2-ma’ruza. II bob. Texnika vositalarida xavf-xatarlar va ulardan


Download 337.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana03.09.2023
Hajmi337.53 Kb.
#1672476
1   2   3   4   5
Tashkiliy sabablar. Tashkiliy sabablarga quyidagi sabablarni kiritish mumkin. 
Sanoat korxonasini loyhalash vaqtida yo'l qo'yilgan xatolar, ishchi va 
xizmatchilarni xavfsiz ishlash usullariga o'rgatilmaganligi, yo'riqnomaning 
noto'g'ri 
o'tkazilganligi, 
ishchilar 
mehnatidan 
mutaxassisligi 
bo'yicha 
foydalanmaslik, xavfsiz mehnat qilish texnik nazoratining yo'qligi, xavfli 


15 
ekanligini bilib turib, noto'g'ri tartib bo'yicha ish olib borish va ishchilarning o'zaro 
kelishmasdan ish olib borishlari, texnologik jarayonlarning buzilishi, ishchilarning 
mehnat qilish va dam olish rejalarining buzilishi, ishlarni noqulay rejalashtirish
sanoat korxonasi hududida yo'lka va o'tish joylarini noto'g'ri joylashtirish, ish 
joylarini noto'g'ri tashkil qilish, nobob ish qurollaridan foydalanish, shaxsiy 
muhofaza aslahalarining ish sharoitiga to'g'ri kelmasligi, to'siqlarning yo'qligi, xavf 
haqidagi ogohlantiruvchi plakatlarning bo'lmasligi. 
Texnik sabablar. Stanoklar, ish qurollari, yordamchi vositalar harakatlanuvchi 
va yuk ko'taruvchi qismlarning konstruktiv kam- chiliklari, mashina va 
mexanizmlarning ayrim qismlarining sinib yoki uzilib ketishi, texnologik 
jarayonlarning nomukammalligi, to'siq qurilmalari va saqlovchi vositalarining 
puxta ishlamasligi. 
Sanitar-gigienik sabablar. Ob-havo sharotining qoniqarsiz bo'lishi (havoning 
harorati, nisbiy namligi, harakat tezligi va bosimi, issiqlik ajrapib chiqishi) sanoat 
korxonalardagi havo muhitining changlanganligi, ish joylari, maydonlar va o'tish 
joylarning oqilona yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, ishlab 
chiqarish xonalari va sanitar maishiy xonalarning yetarli emasligi hamda sanitar-
gigienik talablarga javob bermasligi, shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmaslik. 
Psixo-fiziologii sabablar. Ishchi psixologik rejimining buzilishi natijasida 
vujudga keladigan sabablar: oilaviy notinchlik, ish jamoalarida kelishmovchilik va 
h. k. 
Bu sabablar aniqdangandan keyin ish sharoitida ularning kelib chiqmasligini 
ta'minlovchi chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi kerak. Bu chora-tadbirlarni 
amalga oshirish, ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarning butunlay 
yuqolishiga yoki asosan kamayishiga olib kelishi kerak. 

Download 337.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling