2 Laboratioriya ishi Mashg’ulot: Reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvshi moddalar konsentrasiyasiga bog’likligi. Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi. Mashg’ulotdan maqsad


Kimyoviy reaktsiya tezligiga temperaturaning ta’siri


Download 52.09 Kb.
bet3/8
Sana15.02.2023
Hajmi52.09 Kb.
#1202826
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyo lab2

Kimyoviy reaktsiya tezligiga temperaturaning ta’siri
Asbob va reaktivlar: sekundamer, stakanlar (200 ml), suv hammomi, termometr, 2n Na2S2O3 va 2n H2SO4 eritmalari
Ish tartibi. Ikkita probirka olib, birinchisiga 2 ml 2n Na2S2O3 , ikkinchisiga shuncha 2n H2SO4 eritmasidan oling va har ikkalasini xona tempera-turasida turgan stakanli suvga tushiring. Suvning xaroratini termometr bilan o‘lchang. So‘ngra probirkalarni suvli stakandan olib, tezda aralashtiring va yana suvga tushirib, sekundomer yordamida loyqalanish vaqtini aniqlang.
SHunday boshqa yana ikkita probirka olib, yuqorida keltirilgan hajmda H2SO4 va Na2S2O3 eritmalaridan olib, temperaturani dastlabkisidan 10oS ga ko‘taring va shu temperaturada eritmalarni qo‘shib, aralashtirib loyqalanish vaqtini belgilang.
Uchinchi marta temperaturani yani 10oS ga oshrib, tajribani takrorlang.
Reaktsiyaning shartli tezligini xisoblab toping va abstsissa o‘qiga tajriba vaqtidagi temperaturalar (toC ; t + 10o ; t + 20o), ordinata o‘qiga esa reaktsiya tezligini qo‘yib, grafik chizing. Tajriba natijasi asosida reaktsiya tezligiga temperaturaning ta’sirini izoxlang.
Kimyoviy muvozanatning siljishi
Reaktivlar: FeCl3 va NH4CNS ning suyultirilgan va to‘yingan eritmalari, KCl (yoki NH4Cl) kristallari.
Ish tartibi. Stakanga 10 ml dan temir (III)-xlorid va ammoniy rodanidlarning suyultirilgan eritmalarini solib, aralashtiring. Hosil bo‘lgan qo‘ng’ir-qizil rangli eritmani to‘rtta probirkaga (5 ml dan) teng bo‘ling. Birinchi probirkaga temir (III)-xloridning to‘yingan eritmasidan 2-3 tomchi, ikkinchisiga NH4CNS ning to‘yingan eritmasidan 2-3 tomchi, uchinchisiga esa ozgina KCl yoki NH4Cl kristallardan soling va probirkalarni yaxshilab aralashtiring. Uchta probirkalardagi eritmalarning rangini to‘rtinchi probirkadagi etalon eritmaning rangi bilan solishtiring.
Reaktsiya tenglamasini va reaktsiyaning muvozanat konstantasining ifodasini yozing. Eritmalar rangining o‘zgarishiga qarab muvozanatning qaysi tomonga siljishini Le-SHatele qoidasiga muvofiq tushintiring.
Tajriba natijalarini quyidagi jadval shaklida yozish mumkin.


Download 52.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling