2 laboratoriya ishi


Download 63.28 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi63.28 Kb.
#1416872
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - laboratoriya ishi

Asbob-uskunalar: probirkalar, gazometr, kristallizator, gaz o‘tkazuvchi naylar, filtr qog‘oz, chinni hovoncha, yumaloq tubli kolba, rezina tiqin, probirka shtativi, shisha stakanlar, o‘lchov byuretkalari, shtativlar, harorat termometri, issiq suv, vaqt o‘lchash uchun sekundomer.


1 - tajriba. Kimyoviy reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishuvchi moddalar
konsentrasiyasining ta’siri.


Ishning borishi: a) 1n natriy tiosulfat Na2S2O3 eritmasiga 2n H2SO4 eritmasidan quying. Eritmaning loyqalanishini kuzating. Bunda loyqalanish natriy tiosulfatniтп sulfat kislotasi bilan reaksiyasi natijasida erkin oltingugurt ajralib chiqishi bilan bog‘liqdir:
Na2S2O3 + H2SO4 Na2SO4 + SO2 + H2O + S
Reaksiya boshlanishidan to sezilarli darajada eritmaning loyqalanishigacha bo‘lgan vaqt reaksiya-ning tezligini tavsiflaydi.
Ishning borishi: b) Uchta raqamlangan probirkalarga natriy tiosulfatning suyultirilgan (1:200) eritmasidan birinchisiga - 5 ml, ikkinchisiga - 10 ml, uchinchisiga - 15 ml quying. So‘ngra birinchi probirkaga 10 ml, ikkinchisiga - 5ml suv quying, uchinchi probirkaga suv quymang. Boshqa uchta probirkaga 5 ml dan suyultirilgan (1:200) sulfat kislota eritmasidan quying. Har bir natriy tiosulfat eritmasi solingan probirkalarga aralashtirib turgan holda 5 ml dan tayyorlangan sulfat kislota eritmasini quying va har bir probirkaga kislota quyilgandan loyqa hosil bo‘lgunga qadar bo‘lgan vaqtni aniqlang.
2.1 - jadval
Tajriba natijalarini quyidagi shaklda to‘ldiring:



Probir-ka raqami

Na2S2O3 eritmasi-ning hajmi, ml

Suvning hajmi, ml

H2SO4 eritma-sining hajmi, ml

Eritma-ning umumiy hajmi, ml

Na2S2O3 ning shartli konsent-rasiyasi

Loyqa hosil bo‘lgun-cha o‘tgan vaqt, 

Reaksi-yaning tezligi (shartli birliklar-da) =1/

1

5

10

5

20

1 C







2

10

5

5

20

2 C







3

15

-

5

20

3 C







Shu qiymatlarni grafik usulda ham tasvirlang. Bunda absissa o‘qiga Na2S2O3 ning shartli konsentra-siyasini, ordinata o‘qiga reaksiya tezligini  = 1/ qo‘ying.


Reaksiya tezligining konsentrasiyaga bog‘liqligi haqida xulosa chiqaring.



Download 63.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling