliroq darajasida tenglashadi. Masshtabning salbiy ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar zaxiralarning taqchilligi va tanqis sharoitlar natijasida ishlab chiqarishning samarali darajasidan tashqarida tezda o’sib ketadi. Zararsizlikning buxgalteriya moduli- bu yalpi daromad bilan yalpi xarajatlarning ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liqligining chiziqli grafigidir. Тahlil uchun asos bo’lib zararsizlik (kritik) nuqtani hisoblash xizmat qiladi. Foyda maydoni bilan zararlar maydoni kritik nuqtadan o’nga va chapga tarqaladi (9.3-chizmaga qarang).
chizma. Zararsizlikning buxgalteriya moduli Grafikda zararsizlikning bitta V nuqtasi va ishlab chiqarish hajmining loyiq maydoni (diapazoni) ko’rsatilgan. shunda AK chizig’i doimiy xarajatlarni, AD-yalpi xarajatlarni ko’rsatadi, KD bo’lagi o’zgaruvchan xarajatlarning hajmini, OS- mahsulotni sotishdan tushgan daromadni tavsiflaydi. Buxgalteriya moduli kelajakka rejalashtirilgan ishlab chiqarish darajasida yalpi xarajatlar va daromadlarning o’zgarishini ko’rsatadi. Real sharoitlarda xarajatlarning hulqi nafaqat ishlab chiqarishning jismoniy hajmiga bog’liq. Ular bilan birga xomashyo va materiallar, sotib olinadigan YaТMlar, ishlab chiqarish unumdorligi, texnologiya va rejani tuzishdagi o’zgarishlar, iqtisodiy taqchillik va boshqalarga bo’lgan narxlar ham ta’sir ko’rsatadilar. Shuning uchun foyda, xarajatlar va hajm hulqini tahlil qilishda hisoblarning aniqligi va ishonchliligini chegaralovchi kamchiliklar ishlatiladi va ular quyidagilardan iborat: yalpi xarajatlar va mahsulotni sotishdan tushgan daromad qat’iy belgilangan va chiziqli hisoblanadi; hamma xarajatlar doimiy va o’zgaruvchanlarga bo’linadi; doimiy sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydoni darajasida mustaqil bo’lib qoladi; o’zgaruvchan sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydonida hajmga nisbatan to’g’ri mutanosib; mahsulot sotish narxi o’zgarmaydi; ishlab chiqarishda ishlatiladigan material va xizmatlarga bo’lgan narxlar o’zgarmaydi; tizimli siljishlar yo’q; ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng, yoki sotilmagan mahsulotning boshlang’ich va yakuniy zaxiralarining o’zgarishlari orasidagi farq uncha ko’p emas. Shunday qilib, xatolar doimo qayta ko’rib chiqiladi, chunki biznes dinamikali emas. Boshqaruv hisobi xarajatlarning xulqi haqida doimo ma’lumot tayyorlaydi va vaqti-vaqti bilan sinish nuqtasini ya’ni kritik nuqtani aniqlaydi. Download 435 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling