2 Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Asab-mushak preparatini tayyorlash. Asab-mushak preparati tayyorlash -2 soat Ishdan maqsad
Download 19.99 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish anjomlari
2 - Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Asab-mushak preparatini tayyorlash. Asab-mushak preparati tayyorlash -2 soat Ishdan maqsad Talabalarga baqani harakatsizlantirish usullarini o‘rgatish. Fiziologiya laboratoriyasida olib boriladigan bir qator tajribalar baqa ustida olib boriladi. Bu har tomonlama oson va tajribani bajarishda qulayligi bilan boshqa hayvonlar ustida o‘tkaziladigan tajribalardan farq qiladi. Ish anjomlari Preparovka asboblari yig‘indisi, katta voronka, paxta tamponi, 10 % spirt, efir. Tajriba o‘tkazish tartibi Baqa ustida olib boriladigan o‘tkir tajribalarni bajarishda avvalo uni harakatsizlantirish zarur. Bu ishni bajarishda noqulayliklarga olib kelishni oldini oladi, hamda tajribani to‘la to‘kis bajarishga imkon beradi. Harakatsizlantirish usullari bir nechta bo‘lib, ulardan biri narkoz berish usulidir. Narkotik modda sifatida efirdan foydalaniladi. Bunda tarelkaga yopilgan katta voronka tagiga baqa va efir shimdirilgan paxta tamponi joylashtiriladi. Ayrim hollarda efir o‘rniga 10% li spirt eritmasi ham ishlatiladi. 250-300 ml spirt eksikatorga qo‘yiladi va unga baqa joylashtiriladi. Baqaning limfatik qoplariga miorelaksantlarni yuborish yo‘li bilan ham uni harakatsizlantirish mumkin. Miorelaksantlar qo‘zg‘alishning asabdan mushakka o‘tishini buzuvchi va shu bilan skelet muskullarini bo‘shashtiruvchi modda hisoblanadi. Baqa ko‘pincha uning markaziy asab tizimi - orqa va bosh miyani buzish orqali harakatsizlantiriladi. MAT ni buzish 2 xil usulda amalga oshiriladi. Ya'ni boshi saqlangan holda va boshini olib tashlangan (dekapitatsiya) holda amalga oshiriladi. Ikkala usulda ham baqaning boshdan pastki qismi orqa oyoqlari yozilgan, oldingi oyoqlari esa tanaga yig‘ilgan holda doka bilan o‘rab ushlanadi. Birinchi usul yordamida baqa harakatlansizlantirilganda baqa chap qo‘lga olinib, qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i yordamida bosh va umurtqa pog‘onasi o‘rtasida ma'lum burchak hosil qilingan holda kallasi oldinga egiladi. Keyin ignani yengil bosish bilan boshning yuqoridan pastka tomon bo‘yinning birinchi umurtqa pog‘onasi va ensa suyagi sohasidagi o‘rta chiziq bo‘ylab membranaga to‘g‘ri keluvchi chuqurlikka sirg‘alib ketmaguncha kiritiladi. Shu yerda teri va parda teshilib, igna bosh miya bo‘shlig‘iga kiritiladi va bir qancha harakatlar yordamida bosh miya buziladi. Bosh miya ishdan chiqarilgach, igna chiqarilib orqa miya kanaliga yo‘naltiriladi va aylanma harakat bilan orqa miya ham buziladi. Dekapitatsiya usulida baqaning jag‘lari orasiga qaychining bir dami kirgizilib, ustki jag‘ va oldingi miya ko‘z qabarig‘i orqasidan kesiladi. So‘ng ochilgan umurtqa pog‘onasi kanaliga igna kiritilib, orqa miya buziladi. Download 19.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling