2 Laboratioriya ishi Mashg’ulot: Reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvshi moddalar konsentrasiyasiga bog’likligi. Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi. Mashg’ulotdan maqsad


Download 52.09 Kb.
bet2/8
Sana15.02.2023
Hajmi52.09 Kb.
#1202826
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyo lab2

Kimyoviy muvozanat. Ko‘pgina reaktsiyalar qaytar bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida qarama-qarshi tomonga boradi. Qaytar reaktsiyalarni umumiy xolda quyidagicha ifodalash mumkin:
aA + vV = sS + dD
Masalalar ta’siri qonuniga muvofiq to‘g’ri reaktsiyaning tezligi:
V1 = k1[A]a•[B]v teskari reaktsiyaning tezligi: V2 = k2 [C]c•[D]d bo‘ladi.
To‘g’ri va teskari reaktsiyalar tezligi o‘zaro tenglashgan xolatda kimyoviy muvozanat qaror topadi. Muvozanat xolatda V1 = V2 teng bo‘lgani uchun:
k1 [A]a•[B]v = k2 [C]c [D]d yoki
KM – kimyoviy reaktsiyaning muvozanat konstantasi, uning son qiymati reaktsiyaning unumini xarakterlaydi. Agar KM≥1 bo‘lsa reaktsiyaning unumi katta KM≤1 bo‘lsa reaktsiyaning unumi kichik bo‘ladi.
Agarda reaktsiyaga kirishuvchi moddalar kontsentratsiyasi, temperatura yoki bosim (gazlarda) o‘zgarsa, muvozanatda turgan sistema o‘zgarib ketadi. Bu xodisa kimyoviy muvozanatning siljishi deb atalib, buni frantsuz kimyogari Le-SHatele 1884 yilda quyidagicha ta’riflaydi:
Muvozanat xolatida turgan sistemaning temperatura (T), bosim (R) yoki kontsentratsiya (S)ni o‘zgartirilsa muvozanat shu o‘zgarish ta’sirini kamaytiruvchi reaktsiya tomonga qarab siljiydi.
Reaktsiya tezligiga kontsentratsiyaning ta’siri
Asbob va reaktivlar: sekundamer, 0,1n natriy tiosulfat, 0,1n H2SO4 , KI, FeCl3 va kraxmal (1%) eritmalari, distirlangan suv.
Ish tartibi. a) Na2S2O3 ning sulfat kislota bilan ta’siri. Bu reaktsiya natijasida oq loyqa (kolloid oltingugurt) hosil bo‘lishiga qadar bo‘lgan vaqtni o‘lchab reaktsiyaning tezligi to‘g’risida xulosa chiqariladi. Reaktsiya tenglamasi:
Na2S2O3 + H2SO4 = Na2SO4 + SO2 + S + H2O
Uchta toza probirka olib, ularning birinchisiga byuretka orqali 4 ml 0,1 n natriy tiosulfat eritmasidan, ikkinchisiga 2 ml Na2S2O3 va 2 ml distirlangan suv, uchinchisiga 1 ml Na2S2O3 va 3ml suv quying. So‘ngra yana uchta probirka olib, ularning har biriga 2 ml dan 0,1n H2SO4 eritmasidan oling. So‘ngra sekundamerni oldingizga quyib, birinchi (4ml Na2S2O3 eritmasi bor) probirkaga boshqa probirkadagi sulfat kislota eritmasidan 2 ml qo‘shing, tez chayqatib, loyqalanish vaqtini (tsek) qayd eting. Xuddi shu tartibda qolgan probirkalar ham aralashtirilib, loyqa hosil bo‘lish vaqtini yozib oling va quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Probir-kalar

Xajm, ml

Na2S2O3 ning shartli kontsentratsiyasi.


Loyqalan-ish vaqti, t sek

Reaktsiyaning shartli tez-ligi

Na2S2O3

H2O

H2SO4

A

B

S

1

4

0

2










2

2

2

2










3

1

3

2










b) Temir (III)-xloridning kaliy yodid bilan reaktsiyasi. Labora-toriyada Na2S2O3 bo‘lmasa ushbu reaktsiyani amalga oshirish mumkin. YUqoridagi tajriba kabi, uchta probirka olib, biriga 4ml KI eritmasidan, ikkinchisiga 2 ml KI va 2 ml suv, uchinchisiga esa 1 ml KI va 3 ml suv quying. Uchala probirkaning har biriga 2-3 tomchi yangi tayyorlangan kraxmal eritmasidan (yoki ozgina kraxmal kukunidan) qo‘shib yaxshilab aralashtiring. So‘ngra brinchi probirkaga 2 ml temir (III)-xlorid eritmasidan qo‘shish bilanoq tezda sekundomerni yurgizing va eritmaning ko‘karish vaqtini belgilang.
Reaktsiya quyidagi tenglama bo‘yicha boradi;
2FeCl3 + 2KI = 2FeCl2 + 2KCl + I2
Xuddi shu tartibda 2 va 3-nchi probirkalarga 2ml FeCl3 qo‘shib, ko‘karish vaqtini aniqlang. Tajriba natijalarini quyidagi jadvalga yozing.

Probir-kalar

Xajm, ml

Kining shartli konts-yasi

Ko‘karish vaqti, t sek

Reaktsiyaning shartli tezligi

KI

H2O

FeCl3

1

4

0

2

1







2

2

2

2

0,5







3

1

3

2

0,25








Download 52.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling