2-ma’ruza. C++ tiliga kirish. C++ tili alifbosi, ma’lumot tiplari, o’zgaruvchilar, konstantalar. Reja


O'zgaruvchilar va konstantalarni e’lon qilish va initsializatsiyalash


Download 80.11 Kb.
bet9/9
Sana17.06.2023
Hajmi80.11 Kb.
#1529614
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma\'ruza

O'zgaruvchilar va konstantalarni e’lon qilish va initsializatsiyalash.

Qanday qilib o'zgaruvchini yaratishingiz va u qanday qiymatni saqlashini belgilashingiz mumkin? Buning uchun avvalo ma’lumot tipini aniqlashimiz kerak, so'ngra o'zgaruvchining nomini beramiz (yuqorida muhokama qilingan qoidalarga rioya qilgan holda) = belgisini qo'yamiz va qiymatini belgilaymiz. Masalan, yosh qiymatini saqlaydigan o'zgaruvchini yarataylik:




int age = 17;

Yaratilganda o'zgaruvchiga qiymat berish, uni initsializatsiya qilish deb ataladi. Dastur davomida o'zgaruvchining qanday qiymatga ega bo'lishini bilmasangiz ham, yaratilgandan so'ng har doim o'zgaruvchini initsializatsiya qilish tavsiya etiladi. Ko’p holda, unga nol qiymat beriladi:




int amount_of_apples = 0;.

Haqiqat shundaki, bo’sh operativ xotira mavjud emas. Agar siz shunchaki o'zgaruvchini yaratgan bo'lsangiz int age va unga hech qanday qiymat belgilamagan bo'lsa, u avvalgi dasturlardan qolgan ba'zi ma'lumotlarni saqlaydi. Shuning uchun, avvalo o'zgaruvchini e'lon qilish, so'ngra unga qiymat berish xato bo'lmasa ham, darhol ushbu o'zgaruvchiga qiymat berish maqsadga muvofiqdir.


Konstantalarga har doim ular yaratilgandan so'ng darhol qiymat berilishi kerak. Masalan, haftadagi kunlar sonini saqlaydigan doimiyni aniqlaylik:


const int daysInWeek = 7;

Bu o'zgaruvchi emasligini kompilyatorga tushuntirish uchun ma'lumotlar turidan oldin const kalit so'zidan foydalanilganiga ishonch hosil qilish lozim.




Mavzu yuzasidan savollar:

  1. C++ tilining dastlabki rivojlanish bosqichi nechanchi yillarga to’g’ri keladi?

  2. C++ tilining umumiy xususiyati va uning kamchiliklari asosan nimalarda ko’rinadi?

  3. C++ tilining alifbosi qanday belgilardan tashkil topadi va C++ tilida izohlar qanday usullarda yoziladi?

  4. Ma’lumot turi tushunchasi nimani anglatadi?

  5. C++ tilida qanday turdagi ma’lumot turlari mavjud. Ularning farqli jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi?

  6. Dasturlashda o’zgaruvchi tushunchasining mohiyati nima?

  7. C++da o’zgaruvchilarning e’lon qilishga misollar keltiring

  8. C++da o’zgarmaslarga qiymat berish qanday amalga oshiriladi?


Download 80.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling