2-ma’ruza. II bob. Texnika vositalarida xavf-xatarlar va ulardan


Download 337.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana03.09.2023
Hajmi337.53 Kb.
#1672476
1   2   3   4   5
6-jadval 
Bu operatsiyalar asosida haqiqiy funksiyalar tuziladi va bularni tahlil qilish 
xavfli holat haqida deyarli aniq axborot olish imkoniyatini yaratadi. Ba'zi hoilarda 
bu o'zgartirishlarni Karno kartasidan foydala-nib ham, amalga oshiriladi. 
Karno kartasi kvadrat kataklardan tashkil topgan bo'lib, uning har bittasi 2
n
n ta 
o'zgaruvchining bittasidan tashkil bo'lgan holatni ifodalaydi. O'zgaruvchilar ikki 
tizimli sonlar bilan belgilangan holda kartaning tashqi tomoniga yozib qo'yiladi: 
masalan, 1 o'zgaruvchining to'g'ridan-to'g'ri qiymatini belgilasa, 0 qarama-qarshi 
tomonini belgilaydi. Misol uchun XY=01 va Z=l qiymatlar kesishgan joy fikran 
yig'indining X*Y*Z ga monand bo'ladi. 
Karno kartalari odatda quyidagi tartibda to'lg'iziladi. 
Fikran hosila sifatidagi funksiyani fikran yig'indining tarkibiy qismlarga 
ajratiladi va ularni odatda alfavit tartibda joylashtiriladi va nomerlanadi. 
Birinchi fikran yig'indi tashkil etuvchisini belgilovchi kataklarga 1 qo'yiladi va 
fikran yig'indi ikkinchi tashkil etuvchi kataklar topiladi va ular ichida 1 
qo'yilmagan kataklar uchrasa, ular to'ldiriladi. Shundan keyin keyingi fikran 
yig'indi tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi kataklar topiladi. Shunday qilib, Karno 
kartasiga hamma fikran yig'indilar tarkibiy qismlari qo'yib chiqilgan bo'ladi. 
Favqulodda holat va baxtsizlik hollarini quyidagi 15-jadvalda berilgan tartibda 


ifodalanadi. 
15-jadval 
Belgilan 
N — baxtsiz 
N -baxtsiz hodisa 
ishi 
hodisa 
bo'lmagan 
A — 
N*A 
A*N 
avariya 
Baxtsiz 
Avariya 
bo'lgan, 
A — 
hodisa va 
baxtsiz 
avariya 
avariya 
hodis a 
bo'lmagan 
bo'lmag 
N* A 
A * N 
an 
Baxtsiz 
Baxtsiz 
hodisa 
hodisa bo'lgan 
ham avariya ham 
va avariya 
bo'lmagan 
bo'lmagan 
Keyin umumiy hodisalarning faqatgina tasodifiy hisoblangan holatlarinigina 
ko'rib chiqamiz. Katastrofalar, avariyalar, baxtsiz hodisalar favqulodda hodisalar 
turkumini tashkil qiladi, bularni biz favqulodda katastrofalar, avariyalar, baxtsiz 
hodisalar, holat— baxtsizliklar deb ataymiz. 
To'xtab qolishiar va har xil ko'zda tutilmagan holatlar odatda favqulodda 
hoiat—baxtsizliklar oldidan keladigan holatlar bo'lishi yoki o'zicha mustaqil 
holatlar bo'lishi ham mumkin. 
Qabul qilingan terminologiyaga asosan avariyalar favqulodda holatning moddiy 
va tashqi muhitni buzib yuboruvchi sifatida belgilanib, uning hosilasi N*A=K ni 
tashkil qiladi va bu yerda K katastrofani anglatadi. 
Favqulodda hodisalarning hammasi buzib yuboruvchi sifatida aniqlanadi. 
Bunda nima buziladi degan masalani hal qilish kerak bo'ladi. Masalan, inson 
organizmining zararlanishi o'lim bilan tugashi mumkin. Ammo shunday 
zararlanishlar ham bo'ladiki, ularning keltirgan zararini baholash imkoniyati 
deyarli yo'q (masalan, portlash natijasida ishchiga yumshoq rezina zichlagich kelib 
tegdi). Hozirgi vaqtda buzilish va zararlanishlarni baholashning zarari va xavflilik 
darajasini belgilashning imkoniyati yo'q va uning o'lchov biriiklari ham yo'q. 
Ammo tahlil qilish nuqtayi nazaridan har qanday, hattoki zarari yo'q bo'lgan 
zararlanish ham tekshirib chiqilishi kerakligi ta'kidlanadi. 
Bu terminologiyani tushuntirish uchun yayov ketayotgan odamni misol sifatida 
ko'rib o'tamiz. 
1. 
Yayov ketayotgan odam o'z yo'lida tarvuz po'chog'ini ko'rib, uni chetlab 
o'tib boshqa kelayotgan odamlar bilan turtilib ketmaslik chora- tadbirlarini ko'rgan 
holda, awalgi tezligida yo'lida davom etdi. 
2. 
Yayov ketayotgan odam tarvuz po'chog'ini bosib oldi va sirg'anib ketdi 


hamda 
o'z 
muvozanatini 
saqlab 
yiqilmasdan, 
boshqalarga 
urilib


ketmasdan hech qanday zararsiz yo'lida davom etdi. 
Yayov ketayotgan odam qo'lida kefir butilkasini olitr ketayotgan vaqtida tarvuz 
po'chog'ini bosib toyib ketdi va kefir butilkasini tushirib yubordi va u sinib ketdi, 
o'zi esa muvozanatini saqlab, o'ziga hech qanday zarar yetmagan holda yo'lida 
davom etdi. 
Yayov ketayotgan odam tarvuz po'chog'ini bosib toyib yiqildi va shisha uning 
qo'lini kesib ketdi. 
Yayov ketayotgan o.dam tarvuz po'chog'ini bosib toyib yiqildi va qo'li sindi 
hamda butilkani ham sindirdi. 
Bizning aniqlashimiz bo'yicha 1—favqulodda hodisa bo'lmagan; 2—favqulodda 
hodisa yuz berdi; 3—avariya; 4—baxtsiz hodisa; 5— katastrofa; 3,4,5—
favqulodda hodisa—baxtsizlik. 
Favqulodda hodisalarning boshqacha sinflanishlari ham, mavjud. Masalan, 
baxtsiz hodisalar turlariga qarab, me'yoriy hujjatlarda favqulodda hodisalarni 
quyidagicha talqin qilinadi. Odam terisi jarohatlansa buni shikastlanish, kuyish 
yoki sovuq olish sifatida sinflanadi; organizmning o'tkir kasallikilari bilan 
zararlanshi — zaharlanish, issiq urish yoki o'tkir kasb kasalligi sifatida baholanadi. 
Organizm zararlanishi olim bilan tugashi ham mumkin. U sinflanish 16-jadvalda 
keltirilgan. Uning fikran formulasini N=T+Z+D sifatida ifodalash mumkin. 
Baxtsiz hodisalarning sinflanish variantlari N=(T+Z+D) 

Download 337.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling