Reaksiya tezligiga haroratning ta’siri. Odatda haroratning ko`tarilishi bilan reaksiya tezligi ortadi. Chunki, haroratning ko`tarilishi natijasida moddadagi zarrachalarning harakati kuchayadi. Natijada, reaksiyaga kirishuvchi moddalar zarrachalarining effektiv to`qnashuvlar soni ko`payadi va shunga muvofiq ravishda reaksiya tezligi ortadi.
Reaksiya tezligining haroratga miqdoriy bog`lanishini Vant-Goff qonuni orqali izohlanadi:
Harorat har 10oC ga ko`tarilganda reaksiyaning tezligi 24 marta ortadi.
Bu qonunning matematik ifodasi quyidagicha:
bo`ladi.
Bu yerda: Vt2 - harorat oshgandagi reaksiya tezligi;
Vt - reaksiyaning boshlang`ich haroratdagi tezligi;
- reaksiyaning harorat koeffitsienti (q24).
Reaksiyaning tezligiga katalizatorning ta’siri. Kimyoviy reaksiya tezligini oshirib, reaksiya natijasida tarkibi o`zgarishsiz qoladigan moddalar katalizatorlar deyiladi.
Reaksiya natijasida katalizatorlarning kimyoviy tarkibi va miqdori o`zgarmay qolsada, katalizatorlar hamma vaqt oraliq mahsulot tarkibiga kirib, so`ngra reaksiya oxirida erkin holda ajralib chiqadi.
Masalan:
CO + H2O CO2 + H2 + H
reaksiyasida katalizator sifatida Fe3O4 qo`llaniladi.
Dastlab, katalizator CO bilan reaksiyaga kirishadi:
CO + Fe3O4 = 3FeO + CO2
Hosil bo`lgan FeO suv bug`i bilan oksidlanadi:
3FeO + H2O = Fe3O4 + H2
Katalizatorlarning uzoq vaqt ishlatilishi natijasida ularning ta’siri yo`qoladi. Bunda katalizatorga turli moddalar ta’sir etishi natijasida katalizatorning aktivligi pasayadi. Katalizatorlarga ta’sir etib, uning aktivligini pasaytiruvchi moddalar katalitik zaharlar deyiladi.
Katalizatorlar xossasiga teskari xususiyatli moddalar ham mavjud. Kimyoviy reaksiya tezligini kamaytiruvchi moddalar ingibitorlar deyiladi.
Ingibitorlar ham xuddi katalizatorlar singari muhim amaliy ahamiyatga ega. Bunday moddalardan kimyo korxonalari jihozlari, isitish tarmoqlari va boshqalardagi metallarning kislota, asos va tuzlar eritmalari ta’sirida korroziyalanishdan saqlashda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |