2-ma’ruza. II bob. Texnika vositalarida xavf-xatarlar va ulardan


Download 337.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana03.09.2023
Hajmi337.53 Kb.
#1672476
1   2   3   4   5
16-jadval 
T turkumi (inson terisi 
jarohatlanishi) 
Z turkumi 
(o’tkir 
kasallanish) 
D turkumi (har xil 
holatlarda 
shikastlanish 
Jarohatlanish T
01
Kuyish T
2
Sovuq urishi T
3
O'lim bilan tugagan 
holat L 
O'tkir kasb 
kasalligi Z1 
Zaharlanish 
Z2 
Issiq urishi 
Z3 
O'lim bilan 
tugagan holat L 
Tabiiy ofatlar 
D1 
Hayvonlar va har xil 
hashoratlar bilan 
aloqalar D
2
Chaqmoqdan 
zararlanish D
3
O'lim 
bilan tugagan holat L 
Endi xavf—inson uchun xavf-xatar omili va moddiy zarar manbasi sifatlarini 
ko'rib o'tamiz. Xavf so'zi birmuncha ko'proq ma'noni anglatadi. Masalan, 
qurilmalarda portlash va kuyish xavfi bor deyilganda asosan kelib chiqishi mumkin 
bo'lgan favqulodda hodisa tushuniladi. U yerda xavf va uning kelib chiqishi 


6
mumkinligi sinonim sifatida shakllanadi. Boshqa qurilmalarda, masalan, «bosim 
ostidagi idish xavf tug'diradi», «elektr tarmog'ida qisqa to'qinish xavf tug'diradi» 
shakllarida salbiy emotsiya shaklida qo'rquvni vujudga keltiradi. Bu yerda «xavfni 
tashkil qiluvchilari» «qo'rqinch ehaqiruvchilari» sifatida shakllanadi. Agar, 
mabodo «mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi yoki aylanuvchi qismlari 
xavf tugfdiradi» deyil-sa, bunda xavf umuman yaqqol namoyon bo'lgandek bo'ladi. 
Shuning uchun xavf tushunchalarini quyidagicha tarkibiy qismlarga bo'lib qarash 
mumkin: 
Xavf - favqulodda hodisa-baxtsizlik bo'lishi mumkinligi va favqulodda 
hodisalarning baxtsizlikka olib borish imkoniyati. 
Xavf manbasi — xavfli vaziyat qanday va qayerdan kelib chiqishi 
mumkinligini ta'kidlovchi holat. 
Zarar keltiruvchi omil — zararlovchi omilning namoyon bo’lishi. 
Shunday qilib, «Xavf tushunchasi xavfli holat manbayi mayjud bo'lganda 
muhofaza vositalari bo'lmagan holatni ham o'z ichiga oladi. Muhofaza vositalari va 
oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilganda xavf manbayidagi xavflilik 
darajasini birmuncha oshirish yo'li bilan bo'lishi mumkin bo'igan xavfning 
kamayishiga erishilgan bo'lar edi. Masalan, elektr tokini o'tkazuvchi elektr 
simlarini izolatsiya Jqilish yoki mashina-mexanizmlar aylanuvchi qismlarini 
qopqoqlar bilan ta'minlash xavfli holat saqlangani bilan umumiy holatni 
kamaytirish 
imkoniyatini 
yaratadi. 
Xavf 
bo'lmagan 
sanoat 
korxonasi 
bo'lmaganidek, xavf bo'lmagan mashina- mexanizmi ham topib bo'lmaydi. 
Shuning uchun xavfni xavfsizlikka qarama-qarshi qo'yish yo'li bilan uni 
kamaytirish imkoniyatlari qidiriladi. Shuning uchun ham xavf manbai ma'lum 
tavakkallik yo'li bilan xavfsizligi ta'minlangan bo'lsa, uni xavfsiz deb hisoblash 
mumkin, Bunda tavakkallik ma'lum quvushqon ichida bo'lishi talab qilinadi. 
Tavakkallik baxtsiz hodisaga olib keliahi mumkin bo'igan holatlar xavfli zona deb 
yuritiladi. 
Hozirgacha biz xavf haqida uni kelib hiqishigacha bo'igan holatlar haqida so'z 
yuritdik. Xavf sodir etilgandan keyin xavfsizlik haqida gapirish noo'rin, endi so'z 
baxtsiz hodisa sabablari va uning yetkazgan zarari, shuningdek, xavf manbayi 
haqida borishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xavfli vaziyatni tahlil qilish 
birinchi navbatda potensial zarar keltiruvchi faktor va potensial favqulodda holat 
manbayi sifatida qaralishi kerak. Potensial zararli omil ma'lum bir muddatgacha 
qorong'i va mavhum holatda bo'lib lqolishi mumkin. Uni idrok etish va aniqiash 
oson emas. Potensial zararli omil ba'zi bir muddatgacha noaniq, nazarimizdan 
chetda bo'lishi mumkin. Uni idrok etish yoki aniqiash oson emas. Ammo bir 
qancha potensial holatlar orasidan, bular bir-biri bilan bog'langan zanjir hosil 
qilgan bo'lishidan qat'i nazar, eng ko'p zarar yetkazishi mumkin bo'igan potensial 
xavfli holatni aniqiash va idrok etish mumkin yoki shunga yaqin keladigans holatni 
xavfli holatga -yaqinlashtirish imkoniyatlari bo'ladi. Bunda bu holat hamma xavfli 


7
omillar ildizini tashkil qilisliini va favqulodda hodisaning asosi bo'lishini asoslash 
mumkin. Quyidagi jadvalda bunga misol keltirilgan: 
17 jadval 
Xavfli omil 
manbayi 
Xavf (potensial 
favqulodda 
hodisa) 
Zararlovchi 
omillar 
Bosim ostida 
Mexanik portlash 
Idish 
gaz 
Idishdan gaz 
parchalari 
saqlanuvchi 
chiqib ketishi 
otilib ketishi 
idish 
Korpusga tok 
Zaharli gaz 
Elektr 
o’tib ketishi 
Elektr toki 
qurilmasi 
Tros uzilishi 
ta’siriga 
Yuk ko’tarish 
Zonasiga tushib 
Tushib 
krani 
qolish 
qolish 
Yadro 
Kimyoviy 
Yuk ta’siriga 
qurilmasi 
portlash 
tushish 
Portlovchi 
Radiatsiya 
aralashma 
Portlash 
zarbasi 
Bu jadvaldan uch turkumga bo'lish albatta shartli bo'lib, bundan qaysi 
maqsadda shart qo'yilganiga qarab ajratish mumkin. Masalan, otilib ketayotgan 
idish parchalarini xavf manbayiga ham potensial favqulodda hodisaga ham kiritish 
mumkin. Bunda bu uchayotgan parcha odamga tegsa, potensial favqulodda hodisa 
bo'ladi, aslida esa odamni zararlovchi omil bu uchuyotgan parcha hosil qilgan 
kinetik energiyasi hisobiga bo'layapti. 
Favqulodda baxtsiz hodisa shunday holatlar yaratishi mumkinki, uni son 
ko'rsatkichini aniqlash mushkul. Chunonchi o'lim bilan tugagan, umrni qisqarishga 
olib kelish, sog'liqqa zarar yetishi, tashqi muhitga zarar yetishi, ishlab chiqarishda 
tartibsizliklar paydo bo'lishi va boshqalar. Bundan tashqari yetkazilgan zarar 
miqdorini ham bir xil o'lchash imkoniyati yo’q. Ya'ni qancha odam jarohatlangan, 
zararlangan moddiy boyliklarning ko'p-kamligi va qiymatini ham aniqlash 
qiyinchilik tug'diradigan omillar hisoblanadi. Shuning uchun bunday omillar 
yetkazilgan zarar tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuni ham aytib o'tish joizki, 
baxtsiz hodisalarni son va sifat ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi. Odam hayotini pul 
bilan o'lchash albatta qabohat hisoblansa ham «Hayot faoliyati xavfsizligi» nuqtayi 
nazaridan buni bajarishga to'g'ri keladi, bunda uni qiymatini asoslovchi 
ekvivalentlarni topish muhim vazifa sanaladi. 
2.2 Xavfhing son ko'rsatgichi 
Tavakkalni baholash. Tavakkallik deganda, biror bir vazifani bajaiganda 


8
iqtisodiy foydani ko'zlab xavfsizlik texnikasi qoidalarining ba'zi bir nuqtalarini 
inkor qilgan holda bajarish holati tushuniladi. Tavakkalni har xil holatlar uchun 
ayrim qabul qilinadi. Masalan, xavfli vaziyat xavfi jarohat olish bilan bo'lishi aniq 
ko'rinib tuigan holat va odam sog'lig'iga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holat. 
Bunda birinchi holatda xavfli vaziyat xavf manbayi potensial xavf tug'diruvchi 
omil sifatida bu qanday xavf bo'lishidan qat'i nazar (odam organizmiga, moddiy 
zarar yoki atrof-muhitni zararlashi) tezda qisqa muddatda ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi 
holatda esa xavf manbayi uzoq muddat davomida uzluksiz ta'sir ko'rsatib boradi. 
Agar tavakkal qabul qilingan ishda beradigan zarar shaxsiy mulkka va moddiy 
yo'qotishga borib taqalsa, unda uni pul bilan o'lchanadi. Ammo unutmaslik 
kerakki, avariya bo'lgan taqdirda yetadigan zarar bir maromda va bir xilda 
bo'lmasligini inobatga olib, ularning keyingi qiyoslari tavakkalni ehtimollari 
asosida aniqlanadi. Jumladan, agar yetadigan zararni hisoblash qiyinchilik 
tug'dirsa, unda tavakkalni chegara miqdor asosida hisoblanadi. 
Agar yetadigan zarar sog'lig'iga ta'sir qiladigan bo'lsa, uning hisobi yo'qotilgan 
kunlar uchun to'lov qog'oziga va uning ish joyida vaqtincha almashtiigan kishi 
uchun to'lov sifatida hisoblanadi. Bu haqiqiy holatni aniq belgilamaydi. Agar 
baxtsiz hodisa o'lim bilan tugagan bo'lsa, uni hisoblash masalasi yanada 
qiyinlashadi. Shuning uchun tavakkal, agar baxtsiz hodisa bilan bog'liq bo'lsa, uni 
tavakkalni ehtimollar asosida baholanadi. 
Shunday qilib, tavakkalning o'lchov birligi odam sog'ligiga va shaxsiy mulkiga 
xavf solgan taqdirda har xil bo'ladi. Shuning uchun, agar bir vaqtning o'zida ham 
sog'lig'iga ham shaxsiy mulkiga xavf tug'iladigan bo'lsa, unda tavakkalni vektor 
ko'rinishida koordinat o'qlari bo'yicha har xil o'lchovlarda yozish mumkin: 
R=U*P, 
bu yerda o'ng tomondagi ko'paytmada hamma shartlar hisobga olinganligi 
uchun, tavakkalni qiyoslash imkoniyati mavjud. 
Tavakkalni shaxsiy va umumiy turlarga bo'lib qaraladi. Shaxsiy tavaklcal 
favqulodda hodisa natijasida yetkazilgan zararning kutilgan miqdori U* ma'lum. T 
vaqt mobaynida M miqdordagi odamlar guruhiga nisbatan olinadi. (Agar shaxsiy 
tavakkallik ko'rsatilayotgan bo'lsa, odamlar soni ko'rsatilgan bo'lishi kerak). 
R=U*/(T*M). 
Bir guruh odamlar uchun umumiy tavakkallik (kollektiv tavakkallik): 
R=U*/T. 
Har qanday odam ma'lum bir sharoitda va deyarli hamma odamlar ham, ma'lum 
sharoitda tavakkallik holatini boshidan kechiradi. 
2.3 Jarohatlanish, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklari 
Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong'in 
xavfsizligi qoida, me'yor va tavsiyanomalariga rioya qil-maslik ishchilarni 
jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasallik-lariga olib kelishi mumkin. 


9
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiklik va 
elektr ta'siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jarohatlanishga 
urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki 
issikdikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o'tkir zaharlanish va elektr toki 
ta'sirida organizmning ba'zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. 
Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz hodisa deb ham yuritiladi. Jarohatlanish uch 
turga bo'lib qaraladi. Birinchisi ishlab chiqa-rishda, ish joyida jarohatlanish, 
ikkinchisi ish bilan bog'langan, lekin ishlab chiqarish bilan bog'lanmagan 
jarohatlanish va uchinchisi ishlab chiqarish va ish bilan bog'lanmagan 
jarohatlanish. 
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jarohatlanishga, ishchi ma'muriyat 
tomonidan buyurilgan ishni bajarish borasida ish joyida sexda, zavod hududida yuk 
ortish va yuk tushirish yoki ba'zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish 
vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi. 
Ikkinchi tur jarohatlanishga ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, 
komandirovka vaqtida yoki korxona ma'muriyatining topshirig'iga muvofiq ishlab 
chiqarish hududidan tashqaridagi ba'zi bir ishlarni bajarganda olingan 
jarohatlanishlar kiradi. 
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo'lish natijasida olingan jarohatlar, davlat 
mulkini o'g'irlash va boshqa shunga o'xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi. 
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo'lishdan maqsad, sanoat korxonasi ishlab 
chiqarishda sodir bo'lgan har qanday baxtsiz hodisaga javobgar hisoblanadi. 
Ma'muriyat birinchi ikki turdagi baxtsiz hodisa, ya'ni jarohatlanish ishlab chiqarish 
bilan bog'langan taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga uchragan 
kishining jarohatlanish natijasida yo'qotilgan kunlari uchun to'liq haq to'lanadi. 
Agar baxtsiz hodisa u ma'muriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitini yaratish 
sohasida yo’l qo'yilgan xato orqasida bo'lmay, balki ishchining mehnatni muhofaza 
qilish qoida va me'yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo'lsa, unda 
ishchi ham ma'muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy 
to'lov miqdori ma'muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab 
belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan 
jarohatlanishdan yo'qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to'lanishi kerak 
deb belgilangan. 
Sanoat sanitariyasi me'yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish 
joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta'siridan ishchi kasbiy zaharlanish yoki 
kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish ishchining nafas olish, 
ovqat hazm qilish yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta'sir qilish natijasida 
kelib chiqishi mumkin. 
Kasbiy zaharlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o'tkir zaharlanish 
deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig'ilishi natijasida yuz 
bersa, surunkali zaharlanish deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib 


10
keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib 
chiqadigan, hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimning ortiq yoki kam 
bo'lishi natijasida kesson yoki tok kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang 
ta'siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig'lanish va zaharli moddalar ta'siridan 
dermatit va yazva kasalliklari kelib chiqadi. 
Ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari bizning jamiyatimizda toqat 
qilib bo'lmaydigan hoi hisoblanadi. Agar bunday hol yuz berar ekan, uni sanoat 
korxonasida yo'l qo'yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak. 
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday 
baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va 
hisobga olish umumiy o'rnatilgan qat'iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo'lga 
qo'yilgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, 
ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, bunday baxtsiz hodisa va kasb kasal 
liklarining qaytarilmasligi uchun chora-tadbirlar ko'rish imkoniyatini yaratadi. 
2.4 Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni va kasb kasal- liklarini tekshirish va 
hisobgaolish 
O’lim bilan tugagan, og'ir jarohatlanish va gruppa bilan baxtsiz hodisaga 
uchragan hollardan tashqari hamma baxtsiz hodisalarni tekshirishni sex boshlig'i, 
xavfsizlik texnikasi injeneri va jamoat nazoratchisi tarkibida tuzilgan komissiya 
tomonidan tekshiriladi. 
Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ishdan keyin, ish joyida, 
zavod hududida va ma'muriyatning topshirig'iga asosan zavod hududidan chetda 
yuz bergan bo'lishidan qat'i nazar tekshirilishi lozim. O'tkir zaharlanish, issiq urishi 
va tananing ba'zi qismlarining muzlashi baxtsiz hodisa sifatida tekshiriladi. 
Bir kundan kam bo'lmagan ish kunini yo'qotgan baxtsiz hodisalar 24 soat 
davomida tekshirilib, maxsus forma bo'yicha (N-I) 4 nusxada akt tuziladi. 
Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari, 
aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz hodisalar 
qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar qurilganligi haqida axborot beriladi. 
Aktni korxonaning bosh injeneri tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi sex 
boshlig'iga yuboriladi va u bosh injener belgilagan muddat davomida aktda 
ko'rsatilgan mehnatni muhofaza qilish masalalarini amalga oshirishi kerak
ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo'mitasiga, uchinchisi tegishli kasaba 
uyushmasining texnik nazoratchisiga va to'rtinchisi mehnatni muhofaza qilish 
bo'limiga nazorat o'rnatish uchun yuboriladi. Ma'muriyat baxtsiz hodisaga 
uchragan kishiga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Baxtsiz hodisaning 
asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hisobga olib, aktlar 45 yilgacha 
saqlanishi kerak. 
Baxtsiz hodisa tekshirilgandan keyin sanoat korxonasi ma'muriyati yo'l 
qo'yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta'minlashga qaratilgan buyruq e'lon qiladi. 
Bu buyraqda korxonada yuz bergan baxtsiz hodisaning kelib chiqishiga aybdor 


11
bo'lgan kishilarning javobgarligi aniqdanib, ta'kidlanadi. 
Baxtsiz hodisa o'lim bilan tugasa, gruppa bilan baxtsiz hodisaga uchrasa va og'ir 
jarohatlangan hollarda, tekshirish maxsus belgilangan tartib bilan o'tkaziladi. 
Bunday baxtsiz hodisalarni maxsus komissiyalar tomonidan tekshiriladi. 
Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi, yuqori xo'jalik 
tashkilotining xodimi, davlat nazorat organlari xodimlari va umumiy baxtsiz 
hodisani tekshirishda ishtirok etadigan xodimlar qatnashadi. 
Bunday holatlarda tekshirish tezda o'tkazilishi kerak, ya'ni tekshirish 
materiallari 7 kun ichida tayyor bo'lishi shart. Aktga baxtsiz hodisani ko'rgan 
guvohlarning ko'rsatmalari, tibbiy ekspert xu-losasi, baxtsiz hodisa yuz bergan 
joyning hamda agar baxtsiz hodisa vaqtida biron bir obyekt zararlangan bo'lsa, 
ularning fotosurat va komissiya chiqargan xulosalarni tasdiqlaydigan boshqa 
materiallar qo'shib yuboriladi. Aktga, shuningdek, baxtsiz hodisaga javobgar 
bo'lgan shaxsning familiyasi va lavozimi yozib qo'yiladi. 
Og'ir, gruppa bilan jarohatlanganlar va o'lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar 
albatta fabrika, zavod kasaba uyushmasi qo'mitasida va yuqori xo'jalik tashkilotlari 
kasaba uyushmalari qo'mitalarida tahlil qilish va ko'rib chiqilishi kerak. So'ngra 
bildirilgan fikr-mulohazalar asosida keyin ham shunday baxtsiz hodisa ro'y 
bermasligi uchun umumiy chora-tadbirlar mundarijasi ishlab chiqilishi va qaror 
bilan tasdiqlanishi zarur. 
O'zbekiston Respublikasida kasbiy zaharlanish va kasb kasalliklari oldini olish 
uchun kerakli qonun va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va tasdiqdash, shuningdek, 
kasb kasalliklari vujudga kel-ganda ularni hisobga olish va tekshirish ishlari 
O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tashkilotlariga topshirilgan. 
Kasbiy zaharlanish va kasb kasalligi haqidagi akt korxona rahbariga yuboriladi. 
Aktda bunday kasalliklarning qaytarilmasligini ta'minlovchi chora-tadbirlar 
majmuasi tavsiya etiladi va uning bitta nusxasi Respublika Sog'liqni saqlash 
vazirligining yuqori tashkilotlariga yuboriladi. 
Baxtsiz hodisaga uchragan kishi hisobga olinib, unga ma'lum davolanish kursi 
belgilanadi. Agar zarur bo'lsa, kasb kasalligiga uchragan kishini mehnat ekspert 
tibbiyot xodimlari komissiyasi (VTEK) ga yuboriladi va unda uning kasb 
kasalligining oqibati natijasida nogironlik guruhi aniqlanadi va shunga yarasha 
ma'lum moddiy ta'minlanish miqdori belgilanadi. 
2.5 Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o’rganish usullari 
Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni va baxtsiz hodisalarni keltirib 
chiqaruvchi xavfli holatlarni hamda baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab 
bo'ladigan omillarni aniqlash, ularni yo'qotish chora- tadbirlarini ko'rishga 
qaratilgan. Bu ishlar asosan,oqilona ish usullarini qo'llash, baxtsiz hodisa va kasb 
kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo'ladigan ish sharoitini tashkil qilish 
hisobiga amalga oshiriladi. 


12
Baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi. 
1. Statistika usuli. Bu usul baxtsiz hodisalarning umumiy statistik hisobga 
olingan sanoat jarohatlanishining materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Bu usul 
sanoat jarohatlanishini tahlil qilish uchun asosiy material bo’lishdan tashqari, 
baxtsiz hodisalarni kamaytirishda chora- tadbirlar ko'rish uchun amaliy ma'lumot 
beradi. Bu usul bilan sanoat jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsiyenti va 
jarohatning og'irligi koeffitsiyentining o'rtacha ko'rsatkichini olish imkoniyatini 
beradi. 
Baxtsiz hodisalarning takrorlanish koeffitsiyentini, 1000 ishchi hisobiga, 
ma'lum vaqt davomida sanoat korxonasida kelib chiqqan baxtsiz hodisalarning 
o'rtacha miqdorini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: 
bunda, P — ma'lum vaqt ichidagi jarohatlanganlar soni; T — shu vaqt ichida 
korxonada ishlagan ishchilar soni. 
Jarohatlanish koeffitsiyenti mashinasozlik sanoatining qaysi korxonasida 
baxtsiz hodisalar ko'proq vujudga kelayotganligi haqida ma'lumot beradi.


Baxtsiz hodisaning og'irlik koeffitsiyentini, ya'ni har bir jaro- hatlanishning 
o'rtacha yo'qotilgan ish kunlari hisobini ko'rsatuvchi K ni quyidagi formula bilan 
aniqlash mumkin: 
bunda, П — hamma baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo'qotilgan ish 
kunlari soni; P — shu davrda baxtsiz hodisaga uchraganlar soni. 
Shuni aytib o'tish kerakki, bu ko'rsatkich haqiqiy og'ir jarohatlanish belgilarini 
ko’rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o'lim bilan tugagan baxtsiz 
hodisalar kiritilmagan. Yo'qotilgan mehnat qobiliyatining ishchi kun miqdorini 
1000 kishiga keltirib, quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 
bu ko'rsatkich orqali jarohatlanish dinamikasi va baxtsiz hodisaning og'irlik 
asoratini aniqlash mumkin. 
Statistika usulini ikkiga bo'lib qarash qabul qilingan: bular gruppa usuli va 
topografiya usulidir. 

Download 337.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling