2 laboratoriya ishi
Moddalar konsentrasiyasining ta’siri
Download 63.28 Kb.
|
2 - laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaksiya tezligiga haroratning ta’siri.
Moddalar konsentrasiyasining ta’siri. Ma’lumki, moddalar bir turdan ikkinchi turga o‘tishi, ya’ni kimyoviy reaksiya borishi uchun reaksiyada ishtirok etuvchi moddalar molekulalari o‘zaro to‘qnashuvi kerak. Agar biror hajm (yoki yuza) birligida ma’lum vaqt oralig‘ida zarrachalarning o‘zaro to‘qnashuvlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangi modda hosil bo‘lishi ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. O‘z - o‘zidan ayonki, zarrachalar soni bevosita moddalarning konsentrasiyasi (hajm birligiga to‘g‘ri keladigan “mol” lar soni)ga bog‘liq bo‘lgani uchun reaksiyaning tezligi bevosita moddalarning konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagi bog‘liqlikni K.M.Guldberg va M.Vaage (1867 yil) o‘rganib turli reaksiyalar uchun massalar ta’siri qonunini kashf etgan. Bu qonunga ko‘ra:
kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentrasiyalarining ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsionaldir. Bu qonun kimyoviy kinetikaning asosiy qonuni deyiladi va aA + bV pC + dD reaksiya uchun uning matematik ifodasi: (to‘g‘ri reaksiya uchun) (teskari reaksiya uchun) holida yoziladi. Agar reaksiyada gazsimon moddalar ishtirok etayotgan bo‘lsa, konsentrasiya o‘rniga har bir gazning parsial (xusustiy) bosimi yoziladi: va Agar reaksiyada qattiq modda ishtirok etsa: FeOq + H2(g) H2O(g) + Fe reaksiyasi uchun tezlik ifodasi Vto‘g`ri = K* ko‘rinishida bo‘ladi, ya’ni tezlik formulasida qattiq modda konsentrasiyasi yozilmaydi. Chunki, qattiq modda reaksiyada faqat sirti bilan reaksiyaga kirishadi va bunda uning konsentrasiyasi o‘zgarmas bo‘lib doimo “1 mol/l” ga teng deb olinadi va odatda “1” raqami formulalarda yozilmaydi, ya’ni [C(qattiq) = cons = 1 mol/l]. Reaksiya tezligiga haroratning ta’siri. Harorat ortishi bilan sistemadagi aktiv molekulalarning ulushi ortadi, demak, vaqt birligi ichidagi aktiv molekulalarning to‘qnashuv soni ham ortadi. Shuning uchun harorat har 10 0C orttirilganida reaksiya tezligi ham 2-4 marotaba ortadi. Harorat har 100C ko‘tarilganida reaksiya tezligini necha marta ortishini ko‘rsatuvchi son reaksiyaning harorat koeffisiyenti deyiladi. Odatda u 2 - 4 ga teng. Harorat koeffisiyenti ikkiga teng bo‘lgan holat uchun reaksiya tezligining haroratga bog‘liqligini matematik ifodasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: va - haroratning oxirgi va boshlangich qiymatiga to’g‘ri keladigan reaksiya tezliklari; t – harorat farqi, - reaksiya tezligining harorat koeffisiyenti, uning qiymati 2 dan 4 gacha bo’ladi. Misol. Agar reaksiyaning harorat koeffisiyenti 2 ga teng bo‘lsa harorat 20 0C dan 50 0C ga ortganda kiyoviy reaksiyaning tezligi qanday o‘zgaradi? 500C = 200C 2 50-20/10 = 200C 23 = 8 ya’ni reaksiyaning tezligi 8 martagacha ortadi. Download 63.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling