2-katta guruh tarbiyachisi xojimurodova munavvarning go’zal bahor nomli ochiq dars ishlanmasi assalomu aleykum bolajonlar, xamma yaxshimi
Download 182.74 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- GO’ZAL BAHOR NOMLI OCHIQ DARS ISHLANMASI Assalomu aleykum bolajonlar, xamma yaxshimi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYATI MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARMASI CHUST TUMAN MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMIGA QARASHLI 42-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI 2-KATTA GURUH TARBIYACHISI XOJIMURODOVA MUNAVVARNING GO’ZAL BAHOR NOMLI OCHIQ DARS ISHLANMASI Assalomu aleykum bolajonlar, xamma yaxshimi Oy mavzusi: Go’zal bahor Hafta mavzusi: Xalq manbalari, Navro’z bayrami bilan tanishish Bolalar bilan salomlashish -Bolajonlar nechta fasl bor -4-ta -Qani sanaylikchi -Bahor yoz kuz qish -Xozir qaysi fasldamiz -Bahor faslida -Necha oydan iborat -3-oydan iborat -Bahor fasli yosharish yangilanish fasli hisoblanadi, bu faslda qanday bayramlar nishonlanadi -8-Mart, Navro’z bayrami bo’ladi -Tabiatimizdda qanday o’zgarishlar ro’y beradi -Daraxtlar gullaydi, quyosh chiqadi, ariqlarga suv keladi, yomg’ir yog’adi -Kelinglar bolajonlar Bahor haqida she’r yod olganmizmi -Ha Bog’larda sayrar bulbul Chakkalarga taqib gul Yomg’irlar yog’ib mo’l ko’l Bahor oy xush kelibsan -Bolajonlar tabiatimizdagi o’zgarishlarni dam olish daqiqasi orqali ham bilib olsak bo’ladi Yomg’ir yog’ar shitir-shitir Neylar so’zlar shivir-shivir O’yinqaroq qushlar jim-jit Yomg’ir yog’ar shitir-shitir Momaqaldiroq gumburladi Chaqmoq chaqdi charaqladi Biran kuchli jala quydi Unga do’l ham aralashdi -Bolajonlar o’tgan mavzularni ham takrorlab oldik, endi sizlar bilan xalq manbalari haqida gaplashamiz -Milliy urf-odatlarimiz borligi, sayillar, o’yinlar haqida gapirib beraman -Navruz bayrami miloddan avvalgi 6- asrda keng tarqalgan, u qachon paydo bo’lishidan qat’iy nazar har tomonlama koinot va tabiat qonunlarini hisobga olgan holda quyoshning hamal burchagiga kelishi, yorug’likning kuchayishi, kunduzning uzayishi, tabiatning jonlanishi Navro’z deb qabul qilingan -Navro’z “Yangi kun” degan ma’noni anglatadi -Navro’z o’tmishdagi podshohlar hukmdorlarning paytidan beri o’zining asosiy mohiyatini saqlab qolgan, u haqiqiy umumbashariy, milliy xalq bayrami bo’lib, aholi orasida kata tantanalar bilan nishonlanadi, qadimda bayram o’tkazishning o’ziga xos tartib qoidalari bo’lgan, Navro’z kunida odamlar bir-birilariga shirinlik ulashgan, xayotingiz shirin bo’lsin deb, bir-birilariga suv sepishgan, suv ko’p bo’lsin deb, xosil yaxshi bo’lsin degan ma’noda. -Xozirgi kunda esa xovli joylarni tozalash gular ekish, qarindoshlardan xabar olish, -Ayollarimiz birgalashib bahoorgi taomlarni tayyorlashadi, ko’k somsa,ko’k chuchvara, sumalar kabi taomlarni tayyorlashadi -Bayram shukuhini namoyish etish uchun ayolarimiz milliy kiyimlar kiyishadi, qizlarimiz sochlarini o’rishadi, qoshlariga o’sma qo’yishadi -Bahor fasli kirib kelishi bilan bolalar xalq o’yinlari bilan mashg’ul bo’lishadi, bularga: kurash, ot o’yini, tosh ko’tarish, arqon tortish, bilak kuchini sinash kabi harakatli o’yinlarni o’ynashadi -Bu o’yinlar orqali bolalarda jismonan baquvvat sog’lom jasur qat’iyatli chaqqon bo’lib o’sishadi -Xalq milliy o’yinlari orqali yosh avlodni ma’naviy aqliy jismoniy tomondan borish jarayonida bolalarda milliy urf-odatlarni qadriga yetish buyuk ajddod qadriyatlarni hurmat qilish, kuy qo’shiqlardan zavqlanish tuyg’ulari o’sib kelmoqda -Yosh avlodga chidamlilik botirlik toqatlik tezkorlik ildamlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi -Tarbiyachi bolalarga mavzuga oid video rolik qo’yib berildi -Bolajonlar men sizlarga sumalak taomini kelib chiqishini aytib beraman -Qaddimda urush boshlanib, hammani qo’rquv va ovchlik qamrab olgan paytda yurtni himoya qilish maqsadida bir yosh kelinchakning eri ham urushga ketadi, yosh kelinchakning Hasan va Husan farzandlari bilan qoladi vaqtlar o’tib haligi yosh kelinchakni eri urushda vafot etadi, ikki bolasi bilan qolgan sho’rlik ona qishloqdan bosh olib ketadi, sahroda yashay boshlaydi, bolalari ochlikdan yig’lagan paytlari ona yegulik topish uchun yangi chiqqan maysalardan terib keladi va uni qozonga solib suv quyadi va tagiga o’t yoqadi, shu orada bolalar ochlikdan yig’laydilar, ona bolalarni ko’ndirish uchun nomalum taomiga uch to’rtta tosh tashlaydi va uni kovlagan maxalda toshlar shaqillaydi buni eshitgan bolalariga qiziq tuyulib, yig’layotganlari esdan chiqib biri-birlariga qarab kulishadi va shu bilan ular uxlab qolishadi, onayi zor hudodan rizq nasibasini so’rab iltijo qiladi, va u ham uxlab qoladi ertalab tursa ikki farzandi qozon boshiga borib oyijon mazali taom ekan deb hursand bo’lishadi, bu taom qadimda sermalak bo’lgan hozirgi kunda esa sumalak taomi bo’lib keng tarqalgan - Bolajonlar sumalak haqidagi rivoyatim sizlarga yoqdimi -Endi sizlar bilan bilimlarimizni yanada mustahkamlash uchun markazlarda ishlaymiz Biz aylanib aylanib Koptokchaga o’xshaymiz Biz aylanib aylanib Gulg’unchaga o’xshaymiz So’ng yana bir aylanib Markazlarga o’tamiz -Bolalarni ta’limiy faoliyat yakunida rag’batlantirib boriladi Download 182.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling