Probirka
№
|
Qo‘shilgan modda
|
Eritma rangining o‘zgarishi
|
Muvozanatning siljishi chapga, o‘ngga
|
1
|
FeCl3
|
|
|
2
|
NH4CNS
|
|
|
3
|
KCl
|
|
|
4
|
˚
|
|
|
Eritmalar rangining o‘zgarishiga qarab, muvozanatning qaysi tomonga siljishini L.SHatele qoidasi asosida izoxlang.
Kimyoviy reaksiya tezligi va kimyoviy muvozanat
Asbob va reaktivlar: Probirkalar, sekundomer, termometr, shisha tayoqcha, 10 ml hajmli silindrlar, spirt lampasi, qisqich, Na2S2O3 ning 0,3 n eritmasi, H2SO4 eritmasi (1: 200), Al metali kukuni, J2 kristallari, H2O2 ning 3% li eritmasi, MnO2, HCl ning 10% li eritmasi, marmar va bo`r kukunlari, FeCl3 ning 0,02n va to`yingan eritmalari, NH4CNS ning 0,02 n va to`yingan eritmalari, kraxmal kleysteri, yodli suv, NH4Cl kristallari.
Ishning bajarilishi
Reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog`liqligi.
Natriy tiosulfat bilan sulfat kislota o`rtasidagi reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Na2S2O3 + H2SO4 = Na2SO4 + SO2 + H2O + S
Oltita probirka olib, ularni probirkalar shtativiga uchtadan qilib alohida-alohida qo`ying. Birinchi uchta probirkaning har biriga H2SO4 ning suyultirilgan (1:200) eritmasidan 3 ml dan quying. Ikkinchi uchta probirkalardan birinchisiga 3 ml Na2S2O3 eritmasi va 6 ml distillangan suv, ikkinchisiga 6 ml Na2S2O3 eritmasi va 3 ml suv hamda uchinchisiga esa 9 ml Na2S2O3 eritmasidan quying. H2SO4 va Na2S2O3 eritmalarini o`lchashda alohida-alohida o`lchov silindrlaridan foydalaning. H2SO4 va Na2S2O3 eritmalari quyilgan probirkalarni probirkalar shtativiga juft-juft holatda joylashtiring.
Birinchi juftlik probirkalardagi H2SO4 va Na2S2O3 eritmalarini bir-biriga aralashtiring, chayqating va vaqtni belgilang. Eritmalar aralashtirilgandan toki loyqa hosil bo`lguncha o`tgan vaqtni sekundomer orqali aniqlang. Xuddi shunday tarzda qolgan juftlik probirkalardagi H2SO4 va Na2S2O3 eritmalari o`rtasidagi tajribalarni bajaring.
Tajriba natijalarini quyidagi jadvalga yozing:
Pro-
birkalar
raqami
|
Hajmi (ml hisobida)
|
Na2S2O3
ning shartli konsen-tratsiyasi
|
Vaqt,
, sek.
|
Reaksiya-
ning nisbiy tezligi
V = 100/
|
Na2S2O3 eritmasi
|
H2O
|
H2SO4 erit-masi
|
1.
|
3
|
6
|
3
|
1
|
|
|
2.
|
6
|
3
|
3
|
2
|
|
|
3.
|
9
|
0
|
3
|
3
|
|
|
Na2S2O3 ning nisbiy konsentratsiyasini abssissalar o`qida, reaksiyaning nisbiy tezligini esa ordinatalar o`qida aks ettirgan holda, reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog`liqlik grafigini chizing va tegishli xulosangizni yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |