2 laboratoriya ishi


Kimyoviy muvozanat siljishiga moddalar konsentrasiyasining ta’siri


Download 63.28 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi63.28 Kb.
#1416872
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - laboratoriya ishi

Kimyoviy muvozanat siljishiga moddalar konsentrasiyasining ta’siri. Agar ammiak hosil bo`lishi reaksiyasida (muvozanatda turgan) daslabki moddalardan N2 (yoki H2) ning konsentrasiyasini oshirsak massalar ta’siri qonuniga ko‘ra
Vto‘g`ri = Kto‘g`ri [N2]*[H2]3
ifodaga muvofiq to‘g‘ri reaksiya tezligi ortishiga olib keladi. Bunda sistemada N2 va H2 ning miqdori kamaya boshlaydi. NH3 miqdori muvozanat holatidagiga nisbatan ortadi. Reaksion aralashmada NH3 miqdorining ortishi o‘z navbatida teskari reaksiya
NH3 N2 + 3H2
tezligi Vtekari ortishiga sabab bo‘ladi va ma’lum vaqtdan so‘ng sistemada yangi muvozanat holati qaror topadi. Bu muvozanatda turgan sistemada yana N2 (yoki H2 )ning miqdorini oshirsak yana xuddi yuqoridagi singari holat qaytariladi. Kimyoviy muvozanat o‘ng tomonga siljiydi (Vto‘g`ri > Vteskari) va yana qaytadan muvozanat qaror topadi (Vteskari = Vto‘g`ri).
Agar sistemada reaksiya mahsuloti NH3 ning miqdori oshirilsa, muvozanat teskariga - chapga siljiydi (Vto‘g`ri < Vteskari) va yana qaytadan muvozanat qaror topadi.
Umuman, muvozanatda turgan sistemada daslabki moddalar konsentrasiyasining ortishi bu moddalar miqdorini kamaytiruvchi reaksiya tezligi ortishi (Vto‘g`ri > Vteskari) ga olib keladi, muvozanat o‘ngga, ya’ni reaksiya mahsulotlari miqdori ortishi tomonga siljiydi.
Reaksiya mahsulotlaridan birining miqdorini ortishi, shu mahsulot miqdorini kamaytiruvchi reaksiya, ya’ni daslabki moddalar hosil bo‘lish reaksiyasi (Vto‘g`ri < Vteskari) tezligi ortishiga, muvozanatning chapga siljishiga olib keladi.


Mavzuga oid tajriba ishlari

Ishning maqsadi: Kimyoviy kinetika haqidagi tushunchalarni o‘zlashtirish, kimyoviy reaksiyalarning tezligini, unga turli omillarning ta’sirini, kimyoviy muvozanat va uning siljishini o‘rganish.


Reaktivlar: distillangan suv, natriy xlorid (oq kristall modda), temir (III) - xlorid (qizg‘ish qo‘ng‘ir rangli eritma), kaliy radonid (rangsiz eritma), ammoniy radonid (rangsiz eritma), natriy tiosulfat (rangsiz eritma), sulfat kislota (rangsiz eritma), 10%li xlorid kislota (rangsiz eritma), mis (II)- sulfat eritmasi, nitrat kislota eritmasi, marganes (II)- nitrat eritmasi, kumush nitrat eritmasi, ammoniy nitrat tuzi, temir (III)- xlorid tuzi, kaliy dixromat tuzi, vodorod peroksid eritmasi, marganes (IV)- oksid, qo‘rg‘shin (IV)- oksid, oltingugurt (IV)- oksid gazi, gliserin, bariy xlorid eritmasi, oksalat kislotaning 5% li eritmasi, kaliy permanganat eritmasi, marganes (II)- sulfat eritmasi, sirka kislotasi, rux bo‘lakchalari, qo‘rg‘oshin (II) - nitrat tuzi, kaliy yodid tuzi, rux va temir kukuni, temir qirindisi,rux granulalari. Indikatorlar- neytral lakmus (siyoh rang eritma), fenolftalein (rangsiz eritma), metiloranj (sarg‘ish eritma), universal indikator va lakmus qog‘ozlari.

Download 63.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling