2-laboratoriyaishi. Mavzu: Informatika o`qitishda test orqali nazorat shaklining ahamiyati. Nazariy ma`lumot


Download 40.03 Kb.
bet2/2
Sana10.02.2023
Hajmi40.03 Kb.
#1185879
1   2
Bog'liq
2 laboratoriya

Baholash turlari va shakllari. Har bir ishchi fan dasturi mashg`ulot va baholash turlari, ularning shakllari va mezonlari ko`rsatilgan holda kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta`lim muassasasi (fakultet)ning o`quv-uslubiy kengashida muhokama etiladi va oliy ta`lim muassasasi o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Fan bo`yicha baholash turlari, shakllari, tartibi, soni hamda mezonlari haqidagi ma`lumotlar talabalarga professor-o`qituvchilar tomonidan dastlabki mashg`ulotlarda e`lon qilinadi.
Talabalarning fan bo`yicha o`zlashtirishi oraliq va yakuniy baholash turlari orqali aniqlanadi. Fan xususiyatidan kelib chiqib, oily ta`lim muassasasi (fakultet)ning o`quv-uslubiy kengashi qarori bilan ushbu fandan oraliq baholash o`tkazililshi mumkin.
Oraliq baholash (OB) – semester davomida ishchi fan dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash turi hisoblanadi. OB talaba tomonidan ishchi fan dasturining tegishli bo`limlari mazmunini o`zlashtirish darajasi, talabaning adabiyotlar bilan ishlash amaliy ko`nikmalari, muammoli va ziyatlarni hal etish (keys-stadi), tahlil, mantiqiy fikrlash, o`z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini aniqlashga qaratiladi.
Harbir fan bo`yicha OB soni (bir semestrda 2 ta dan oshmasligi lozim) va shakli (yozmaish, og`zaki, test, kollokvium, hisob-grafikaishi, ijodiy topshiriq va hokazo) fan xususiyati va unga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi.
OBishchi fan dasturiga asosan dekanat tomonidan belgilangan jadval asosida o`kaziladi. Talaba OBni belgilangan muddatlarda topshirishi shart. Hajmi (umumiy auditoriya soati) semester davomida haftasiga to`liq 2 akademik soatdan kam bo`lgan fanlardan OB o`tkazilmaydi. Amaliy (seminar), laboratoriya mashg`ulotlari va mustaqil ta`lim topshiriqlarining natijalari OBda inobatga olinadi.OB asosan o`quv mashg`ulotlari davomida amalga oshiriladi.
Talabaning OBdan olgan ijobiy baholari asosida unga yakuniy baholashni topshirishga ruxsat beriladi.
Yakuniy baholash (YAB) – semest ryakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarning talaba tomonidan o`zlashtirish darajasini aniqlash turi hisoblanadi. YAB talaba tomonidan ishchi fan dasturining semestrga mo`ljallangan bo`limlari mazmunini o`zlashtirish darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, amaliy ko`nikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tizimli va tanqidiy tahlil qila olishi, o`z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini aniqlashga qaratiladi. YAB tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, og`zaki so`rov, test, ijodiy ish va kafedra tomonidan belgilangan boshqa shakllarda o`tkaziladi.
Tоpshiriqlar
1. 8-9 sinf darsligidan foydalanib, 20 ta test paketini ishlab chiqing.
2. 10-11 sinf darsligidan foydalanib, 20 ta test paketini ishlab chiqing.
3. Kompyuterda “TEST_PDK” deb nomlangan test sinovi dasturi bilan ishlang.
4. Dastur yordamida tuzilgan test savollarini kiriting va dastur talablariga javob yozing.
5.Mytest.student dasturidan foydlanib testlar paketi tayyorlang.
6.Easy quizzy dasturidan foydlanib testlar paketi tayyorlang.
7. Kiritilgan test savollari asosida bir-biringizni sinovdan o`tkazing.
8.Testlar bazasini shakllantiring.


Nazorat uchun savollar:

1.O`quvchilarni baholashning mohiyatini tushuntiring.


2.O`quvchilarni baholash turlari haqida ma`lumot bering.
3.O`quchilar bilimini baholash davomida oraliq nazoratning ahamiyatini tushuntiring.
4.O`quchilar bilimini baholash davomida yakuniy nazoratning ahamiyatini tushuntiring.
5.O`quchilar bilimini baholash davomida baholash mezoni ahamiyatini izohlang?
Download 40.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling