2 laboratoriya ishi


Kimyoviy muvozanatning siljishi


Download 63.28 Kb.
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi63.28 Kb.
#1416872
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - laboratoriya ishi

Kimyoviy muvozanatning siljishi. Kimyoviy muvozanat holati asosan uchta qiymatga bog‘liq:
a) reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentrasiyasi;
b) harorat va
v) bosim (agar reaksiyada gaz moddalar ishtirok etsa).
Ko‘rsatilgan qiymatlarning birortasi o‘zgarsa ham kimyoviy muvozanat buziladi va reaksi-yada ishtirok etayotgan barcha moddalarning konsentrasiyalari o‘zgaradi. Reaksiya mahsulotlari konsentrasiyalarining ko‘paytmasining boshlang‘ich moddalar konsentrasiyalari ko‘paytmasiga nisbati ayni reaksiya uchun shu haroratdagi muvozanat konstantasiga teng bo‘lgunigacha konsentrasiyaning o‘zgarishi davom etadi. Bu holda yana to‘g‘ri va teskari reaksiyalarning tezligi tenglashadi. Bu moddalar konsentrasiyasi oldingi holatdagiga nisbatan boshqacharoq bo‘ladi.
Muvozanatning buzilishi bilan konsentrasiyalarning o‘zgarish jarayoni muvozanatning siljishi deyiladi. Agar bunda tenglamaning o‘ng tomonidagi moddalar konsentrasiyasi ortsa muvozanat o‘ng tomonga siljigan; agar tenglamaning chap tomonidagi moddalarning konsentrasiyasi ortsa muvozanat chap tomonga siljigan deyiladi.
Agar muvozanatda turgan sistemaga tashqi ta’sir ko‘rsatilsa (C-konsentrasiya, T-bosim, P-temperatura) sistema bu ta‘sirni kamaytiruvchi reaksiya
tomonga siljiydi. Bu prinsipni 1884 yil Le - Shatele isbotlab berdi.
1) Konsentrasiyaning ta’siri: Reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentrasiyasi oshirilganda
kimyoviy muvozanat hosil bo‘layotgan mahsulotlar tomoniga siljiydi. Mahsulot konsentra-
siyasi oshirilsa, muvozanat reagentlar hosil bo’lishi tomoniga siljiydi.
2) Temperaturaning ta’siri: Temperatura oshirilsa kimyoviy muvozanat endotermik reaksiya
(issiqlik yutilish) tomonga siljiydi. Temperatura pasaytirilsa, kimyoviy muvozanat ekzoter-
mik reaksiya (issiqlik chiqish) tomonga siljiydi.
3) Bosimning ta’siri: Bosim oshirilsa, kimyoviy muvozanat hajm kam tomonga siljiydi. Bo-
sim pasaytirilsa, kimyoviy muvozanat hajm ko’p tomonga siljiydi. Agar reaksiya tengla-
masining chap tomonidagi molekulalar soni, o‘ng tomonidagi molekulalar soniga teng
bo‘lsa, bosimning o‘zgarishi kimyoviy muvozanatning siljishiga ta’sir etmaydi. Misol uchun
muvozanat holatidagi gaz sistemasini ko‘ramiz:
N2 + 3 H2  2 NH3 – 46,2 kJ/mol
Le-Shatele prinsipiga ko‘ra biror-bir komponentning konsentrasiyasini kamaytirish muvozanatni shu komponentning hosil bo‘lish tomoniga siljitadi. Keltirilgan sistemada azot yoki vodorodning konsentrasiyasini kamaytirish muvozanatni ammiakning parchalanishi tomon siljitadi va aksincha. Harorat oshirilganda muvozanat endotermik jarayon tomon (ayni misolda teskari reaksiya tomon), harorat pasaytirilganda - ekzotermik reaksiya tomon (misolda o‘ng tomon) siljiydi.
Bosim orttirilganda muvozanat kam sonli gaz molekulalari hosil bo‘lishi tomon, ya’ni kam hajmli gaz moddalar hosil bo‘lishi tomon (ayni misolda to‘g‘ri reaksiya tomon) siljiydi.
Katalizatorlar to‘g‘ri va teskari reaksiyalarning tezligini bir xilda o‘zgartiradi, sistemada muvozanatning tezroq qaror topishiga yordam qiladi. Ammo kimyoviy muvozanat holatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Download 63.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling