2 Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Asab-mushak preparatini tayyorlash. Asab-mushak preparati tayyorlash -2 soat Ishdan maqsad
Asab-mushak preparatini tayyorlash
Download 19.99 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish anjomlari
- Nazorat uchun savollar
Asab-mushak preparatini tayyorlash
Ishdan maqsad Mushak va asabning fiziologik xossalarini o‘rganish uchun ko‘pincha baqaning orqa oyoqlaridan tayyorlangan asab va mushak preparatlaridan foydalaniladi. boldir mushagi va uni innervatsiya qiluvchi quymich asabi klassik asab-mushak preparati hisoblanadi. Ish anjomlari Preparovka asboblari yig‘indisi, jomcha, doka salfetkalar, jarrohlik stoli, inger eritmasi va baqa. Tajriba o‘tkazish tartibi Baqa harakatsizlantirilgach, tanasining pastki qismi salfetkaga o‘raladi, so‘ng katta qaychi yordamida umurtqasi bel qismining 1 sm yuqo-risidan kesiladi. Shundan keyin baqaning orqa oyoqlaridan ushlanib, qaychi bilan terisi, mushaklari, ichki organlari kesiladi va tanasining old qismi bilan olib tashlanadi. Orqa oyoqlaridan terisi shilib olinadi. buning uchun ikkta salfetka olinib, biri umurtqa pog‘onasi qoldig‘idan, boshqasi baqa terisidan ushlanib, qo‘lning tez harakati bilan teri uning orqa oyoqlaridan shilib olinadi. Ayrim tajribalarda baqaning orqa oyog‘idan preparat olinadi. Orqa oyoqlar preparati umurtqa pog‘onasi qoldig‘idan chap qo‘lga olinadi, natijada dum suyagi yuqoriga bo‘rtib chiqadi va u qaychi yordamida kesib tashlanadi. Shundan keyin qorin (ventral) tomonga ag‘dariladi. Hosil bo‘lgan darcha orqali ko‘z nazoratida qaychi bilan orqa oyoqlar preparati umurtqa pog‘onasi va tos suyaklari chigali asablarini jarohatlamagan holda o‘rtasidan uzunasiga kesiladi va orqa oyoqlaridan ikkita preparat olinadi. Hosil bo‘lgan preparatning biri renger eritmasi bilan stakanda saqlanadi, ikkinchisidan esa asab mushak preparati tayyorlashda foydalaniladi. Asab-mushak preparatini tayyorlash tovon (axill) payi tomonidan boshlanadi. Axill payi tagiga qaychining bir dami o‘tkazilib, boldir mushagi uzunasiga ajratiladi va axill payi kesiladi. Payning so‘ngi qismi pinset bilan ushlangan holda boldir mushagi atrofidagi boshqa to‘qimalar bilan birlashtiruvchi fassiya uziladi va boshqa tomonga ajratiladi. Asabni preparovka qilishda preparat orqa (dorsal) tomonga ag‘dariladi. Qo‘llarning ikkala bosh barmoqlari yordamida son mushaklari ikki tomonga ajratiladi va chuqurlikda yotgan asab jildiriladi. Shisha ilgak yordamida asab umurtqa pog‘onasidan boshlab to tizza bo‘g‘imigacha ajratiladi. Keyin asab chiqqan umurtqa pog‘onasi asab bilan tos suyagidan ajratib, kesib olinadi, quymich asabining tarmoqlari kesiladi. Asablar tizza bo‘g‘imigacha ajratilgach, orqa oyoqning tizza bo‘g‘imi yuqori va pastki qismlaridan kesiladi va asab-mushak preparati olinadi. Izolyasiya qilingan mushak preparatini tayyorlash uchun asab-mushak preparatidan asab kesib tashlanadi. Nazorat uchun savollar Nima uchun baqa harakatsizlantiriladi? Baqani harakatsizlantirish qanday amalga oshiriladi? Baqani harakatsizlantirishning qanday usullarini bilasiz? Harakatsizlantirilgan baqa ustida qanday tajribalar o‘tkazish mumkin? Asab-mushak preparati qanday tayyorlanadi? Asab-mushak preparatini tayyorlashdan maqsad nima? Hosil bo‘lgan preparatni nima uchun Renger eritmasida saqlanadi? Hosil bo‘lgan preparatda qanday tajribalarni bajarish mumkin? Download 19.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling