2 laboratoriya ishi


c) Geterogen kimyoviy reaksiyalarning tezligi


Download 63.28 Kb.
bet8/8
Sana30.04.2023
Hajmi63.28 Kb.
#1416872
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - laboratoriya ishi

c) Geterogen kimyoviy reaksiyalarning tezligi.


Ishning borishi: 50 ml hajmdagi kolbaga 0,2 g rux va temir kukunidan soling, unga 20 ml 2n sulfat kislota eritmasidan soling. Kolbani tezda gaz o‘tkazuvchi nay bilan berkiting. Gaz o‘tkazuvchi nayning ikkinchi uchini suv bilan to‘ldirilgan byuretkaga kiriting va 5 daqiqa davomida ajralib chiqqan vodorod hajmini aniqlang. Tajribani doimiy haroratda va reaksiyaga kirishayotgan moddalar aralashmasini doimo chayqatib turgan holda o‘tkazing.
Shu tajribaning o‘zini 0,2 g temir qirindisi yoki rux granulalari ishtirokida bajaring.
Geterogen sistemada o‘tkazilayotgan reaksiyaning tezligiga reaksiyaga kirishuvchi moddalarning yuzasi qanday ta’sir ko‘rsatadi?


4 - tajriba. Kimyoviy muvozanatning siljishi.


Ishning borishi: Probirkaning yarim hajmigacha distillangan suv quying va unga bir tom-chidan temir (III)-xlorid bilan kaliy rodanid yoki ammoniy rodanidning kontsentralangan erit-malaridan qo‘shing. Hosil bo‘lgan rangli eritmani to‘rtta probirkaga bo‘ling va ulardan birini tajriba natijalarini solishtirish uchun etalon sifatida olib qo‘ying.
So‘ngra birinchi probirkaga 3-4 tomchi FeCl3 ikkinchisiga 2-3 tomchi KSCN yoki NH4SCN eritmasidan tomizing, uchinchisiga esa ozgina KC1 yoki NaC1 kristallidan soling va probirkalarni yaxshilab chayqating. Hosil bo‘lgan eritmalarning rangini etalon sifatida olib qo‘yil-gan probirkadagi eritma rangi bilan solishtiring. Reaksiya tenglamasini va reaksiyaning muvozanat konstantasi ifodasini yozing. Eritmalar rangining o‘zgarishi bilan muvozanatning qaysi tomonga siljishini aniqlang va natijalarni hisobotga yozing.


5 - tajriba. Harorat o‘zgarishining kimyoviy muvozanatga ta’siri.


Ishning borishi: Kraxmalga yod ta‘sir ettirilganda ko‘k rangli murakkab tarkibli barqaror modda hosil bo‘ladi. Bu ekzotermik (issiqlik ajralishi bilan sodir bo‘ladigan) reaksiyadir. Sistemaning muvozanatini shartli ravishda quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:
Kraxmal + yod = rangli modda + Q
Ikkita probirkaning har biriga 2 - 3 ml dan kraxmal eritmasidan solib, ustiga 2 - 3 ml dan yodli suv qo‘shing. Ko‘k rangning paydo bo‘lishiga ahamiyat bering. Probirkalardan birini qizdiring. Qizdirilganda eritma rangining o‘zgarishini (yoki butunlay yo‘qolishini) Le - Shatele prinsipi asosida tushuntirib bering.
Download 63.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling