Ismoiliylar
|
Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo'lgan bir guruh
shialar oltinchi imom Ja'far as
Sodiqning katta o'g'li Ismoil atrofiga jipslashdilar. IX asr oxirlariga
kelib, ismoiliy oqimi mustaqil mazhab sifatida tashkil topdi
|
Suriya, Eron, Pokiston, Afg'oniston shimolida, Pomirda,
musta'liy mazhabi esa Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livan
|
Ularning taʼlimoti avvalo ikkiga: zohiriy (tashqi) — ochiq va botiniy (ichki) — maxfiy taʼlimotlarga boʻlinadi. Zohiriy taʼlimot shialarning umumiy taʼlimotidan kam farq qiladi, bu taʼlimot firqaning maxfiy taʼlimotidan bexabar boʻlgan oddiy ommaga moʻljallangan. Birinchi bor botiniy taʼlimotni movarounnahrlik annasafiy (942 y. v.e.) asoslab berdi. Unga koʻra, mutlaq xudo oʻzidan quyi boʻlgan 7 ta pogʻonani ajratadi (emanatsiya), yaʼni: mutlaq xudo, olamiy akl, olamiy jon, birlamchi materiya, fazo, vaqt va komil inson (yaʼni pay-gʻambar). Kamolotga erishgan inson (al-inson alkomil), I. taʼlimoti boʻyicha, oʻzida "olamiy aql"ni aks ettirgan notiq (gapiruvchi) boʻlib, u paygʻ-ambar maqomida boʻladi va vahiyni insonlarga yetkazib beradi, oʻzida "olamiy jon"ni aks ettirgan somit (jim turuvchi) esa oyatlardagi botiniy maz-munni tushuntirib beradi. I. tasavvurida insoniyat tarixi Odamatodan Qoimgacha boʻlgan "buyuk davr"dir. U 7 "fitra"dan iboratki, ularning har biriga muayyan notiq (paygʻambar) toʻgʻri keladi: Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Iso, Muhammad. Har bir pay-gʻambar davrining yettinchi imomi ke-yingi paygʻambar (notiq)ga aylanadi. Demak, Ismoilning oʻgʻli Muhammad — yettinchi imom, Qoim qiyofasida yettinchi paygʻambar boʻlib kelishi va "qiyomat Qoim"gacha hukm surishi kerak.
|