2. Manzarali o'simliklar bo'limi. Ibn Sinoning ta`lim-tarbiya haqidagi qarashlari. Tirik tabiat burchagidagi o'simliklar
Download 29 Kb.
|
26 variant javobi
26.26 1.Pedogogika texnologiyaning uziga xos xususiyatlari. 2.Manzarali o'simliklar bo'limi. 3.Ibn Sinoning ta`lim-tarbiya haqidagi qarashlari. 4.Tirik tabiat burchagidagi o'simliklar. 5.Ekskursiyalar 1. Texnologik jarayon – mehnat qurollari bilan mehnat vositalari (xom ashyo) yordamida mahsulot yaratishdir. Ishlab chiqarishdagi barcha texnologik jarayonlar ishchi qo'li, mehnat vositalari va xom ashyo bilan turli tovarlar mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan jarayondir. Keyingi yillarda ta'limdagi texnologiya masalalmriga qiziqish tobora kuchaymokda. Darxaqikat ta'limda xam o’ziga xos texnologiyalar bo’lib, bu texnologichlar orqali o’qituvchi o'quvchiga ta'sir etib, unda ma'lum malaka va insoniy sifatlar shakllantiriladi.Pedagogik texnologiya o'quvchilarga fan asoslarini o’rgatishdan boshlanadi. Ma'lumki insonga avvaldan noma'lum narsalar hakida bilimlar beradigan ma’lumotlarga fan deyiladi.Bilimlardan material va boyliklar yartiladi.Bunday jarayon ham texnologiya hisoblanadi. Fan bilan texnologiya o’rtasida yaqqol chegara yo’k.Fan texnologiya rivojlanishiga ta'sir etsa texnologiya xam o’z navbatida fan taraqqiyotiga kuchli ta'sir o’tkazadi. Shu boisdan ham maktablarda turli fan asoslaridan o’quvchilarga ta'lim berishda qo’llanilayotgan texnologiyalar bir tomondan o'quvchilarga ta'lim berish ularga turli shaxsiy sifatlar hosil qilish kabi ilimli bilmii zamon talablari sosida tarbiyalangan yoshlar tayyorlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan bu texnologiyalar turli fanlarni o’qitish uslubiyoti fani taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shadi. Pedagogik texnologiya shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o’zida aks ettiradigan va yakuniy natijani ta'minlaydigan pedagogik faoliyatdir. Texnologiya tartibiga solish kuchiga ega. U erkin ijod qilishga undaydi. Pedagogik texnoligiya murakkab jarayon sifatida qator o’qitish bosqichlaridan, ayni bosqichlarni o’rganishga qaratilgan ammallardan iborat bo’ladi. Pedagogik texnoligiya o’z tarikibiga. Ta'lim maqsadlarini ishlab chiqish:Ta'lim maqsadlari taksonomiyasini ishlash:Ta'lim maqsadlarini sinov (test) topshiriqlariga aylantirish:Maqsadga erishish yo’llarini aniqlash:Maksadga nechog’li erishganligini baxolash kabilar kiradi. Ilg’or pedagogik texnologiya ta'lim berish va o’zlashtirish sistemasi usullarini yaratish, qo’llash, ularni yagona tizimga keltirish yo’li bilan inson saloxiyati va texnik vositalarini barcha imkoniyatlaridan muvofiq ravishda foydalanib, ta'lim berishning eng maqul yo’lidir. Yuqoridagi ta'rifning muhim tomoni uzlashtirish usullari sistemasining kursatilganligidir. Binobarin, pedagogik texnologiyaning asosini sistemali munosabat tashkil etadi. An'anaviy ta'limda o’quv materialining maksad va vazifalari, mazmuni o’qitish metodlari bilimlarnii nazorat qilish ko’pincha bir biridan ajralgan holda amalga oshriladi. Bunday o’qitishda o'quvchilar turli tayyor axborotlarni yeshitish, esda qolishga jalb etiladi. Baholangki ta'lim faqat turli axborotlarni eshitish, yodlash, esda saqlash emas, balki o’z bilimlaridan foydalangan holda turli sohalarda mustaqil faoliyat kursata oladigan yoshlarni tarbiyalash kerak bo’ladi.Pedagogik texnologiya ma'lum bir ta'lim tarbiya jarayonini amalga oshirishning pedagogik sistemasidir. Pedagogik sistema o’z ichiga bir-biri bilan chambarchas bog’langan quyidagi struktura qismlarini: 1.o'qituvchilar 2.ta'lim maqsadlari 3.tarbiya maqsadlari 4.ta'lim tarbiya jarayonlari 5.o’qituvchini 6.ta'lim tarbiya jarayonini tashkiliy shakllarini o’z ichiga oladi. Har qanday pedagogik texnologiyaning asosi uning maqsadlari aniqlashdan boshlanishi kerak.An'anaviy ta'limdagi dars texnologiyalaridagi asosiy kamchiliklar o’rganiladigan mavzuning aniq maqsad va vazifalarini belgilamasdan ish yuritish, turli o’quv rejalari dasturlar tayyorlash, darslik o’quv qo’llanmalari chop etishda namoyon bo’ladi. ta'limga bunday nuqtai nazarda yondashish chalkashliklarga sabab bo’ladi. 2.Manzarali o'simliklar bo'limida quyidagi o'simliklar bir yilliklardan: -baxmalgul tamaki: ikki yilliklardan: -kartoshkagul, gulsafsar. Butalardan:-siren, chirmashib o'sadigan o'simliklar-yovvoyi tok, pechakgul.Manzarali o'simliklar bilan V-VI va IX sinf o'quvchilari yovvoyi o'simliklarni madaniylashtirish bo'yicha chatishtirish, payvandlash parxishlab ko'paytirish, kun uzunligini tasiri, o'g'itlab sug'orishning ta'siri, shonalarni chilpish bilan o'simlikni gullash vaqtini o'zgartirish bo'yicha tajribalar o'tkazadilar. 3.Abu Ali Ibn Sino – butun musulmon Sharqning ulkan qomusiy axli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyondalaridan biridir. Ibn Sino o'rta asr fanining turli sohalari falsafa, tibbiyot tabiatshunoslik, badiiy adabiyot bo'yicha yozgan asarlari bilan o'chmas iz qoldirgan, u o'z davrida «Olimlar raisi» unvoni bilan taqdirlandi. Uning yirik asarlariga quyidagilarni kiritish mumkin «Tib qonunlari», «Ash-Shifo», «Al-qonun», «An-Najot», «Donishnoma» va boshqalar.Ibn Sino o'zining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog'liq holda ifodalangan va maxsus risolalarda talqin qilgan.Shuningdek fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o'ringa tibbiyot fanlarini qo'yadi.Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarurligini qayd etar ekan, ta'limda quyidagi tomonlarga rioya qilish zarurligini ta'kidlqaydi: 1. Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo'ymaslik; 2.Ta'limda yengildan og'irga borish oraliq bilim berish: 3.O'qitishda jamoa bo'lib maktabda o'qitishga e'tibor berish; 4.Bilim berishda bolalarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 5.O'qitishni jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borish; Bu talablar hozirgi davr tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir.Ibn Sino o'qituvchining qanday bo'lishi kerakligi to'g'risida qator fikrlarni bayon etadi. Ular quyidagilardir: 1.Bolalar bilan muomulada bosiq, jiddiy bo'lish; 2.Berilayotgan bilimni talabalar qanday o'zlashtirib olayotganiga e'tibor berish; 3.Ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish; 4.Talabaning xotirasi, bilimlarini egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi; 5.Fanga qiziqtira olish; 6.Berilayotgan bilimlarni eng muhimlarini ajratib bera olish; 7.Bilimlarni talablarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish; 8.Har bir so'zning bolalar hissiyotini uyg'otish darajasida bo'lishiga erishish zarur, deydi olim. Ibn Sino ta'limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin u og'zaki ifodalash, tajribalarini baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo'lgan. Ibn Sino aqliy, axloqiy tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatidan tahlil qiladi. Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta'siri haqida bizlarda bir yaxlit ta'limot yaratilmagan edi. Jismoniy mashqlar, to'g'ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish, tartibga rioya etish, inson sog'lig'ini saqlashda muhim omillardan ekanini ham ilmiy ham amaliy jihatidan asosladi. Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta'lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham ahloqiy estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. 4.Tirik tabiat burchagining o'simliklari. Tirik tabiat burchagida butun o'quv yili davomida quyidagi o'simliklar saqlanadi. 1. xona o'simliklari. 2.yovvoyi o't urug'li va sporali o'simliklar. 3. vegetativ usulda ko'payadigan madaniy va yovvoyi o'simliklar. 4.Daraxt va butalarning shoxlari. Xona o'simliklari tirik burchakning asosiy qismini tashkil etadi. Burchakdagi o'simliklarga birgina emas, balki bir necha tajribalar qo'yish imkonini beradigan vakillarini olingani ma'qul. Besh-o'nta shunday o'simliklar ko'p joy egallamagan holda Biologiya va umumiy biologiya kurslaridan mashg'ulotlarini material bilan ta'minlaydi. Bularga quyidagi xona o'simliklari: kaktus geran, tradeskantsiya, begoniya, kolonxoe, elodeyalar kiradi. Xona o'simliklaridan turli xil tajribalarda foydalanish mumkinligini quyidagi misolda ishonch hosil qilish mumkin. Tradeskantsiya o'simligini quyidagi maqsadda: changdon inchalari va chang donachalaridan preparat tayyorlash; sitoplazmaning harakatlanishi; qo'shimcha ildizlarni paydo bo'lishi; qalamchalarning tez ildiz olish; parxishlash, payvandlash; quruqlik o'simliklarining suv o'simligiga aylanish kabi maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Tirik burchakda biologik xususiyatlarini o'rganish uzoq vaqt diqqat bilan kuzatishlar olib borishini va tajribalar qo'yishni talab qiluvchi yovvoyi o'simliklar ham bo'lishi zarur. Bunday o'simliklarni ekskursiya vaqtida tuprog'i bilan kovlab olinib, kichikroq gultuvaklarga o'tqaziladi.Tirik burchakdagi har bir o'simlikning yorug'likka, issiqlikka va namlikka bo'lgan munosabatini hisobga olgan holda joylashtiriladi.So'ngra ekologik guruhlar tashkil qiladilar va ularni tirik burchakda muayyan sistemada taqsimlaydilar. Masalan: quruqlikda o'sadigan o'simliklar kserofitlarga kaktus, aloe, agava.Nam joyda o'sadigan gigrofitlarga – tradeskantsiya, begoniya, qirkquloq, qirqbo'g'in, yo'sin.Namligi o'rtacha bo'lgan joyda o'sadigan o'simliklar fikus, limon, yovvoyi o'simliklar yertut, primula. 1.Tirik burchakdagi o'simliklarni geografik guruhlarga taqsimlash mumkin. 2.Tropik o'simliklar: kaktus, agava, aloe, begoniya tradeskantsiya, fikus. 3.Subtropik o'simliklar: limon, apelsin, tolgul. 4.Mo''tadil mintaqa o'simliklari: primula, pechakgul. 4.Mahalliy o'simliklar: yovvoyi va madaniylari. Tajriba uchun ekilgan o'simliklarni alohida joyga qo'yilishi kerak. Ekalogik jihatdan yaqin bo'lgan bir nechta o'simliklar bir-biriga yaqin ekiladi. Natijada cho'l, tropik o'rmon kabi “biogeotsenozlar” tashkil etiladi. Tirik burchakdagi har bir o'simlikda nomi yozilgan etiketka va qisqacha xarakteristikali pasporti bo'lishi kerak. ?simlik ta'riflangan, har bir o'simlik to'g'risida tavsiya etilgan kitoblarni ko'rsatgan pasportlardan tirik burchakdagi o'simliklar kartotekasi tuziladi.Kartoteka o'simlikni parvarish qiluvchilarga hamda u bilan tanishishni hoxlovchilarga tushunarli bulishi kerak. 5.Ekskursiya (lotincha: — sayr qilish) — bilimni boyitish, amaliy tajriba hosil qilish yoki madaniy-maʼrifiy maqsadida diqqatga sazovor joylar (madaniyat maskanlari, tabiatning goʻzal goʻshalari, muzeylar, korxonalar va h.k.)ga jamoa boʻlib borish. Koʻpincha turizm bilan birga amalga oshiriladi. Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling